Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
inson umri uzulguncha ofat balolar ichra yashamoqqa majburdir, lekin hayot olamida 
bo‘ladigan barcha balolar ichida butun xalq uchun eng yomonrogi, eng za-rarligi ko‘rlik 
balosi ekandir. Chunki bundan payg‘ambarimiz o‘zlari ham panoh tilab, undan 
saqlanishga buyurdilar. 
Endi ko‘r balosi qaysi deb so‘ralur ersa, o‘zlari bilmagan, bilganlariga tushunmagan bir 
qancha johil nodonlardurkim, ular aqllik olimlar boshliq butun xalq ustidan qurol kuchi 
bilan zo‘rlik asosida hukmronlik qiladilar. Xalq taqdiri butunlay ular qo‘lida bo‘lgach, 
bular uchun ulardan eng dahshatlik, zararli ofatlar tugiladi. Shuning uchun har ishda 
to‘grini egridan, yaxshini yomondan ajratqudek aql farosatdan yiroq bo‘lgan hukumat 
boshchilari esa, bechora xalq boshiga kelgan ko‘r balo bo‘lishlari shubhasizdir. 
Payg‘ambarimiz aytdilar: «Men Alloh taolo tomonidan bir yo‘l keltirdim. U esa yoruq, 
yumshoq, tekkis yo‘ldir, to‘gri yo‘ldir. Boshi bu dunyoda bo‘lib, narigi boshi u dunyoda 
jannatdur. Bu yo‘lning qolovuzi Muhammad alayhissalom, qo‘llanmasi Qur’ondur. Agar 
ummatlarim uning ko‘rsatganicha dinlarini kutib, u yo‘ldan chetga chiqmas ekanlar, 
butun ofatlardan omonda bo‘lib, Alloh rizosini topqaylar». Agar bunday bo‘lmas ekan, 
Alloh aytdi: «Ularning boshiga bir balo yuborurmankim, har qanday bilimli dono 
kishilarni ham hayronlikda qoldiradi». 
Mana, Rasululloh aytganlaridek, butun dunyo bo‘yicha eng siyosiy arboblarni hayratga 
qo‘yib, chorasiz qoldirgan narsa esa, shu ustimizdagi kommunizm balosidan boshqa 
emasdur. Chunki yuqorida aytilgan payg‘ambarimizning mo‘‘jiza so‘zlari shu kunlarda 
bo‘layotgan ishlarning naq o‘zi ekanligini ko‘rib turibmiz. Endi bu kabi balolardan 
qutulish uchun Rasululloh ko‘rsatgan haqiqiy islomiyat, Qur’on ko‘rsatgan yo‘lga 
qaytishdan boshqa chora yo‘qdir. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Sario‘zakdan chiqib, G’ulja chegarasini besh olti kun yo‘l 
bo‘ylab kelayotganimizda, meni eng achintirgan narsalardan birisi, ko‘chmanchi qozoq 
qarindoshlarimizni eng ogir ahvolda ko‘rishim edi. Chunki, sovet tuprogi bo‘yicha qaysi 
o‘lkada bo‘lsa ham, hech bir millat bular kabi vayrongarchilikka uchrab, qattiq zarar 
ko‘rmagan bo‘lsalar kerak. Bunga dalil: inqilob oldida sakkiz million hisoblangan qozoq 
xalqi hozirgi tarix 1968 yilda olingan ma’lumotga ko‘ra, uch million qolmishdir. Ayniqsa 
Bolqosh ko‘li atrofidan boshlab, Qorako‘l, Qiziljar qal’alarigacha suvsiz, ekinsiz Qoraqum 
cho‘llarida yashayotgan, chorvachilikdan boshqa qilar ovqatlari bo‘lmagan, o‘zlari uchun, 
xalq uchun mol boqqan bechora ko‘chmanchi yerliklarning qo‘llaridagi borliq mollarini bu 
rahmsiz, toshyurak mal’unlar birdaniga tortib oldilar. Buning natijasida tirikchiligi yolgiz 
chorvaga boglangan qozoq xalqi ochlikdan qirilib ketdi. Bunga qarshi o‘zlarini xalq 
gamxo‘rlari atashgan davlat arboblari kommunist rahbarlari hech qanday chora 
ko‘rmadilar va 30-yili boshlanib, ZZyillari to‘liq kuchga kirgan, Qozogiston bo‘yicha 
tarqalgan ocharchilikdan qozoq xalqi butunlay qirilishga boshladi. 
Shu kunlari esa, Qirgizistonning Qorako‘l, Issiqko‘l atrofidan keltirilib, ko‘l bo‘ylariga 
taxlab qo‘yilgan hisobsiz arpa, bugdoylarni olishga navbat yetmaganlikdan osti, usti 
chirib, yarim gazdan ko‘karib yotmish edi. Yerlik xalqning o‘lik tiriklari bu dinsizlar oldida 
barobar bo‘lganligi uchun, o‘zlaridan tortib bosib olgan hisobsiz bugdoylarning har yerda 
chirib yotishiga qaramay, xalqning qirilishiga rozi bo‘ldilar. 
Endi esa eng hayron qolarlik ish shulkim, naqadar qurbonlar berib o‘tkazgan ogir 
kunlarini unutgan holda turk ulusining asil o‘gillari qirgiz qozoq qardoshlarimiz diniy 
milliy hislarini yo‘qotib, asrlar bo‘yi saqlanib kelgan ona tillaridan ham ajrash ustida 
turadilar. Ona tildan ajraldi, demak, insonlik haqqini saqlayolmay, hayot olamida 
boshqalar hisobiga yashayotganlikdan inqirozga uchrab, tarix yuzidan butunlay o‘chirildi 
demakdir. Endi buning birdan bir chorasi diniy hislari yo‘qolgan bo‘lsa ham, milliy 
hislarini saqlash uchun turlik yo‘sinda ona til adabiyotlarini ko‘tarib, ilmiy tillar qatoriga 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin