www.ziyouz.com kutubxonasi
76
Manokeldi, Maxmal, Susamir degan yaylovlari bo‘lsa ham, Olmalig‘ yaylovlariga ko‘ra
torlikdan boshqa yana siyosiy tomonlariga ko‘z solib, Chingiz avlodi hukumat
poytaxtlarini Jung‘oriya markazi Olmalig‘da kurmish edilar. Bu o‘lkaning jug‘rofiy tomoni
esa, sharqdan G’o‘biy cho‘li, g‘arbdan Oltunemar tog‘lari, janubdan Tyan-Shan
Muzdovoni, shimoldan Oltoy tog‘lari bilan cheklanadi. Buning siyosiy tomoni: qoraxitoy
Gurxondan boshqa, turk ulusining birinchi hoqoni O’g‘uzxon davridan boshlab XUSh
asrga kelguncha, Turkiston hoqonlari sharqda Xitoy, g‘arbda Turon, Eron,
Bag‘dodgacha; shimol va janubda Qozon, Bulg‘or, Afg‘oniston, Hindiston mamlakatlariga
hukmron edilar.
O’rta asrlar o‘tib, Ovrupoda ilm madaniyat ko‘tarila boshlangach, Kur’on hukmicha ulardan ulgu olib o‘rganishimiz lozim edi. Yo‘q, unga qarshi har yoqlama ilm ma’rifatdan ortda qolgach, butun mamlakatimizga, jannat misol ona Vatanimizga dini, tili boshqa bosqinchilar kelib bo‘ldi. Yolgizoq vatanimiz, hokimiyatimiz emas, qachonki xalq taqdiri butunlay kommunistlar qo‘liga o‘tti ersa, erk ixtiyorlaridan butunlay ajragan holda hech kim nafaqat bolachaqa, balki o‘z qora boshiga ham ega bo‘lolmay qoldi. Endi bundan birdan bir qutulish chorasi esa, zamonaviy ilm fanlarini to‘ligi bilan qo‘lga keltirib, qurollangan so‘nggida vaqti kelar ekan, Kur’on boshchiligi ostidagina musulmonlar ongliq ravishda qutulish harakatlarini qilar ekanlar, ana shundagina o‘zlarini bu balodan kutqaza oladilar. Bunday ishlarda esa avval Qur’on ko‘rsatgan yo‘l birlik, ittifoqlikni yaxshi saqlamoqdur. Ikkinchisi dushmanga qarshi turganda o‘limdan qo‘rqmaslikdur. Hech bir inson dunyoda abadiy yashamaydi. QUMUL VOQEASI Men G’uljaga kelgan kunlarimda Qumul (hozirgi Sinzyan uyg‘ur muxtor rayonidagi
shahar) voqeasi yangidan boshlanib, xalq o‘rtasida har turlik shov-shuv so‘zlar
ko‘paymish ekan. Qumul esa Urumchidan, taxminan, besh kunlik sharq tomonda bo‘lib,
eski bir tarixiy shahardir. Buning atrofidagi 12 tog‘da 12 kand bo‘lib, bularda
yashayotqan yarim ko‘chmanchi yerlik xalqlar esa, Qumul hokimi Vang xo‘jamning
molchilaridur. Eshitishimizcha, xo‘jamning 100 mingdan ortiq har turlik chorva mollari
ularning qo‘llarida boqilmoqda ekan. Butun tog‘liklar ota bobolaridan tortib, bu kishining
chorvalari ustidan boqmachilik bilan kun kechirmoqda ekanlar. «Vang» demak, xitoy
tilida kengashchi maslahatchi mazmunida bo‘lib, ba’zi bir kishilarga xitoy xonlari
tomonidan aldab beriladigan oti ulug‘, suprasi quruq mansabdir. Bu tomonda G’ulja,
Kuchar vanglari mashhur bo‘lsa ham, bulardan boshqa shaharlarda ham bu quruq
unvonga ega bo‘lgan kishilar bordir.
Karl Marks: «Kommunizm maslagi madaniyat taraqqiyotining ajralmas natijasi» deganlikdan, bu adashgan hasadxo‘rning so‘ziga ko‘rlarcha ergashgan kommunistlar, ayniqsa, ularning ka’basi sovet Rusiyasi, nafaqat Sharqiy Turkiston xalqiga, balki butun Xitoy mamlakatiga qaysi yo‘sun bilan bo‘lsa ham, bu maslakni kirgizmoqchi edilar. O’z shiorlarida «butun dunyoda ezilgan xalqlarga yordam beramiz», deb jar chaqirgan bo‘lsalar ham, aslida, bu mazlum Sharqiy Turkiston xalqlarining ozodliklariga hech roziligi yo‘q edi. Qumul vangligining boyligi va uning hech narsaga tushunmagan molchilari sonining
ko‘pligi bu ishga el berishlik edi. Shunga ko‘ra, o‘lka markazi hisoblangan Urumchi
shahridagi sovet elchixonasida bu fitna jamolg‘asi ko‘rilib, tegishli rejalar tuzilgandan
keyin, inson iblislari orqalik ularga yoshirincha odamlar yuborildi. Qumul vanggining
molchilari tayyorlangan so‘nggida, ular Xo‘janiyoz boshchiligida 1931 yili Xitoyga qarshi