www.ziyouz.com kutubxonasi
77
qo‘zg‘olon ko‘tarmish edilar.
Men 1931 yili G’uljaga o‘tkanimda bu voqea xalq og‘ziga tushib, har turli xurofiy
so‘zlar turlik tomondan tarqalmoqda ekan. Bu ishlar esa, kimlar tomonidan
qurilayotganligi, buning ortidan qanday ishlar kelib chiqishi, bizga ko‘rinib turgan bo‘lsa
ham, boshqa hech bir kishining xayoliga kelib qo‘ymag‘anlig‘i meni hayratda qoldirmish
edi. Uzoq emas, kechagina ko‘zlari ko‘rgan o‘lim og‘zidan ming xil mashaqqatlar bilan
sovetdan qutulib qochgan necha minglarcha nodon boy savdogarlar va boshqalar, o‘z
jallodlari tomonidan tortilgan iqtisodiy to‘rtuzoqlar atrofida och qolgan jonivorlar kabi
timirskilab yurmoqda edilar. Bu qorabosganlar millat, vatan uchun hech qanday
qayg‘urmas edilar. Dunyo do‘zaxini ko‘zlari bilan ko‘rgan bo‘lsalar ham, xayol o‘tmay uni
yodlaridan chiqarib, hirs bilan dunyo to‘plash chorasiga kirishmish edilar. Sovet
makkorlari bularni ko‘rgach, battarroq semirtirib so‘yishga tayyorlash uchun, iqtisodiy
tuzoqlarni kun sayin oshirmoqda edi.
Oxir zamonda eng olchoq yomon odamlar kim?, deb so‘ralganda: «Birinchi din sotgan johil olimlar. Ikkinchi ochko‘z, piqsiq, tamaxo‘r boy va savdogarlar», degan payg‘ambarimizning so‘zlarini kitoblarda o‘qigan bo‘lsak, uning aniqligini ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Dunyoda kim yaxshilik ko‘rsa, o‘zining yaxshi mehna-ti sabablik Allohdin bo‘lur, agar yomonliq ko‘rar ekan, albatta, uni o‘zidan bilsin, o‘zidan ko‘rsin. Chunki Alloh Kur’onda, pashambarimiz hadislarida musulmonlar uchun dunyo va oxirat davlatini topqudek yo‘llarni ochiq oydin ko‘rsatmish edi. Shu yo‘lda turar ekanlar ular ilm fan, madaniyat, taraqqiyot tarafdorlaridir. Jaholat islomiyatda qabih ishdur. Ovrupo madaniyatining rivojlanishi islom madaniyati haroblanishining natijasi bo‘lishida hech shubha yo‘qdir. Ushbu XX asr bo‘ylab bo‘layotgan, butun yer ustini qoplagan haqiqiy madaniyatsizlik, dinsizlik balosi insoniyat haqiga qanday haroblik keltirayotganligi, dinsizlik tufayli butun insoniy axloqlarning buzulganligi, ko‘z oldimizda ko‘rinib turadi. Ayniqsa, bu kabi dahshatlik dinsiz davlatlar qo‘l ostida yashamoqqa majbur bo‘lgan ikki Turkiston musulmonlari esa, nafaqat diniy, milliy, balki butun insoniy huhuqlaridan ham ajrashib, yutilish oldida turadilar. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday bo‘lib, Uyg‘uriston tuprog‘ida birinchi
boshlangan buzg‘unchilik o‘ti atrofga uchqun tashlab, kundan kunga ko‘tarilib avj olg‘ani
turdi.
«Islom ilm bilan yashasa, shundagina olam o‘ngla nadi», degan so‘zning haqiqati, u kunlari bizga gavdalanib ko‘rinmish edi. Chunki biz ikki Turkiston musulmonlari, ilmsizlik shumligidan o‘lchovdan tashqari necha yuz yillardan beri bosqinchilar jabr zulmlari ostida ezilib yotmoqdamiz. Ayniqsa, Sharqiy Turkiston xalqi ongsizlik ilmsizlikda birinchilikni oladilar. Shuning uchun zamona makkorlarining ko‘zboylov aldov ishlari bu yerda boshqa joylarga ko‘ra tezroq rivojlanmoqda edi. Aslida, Urumchidagi sovet elchixonasidan ilhom olgan Qumul qo‘zg‘oloni yerlik
musulmonlar ichida tezroq tarqalishi uchun bu makkorlar tomonidan unga diniy tus
berilmish edi. Islom yo‘lida jonini qurbon qiladigan bechora musulmonlar boshqaga
tushunmasalar ham, bu qo‘zg‘olonchilarni islom uchun chiqqan g‘oziylar o‘xshaydi deb,
har yerdan bosh ko‘tarib, bularga qo‘shilgani turdilar. Buning ustiga Sharqiy Turkistonni
bosib turgan mustabid Jang Junning butun idora (siyosiy, iqtisodiy, ayniqsa askariy)
ishlarida xon zamonidan qolgan eski usullar qo‘llanganligidan o‘z qarshisiga qo‘yilgan
sovet elchixonasi raqiblaridan har to‘g‘rilik yengilmish edi. Shundoqki, qo‘zg‘olonchilarga
qarshi qo‘llagudek quroli yo‘qligidan, qo‘shnilik qadrini oraga solib, o‘z dushmanidan
qurol so‘ragach, «ish payti keldi» deb, darxol bir qancha qurol yaroq topshirmishdur.
Jang Jun bu qurollarni olti aravaga yuklatib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo‘yilgan