www.ziyouz.com kutubxonasi
79
obro‘ylik odamlar, musulmonlar tomonidan elchi bo‘lishib, Sharqiy Turkistonga
chegaradosh Gansu o‘lkasining hokimi, xitoy musulmonlarining eng ulug‘ raislaridan
Xo‘ju, Solar voliysi Mobufang janoblaridan yordam so‘rashib boradilar. Shundoqkim,
«Sizlar bilan bizlar hammamiz bir musulmonlarmiz, kofirlar qilg‘an jabr zulmlariga
chidayolmay sizlardan yordam so‘rab keldik. Qur’on hukmicha butun musulmonlar din
qardosh, bir jon, bir tan bo‘lg‘anlikdan har to‘g‘rida, ayniqsa, bosqinchi kofirlar zulmidan
kutqazish uchun birbirlariga yordam yetkazishlik shariatda farz bo‘lmishdur. Agar
bizlarga yordam berib, shu bilan bosqinchilardan qutilar ekanmiz, albatta, kelgusida
sizga bay’at beramiz», deb va’da beradilar. Bularning so‘zini onglag‘ach, o‘zaro kengash
o‘tkazgan so‘nggida, o‘z inisi yoki akasining o‘g‘li jiyani, 25 30 yoshdan o‘tmagan
Gasiling otliq yigiT qo‘mondasida to‘rt besh ming askar chiqarishga to‘xtam qildi.
Bu qahramon qo‘mondon oz bo‘lsa ham Yaponiya harbiy maktabida tarbiya
topganligidan, butun askarlarini eng so‘nggi yapon harbiy tizimida tayyorlamish edi.
Buning ustiga bu askar qo‘shini xitoy musulmonlari ichida dindorliq va qahramonliqda
atog‘i chiqqan Xo‘ju, Solar tungonlarining fidoyi yigitlaridan qurilmish edi. O’zlarining bu
safarlarini diniy jihot deb ishonganliklari uchun, butun musulmonlar va diniy olimlar
tomonidan bu qahramon askarlarga: «Xudo yo‘lida jonfidolar» nomi berilmish edi.
Shunga belgi bo‘lsin deb, katta harflar bilan o‘chmas siyohda, har bir askarning
ko‘kragiga arabcha «Fiysabililloh» degan so‘z yozilmish edi. Bu qahramonlar ruhoniy
diniy tomonlaridan qanday chingitilib to‘liqlangan bo‘lsalar, jismoniy tomonlari ham shu
kabi tarbiyat topib, chingitilmish edi.
Manjuriya maydoni bo‘ylab yaponlarga qarshi qo‘yilgan Chan Kayshi askarlari ko‘p
joylarda ulardan mag‘lubiyatga uchrab, orqaga chekinmish edilar. Lekin, islom nomusini
saqlagan yolg‘iz shu qahramon bir necha o‘rinlarda qarshi dushmanlari yaponlarga qattiq
zarba berib, shonliq g‘alaba qozonmish edi. Mana, shundoq ko‘tarinki ruh bilan turgan
bu qahramonga Mobufang janoblaridan farmon bo‘lg‘ach, zulm ko‘rgan Sharqiy
Turkistondagi musulmon din qarindoshlari yordamiga chiqmishdur. Elchilar boshlig‘i
Alamoxun, Xilimhojimlar qolovuzligi bilan 8 kunlik o‘zan Shin Shisho qisig‘idan o‘tib, bir
necha ko‘nalg‘uliq keng maydondan kesib o‘tar chog‘ida; bu ishdan xabar topib,
qarshisida kutinib turgan Shing Duban askarlari hech qanday qarshilik qilolmasdan,
birinchi to‘qinishdayoq orqaga chekinib, bosh olomon qocha boshlaydilar. Shu kabi qattiq
zarba yeb, mag‘lubiyatga uchragan Xitoy askarlari Qumuldan o‘tib, Gujungga kelguncha
biror joyda qarshi turolmadilar. Qochgan dushmanni o‘z uyida quvib, Qumulda
Xo‘janiyoz bilan ko‘rishib, u bilan ittifoq tuzish eng zarur bo‘lg‘anlikdan, Qumulga kirmish
edi. Eshitishimizcha, ikkovi ko‘rishib, asl maqsad aytilgan so‘nggida, birlik ittifoqlik
tuzishganlar; va’da buzilmasligi uchun qasam ichib, Kur’on ko‘tarmish ekanlar.
Lekin Gasilingning bu qadar intizomlik, zamonaviy usullar bilan tayyorlangan qo‘shini
to‘satdan chiqib qolishi, Kremlni ancha tashvishga tushirmish edi. Ayniqsa, bu ikki
qo‘mondon ittifoqi, butun musulmonlarning islom yo‘lida qo‘zg‘alishlari uchun sabab
bo‘lishi mumkinligi, ularda ayrimcha qo‘rqinch tug‘dirmish edi. Shunga ko‘ra, bu
aldamchi makkorlar butun kuchlarini safarbarlikka keltirib, bunga qarshi chora ko‘rishga
kirishtilar. Bularning eng birinchi qilgan ishlari esa, musulmonlarni qaysi yo‘l bilan bo‘lsa
ham birlik ittifoqlarini buzib, bu ikki qora botirlarni biriga birini qarama qarshi ko‘yish
edi. Har ikki tomonning qora nodonligidan foydalanib, ko‘p qiyinchilik ko‘rmasdanoq bu
maqsadlariga tezda erishdilar.
Shundoqki, islom ruhida qo‘shilgan birlik ittifoqlari orqali, ikki qo‘mondon qo‘l ostidagi
musulmon askarlari Qumuldan chiqib, Urumchidan 3 4 kunlik sharq tomonda bo‘lgan
sapillik Gujung shahrini kelib qamal qildilar. Qal’abuzar qurollari, to‘plari bo‘lmasa ham,
sapil ustiga yetkudek qilib, bir ikki yuz chamali shoti narvon tayyorlamish edilar. Oz