Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
yordam yetkazish bo‘lsa kerak, tungon qora 6otirlari bosh bo‘lib, har tomondan yerlik 
xalq bosh ko‘targali turadilar. Sovet Rusiyasi zulmidan qochib o‘tgan har yerlik tungonlar 
ham ularga qo‘shiladilar. Hamma fitna-fasod ishlarini uyushtirib, o‘z siyosatini o‘rinlatish 
uchun har yoqlama hiyla makr, to‘r tuzoqlarini torttirib, payt kutub poylab yotgan sovet 
Rusiyasi o‘z maqsadlarini tezdan qo‘lga keltirish uchun, kerak asboblarini tayyorlamish 
edilar. 
Shundoqki, ko‘rinishda To‘rbog‘atoy oq ruslaridan yasama 600 chamali qizil askar, 
Urimchida Jang Jun o‘rnini egallagan Shing Duban tomonidan, Kuraga keltirilmish edi. 
Yana shu qatorda 42 post chegarasi orqaliq o‘tgan yoshirin sonlik qizil askarlar esa 
telefon simlarini sudrashib, dushman qarshisiga kelayotgan harbiylar kabi, to‘liq 
qurollangan holda tayyor turmish edilar. Asli kutilgan maqsad esa, Ili o‘lkasida birinchi 
askariy markaz o‘rnini olgan Kura qal’asini buzib, Jang Jun tayanchisi askar boshlig‘i Jing 
Shurinni qo‘lga tushirish edi. Shuning uchun xitoylarcha eng kuchli hisoblangan 6u 
qal’aning shimoliy darvozasi ostiga yoshirincha portlag‘ich qo‘yigan edi. Ustida arava 
yurgidek qalinliqda bo‘lgan sapil darvozasini, har ikki tarafidagi to‘pxonalari bilan, 
havoga ko‘tarib parchalab tashlamishdur. Buning ustiga haybat ko‘rsatish uchun, sovet 
Rusiyasi zambaraklaridan otilgan o‘qlar qal’a ichiga tushganidan tashqari, momaqaldiroq 
kabi gurkuragan aeroplan Kura shahri ustidan ikki uch aylanmish edi. 
Bunga qarshi apiyunchi xitoylar, xon davri qoldiqlari bo‘lgan u kundagi eski qurollarini 
ko‘tarishib, fil oldidagi pashshadek bo‘lib, qanday qarshi tura olsinlar! Chunki, hayot 
olamining qonuni bo‘yicha inson ishlari butunlay sababga bog‘liqdir. Buni to‘lig‘i bilan 
qo‘lga keltirmaganlar, mayli kim bo‘lsin uni egallab qo‘lga kelturganlarga, bosh egishga 
majbur edilar. Shunga ko‘ra, Jing Shurin kuchlik dushmaniga qarshi turishga ojiz 
qolgach, nochor, nima qilishini bilmay, nomardlarcha jon qutqarish chorasiga kirishadi. 
1934 yili yanvar oylarida, yer ustini qor qoplagan qahraton kunlari, tun qorong‘usida mol 
mulk, xazina, bola chaqalarini dushman qo‘liga qoldirib, o‘z boshini qutqazish uchun 
Kura qal’asidan G’ulja tomonga qarab qochmishdir. Ertalab turganimizda qarasak, «Hay, 
Jing Shurin kechalab qochib, lov-lashkari bilan G’uljaning sharqiy tog‘ tomoniga o‘tib 
ketibdur», degan so‘z hammaning og‘zida eshitilmokda edi. 
Dushman oldida bir hovuch chiqmaydigan fidoyi askarlariga qo‘monda berib, 
qahramon Gasiling, Shing Duban otiga bo‘yalgan kuchluk qizil askar qarshisida 40 50 
kunlab qahramonlarcha chidamliq ko‘rsatmish edi. Nomard iflos xitoy ersa, butun Ili 
o‘lkasi chegara qo‘shinining bosh qo‘mondoni otag‘ini olgan, uzun yillardan beri xalq 
tuzini tatib, noz-ne’matlarini yeb ichib kelgan, uch to‘rt kun bo‘lsa ham qarshilik 
ko‘rsatolmay, qo‘yni bo‘riga topshirib, o‘zining qora boshini qutqazishga kirishmishdur. 
Dovon yo‘llari qor bilan qoplanib, qatnov ishlari butunlay to‘silmish edi. Qish chillasi 
sovuq kechalari uzun tun bo‘ylab yurganicha, bir taranchi qishlog‘iga yetib qo‘nmish edi. 
Ertalab turib qarasa, qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar degandek, o‘zini orqa oldidan butunlay 
o‘ralib, dushmani qo‘liga tushib qolgandek ko‘rmishdir. Chunki orqaga qaytish imkoni 
bo‘lmaganidek, tog‘ toshlar qor bilan qoplanganliqdan oldiga yurish yo‘llari ham butunlay 
to‘silmish edi. Bunga qo‘shimcha, nomiga qo‘mondon bo‘lib, bu kabi ulug‘ vazifani bajara 
olg‘udek o‘zining qobiliyati bo‘lmagach, shunchalik dahshatni ko‘tarolmay, o‘zini yo‘qotib 
aqldan adashib qolmishdur. Mana shuning natijasida ertalab qanday bo‘lsa ham, tog‘ 
yo‘li bilan yurmakchi bo‘lib, ketayotganida oldidan kela-yotgan bekorchi bir odam 
qorasini ko‘rgach, «Hay, dushman oldimizda o‘xshaydi», deb yo‘q qo‘rqinchi bilan, 
kechasi yotgan uyiga qaytib kelmishdur. Kelishi bilan xayoli buzilib, ko‘p o‘ltirolmay 
ichkari uyga kirib ketgach, xayol o‘tmay «qars» qilib o‘q ovozi onglanmish edi. 
Atrofidagi odamlar yugurganlaricha kelishib qarasalar, o‘lar joyiga otib, chala 
bo‘g‘izlangan tovuqdek, qonga bo‘yalgan holda tipirlab yotibdur. Bu hodisa bo‘lgach, 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin