www.ziyouz.com kutubxonasi
80
bo‘lsa ham islom ruhida tarbiyat topgan, shahidlik ishqida o‘limni o‘ylamagan jon fido
musulmon askarlari, ish ko‘rgan qahramon Gasiling qo‘moqdasidagi tungon askarlari
boshliq, ko‘pchilik olomonlar «Ollohu akbar» sadosini ko‘kka ko‘tarib, dushman qal’asiga
yopishg‘ali turdilar. Qal’a ustidagi dushman askarlari tarafidan otilgan to‘p to‘fonglarga,
ular tomonidan ko‘rsatilgan har turlik qarshiliklarga qaramay, to‘rt besh soatlik qattiq
jang so‘nggida Gujung shahrini oldilar.
O’z vaqtiga ko‘ra qo‘zg‘olonchi musulmonlarining bu kabi ulug‘ g‘alaba qozonishlari
o‘lka bo‘ylab yashagan yerlik xalqning ruhini ancha ko‘tardi. Buning ustiga bu ikki
qo‘mondon Gasiling, Xo‘janiyoz qahramonlig‘i el og‘zida doston bo‘lib, dushmanlarni
ancha qo‘rqitmish edi. Haqiqatda esa, bu urushda ish ko‘rsatib, eng qahramonliq
qilg‘onlar nizomiy askarlar boshlig‘i Gasiling va ham uning inisi Shusiling bo‘lib, bular
farmonidagi fidoyi tungon askarlari edi.
Ilgaridan beri bu yerda saqlanib kelgan eski qurol yaroq, urush uskunalari va ham
Jang Jun hukumati qisilib qolgan vaqtda sovetdan olgan yangi qurollardan, eskisi yangisi
bo‘lib 25 mingdan ortiqroq qurol yaroq o‘lja olinmish edi. Zamonaviy urushlarda esa,
ko‘pincha hujumchi askarlardan ortiqroq chiqim bo‘lishi tabiiydur. Shunga ko‘ra yog‘dirib
turgan o‘qqa qaramasdan Shusiling qo‘mondasida sapil ustiga hujum boshlagan tungon
fidoyilaridan, qo‘mondonlari boshliq ko‘pgina askarlar qurbon bo‘lmish edi. Hech narsaga
tushunmagan, jaholat balchig‘iga butunlay botgan Qumul, Turpon qo‘zg‘olonchilari
boshlig‘i Xo‘janiyoz, Momutsiling o‘zlari qarshi urushayotgan Jang Jun bayrog‘i ostida va
uning ortida kimlar mo‘ralab yotqanini qaydin bilsinlar! Makkorlar tarafidan atayin tashkil
qilingan fitnachi ig‘vochilarning so‘zlariga tezdan aldanib, «Gujung urushidan olingan
o‘lja mol, qurol jabduqlarni o‘rtada barobar bo‘lmadi, eskilarini qoldirib, yangilarini o‘zlari
olishdi», degan fitna so‘zlar bahona bo‘lib, uyg‘ur tungon musulmonlarining ittifoqlari
buzila boshladi.
Haqiqatda esa, bolani otadan ajratqudek buzg‘unchi sehrchilar ilhomi bilan Xo‘janiyoz,
Momutsilinglarning miyalariga mansabparastlik o‘rnatilmish edi. Birlik ittifoqlik ustida
ichgan qasamlari, ko‘targan Qur’onlari qayoqlarda qoldi? Shunga qarab hurmatini
saqlamadilar. Anglashimizcha Gasiling o‘rtaga kishi qo‘yib, «Ular kelsunlar, ko‘rishib
so‘zlashaylik, oramiz buzulg‘udek bizlardan biron ish o‘tgani yo‘kdir, atrofimizdagi kofir
dushmanlarimiz butunlay o‘rab turgan shunday og‘ir kunlarda biz musulmonlar o‘zaro
birlik, ittifoqimizni yo‘qotsak, Qur’on hukmini buzib dinimizga xiyonat qilib, o‘z qo‘limiz
bilan o‘zimizni halokat chuquriga tashlagan bo‘lamiz», demishdur. Shu o‘xshash so‘zlar
bilan oralaridagi qasam ichishib, Qur’on ko‘tarib qilishgan ahdu paymonlarining
buzulishini eskartib, bularning ortidan qanday yomon ko‘ngilsiz ishlarning kelib chiqishini
ko‘rsatib chaqirsa ham, ular qabul qilmaganlar.
So‘z shu yerga yetganda, o‘tmishdagi islom ulamolarimiz o‘rtalarida munozara maydoni bo‘lgan haqiqiy iymon, taqlidiy' iymon masalasi ko‘nglimga kelmish edi. Taqlidiy iymon Tangri oldida maqbulmi, yo maqbul emasmi? degan savol ustida to‘xtalishib, bu haqda ko‘p bahs-munozara qilmish edilar. Uzun tekshiruvlardan so‘ng, «Taqlidiy iymon zohir shariat oldida dunyolik hukmlar uchun qabul qilinsa ham, haqiqiy iymon bo‘lmaganlikdan Alloh qoshida maqbul emas», dedilar. Haqiqiy iymonlik odam xudo va rasulni o‘rtaga qo‘yib ont ichib, Kur’on ko‘tarib va’da bergan bo‘lsa, bunday ulug ahdni boshiga o‘lim qilichi kelsa ham buzmaydur. Agar buzar ekan, undaq odamning iymoni yuzaki, hali ko‘ngliga kirmagan, til uchida bo‘lib, munofiqlik alomatidur. Agar haqlik kishi ko‘ngliga kirgani rost bo‘lar ekan, botillik belgilari ul odamdin, albatta, yo‘qolgusidir, chunki iymon nuri yoritgan ko‘ngil ichida kufr qorongusining turishi kunduz yorugi bilan kecha qoronguligining birga bo‘lishi demakdir. Ular nifoq va jaholatlik kasofatidan dushmanlariga aldanib, arzimagan, bo‘lmagan ishlar bahonasi