www.ziyouz.com kutubxonasi
88
boshchiligi ostida, jonfido vatan-parvar kishilardan kuchlik bir siyosiy jamiyat qurilgan bo‘lsa, so‘ngra shu jamiyat orqalik Koshgardagi boshqa bir kuchlik davlat vakili bilan kelishib, tartiblik ravishda ish olib borib, butun Uyguris ton nomidan xalqning talabiga moslashgan haqiqiy islomiyat asosida hukumat qurilsa, vatan bolalarining o‘zaro ittifoqini mustahkamlab, kuchlik bir askar qo‘mondonligi tashkil qilinib va mumkin qadar uni yaxshi qurollar bilan qurollantirib, ehtiyotlik bilan ish olib borilgandagina o‘z hukumatini qo‘lga olishlari mumkin bo‘lur edi. Yana o‘z so‘zimizga kelsak, shu chog‘da Gasiling qurollik kuch, intizomli askar bilan
Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlarini surib, Koshg‘arga tomon kelayotgan edi. Bularning
o‘z vatanlari Xo‘ju, Solar viloyatlaridan chiqqan sabablarini yuqorida aytib o‘tgan edik.
Viloyat hokimi Mabufang Gasilingning amakisi dindor, islomparvar odam bo‘lgani uchun
o‘z jiyanini musulmonlarning yordamiga chiqarmish edi. Bularning diniy ruhi kuchlik,
askariy nizomi yaxshi edi. Ki-yimlari oldi orqasiga, yiroqdan ko‘ringudek qilib, ochiq
arabcha xat bilan «Fiysabililloh», ya’ni «Xudo yo‘lida g‘azot» so‘zlarini yozmish edilar.
Biz musulmonlarning ongsizligidan dushmanlar foydalanib, nizo chiqarib, ular bilan
bo‘lgan ittifoqni buzdi. Shu paytda narsa ko‘rmagan nodon O’smon qirg‘izning o‘rniga
bosh qo‘mondon saylab Gasilingni keltirgan bo‘lsalar, erkin Turkiston hukumati saqlanib
qolishi mumkin edi. U kunlarda o‘zim bu voqealardan yiroq G’ulja shahrida turganligim
uchun, bu o‘ylangan maqsadni amalga oshirish chorasini qilolmadim. Shundoq bo‘lsa
ham qarab turishga chidayolmay, Yoqubbek badavlat zamonasida ikki Ortush hokimi
bo‘lgan Momutbekning nabirasi Jirchis hojimni topib, tezdan Koshg‘arga yubormoqchi
bo‘ldim.
Bu kishining qisqacha tarjimai holi shulki, men kommunist vahshiylarining qonlik
changalidan qutulib, Ili o‘lkasiga o‘tgach, qonxo‘r dushmanlar shum qo‘lida qolg‘an
qarindosh, elyurtim, suyuklik ona Vatanim uchun qattiq qayg‘urmoqda edim. Buning
ustiga bu yerlik musulmonlar turmushlarining hamma tomonlama tushkunligi, bularning
hayot ahvolidan, siyosat olamidan butunlay ongsiz xabarsiz bo‘lishlari, meni bek
hayratda qoldirmish edi. Oz bo‘lsa ham hamdard, maslakdosh vatanparvar
do‘stlarimizdan ajramish edik. Bu yerlik turg‘un kishilarning hissizligi, ongsiz qoloqligi,
ko‘zlari ko‘rib kelgan qochoqlarning ko‘ngil ko‘rligi, bularning dunyoqarashi,
rohatparastliklarini ko‘rib, ko‘nglimda alangalanib turgan himmat o‘tlarim so‘nishga
boshlamish edi.
Mana shunday umidimiz kesilgudek holga yetgan kunlarimda bu kishi bilan topishib
qoldik. Uzilayozgan umidimiz qayta boshdan qo‘zg‘alishga boshladi. Bu kishi esa
ilgaridan beri inqilobiy ishlarga qatnashib, og‘ir yengil tajribalar o‘tkazgan, ko‘zi ochiq,
ko‘ngli uyg‘oq vatanparvar, millatsevar bir uyg‘ur o‘g‘li edi. Shuning uchun yuqoridagi
o‘zim o‘ylagan ish ustida ikkovimiz uzun muzokara o‘tkazgan so‘nggida, bu kishi
Oltishahar tomonga, ya’ni Koshg‘arga bormoqchi bo‘ldi. Biroq bu ishga tashkiliy ravishda
tayyorgarlik ko‘rilmaganlikdan, iqtisodimiz yetishmaganligi bizga anchagina og‘irchilik
keltirdi. Shundoq bo‘lsa ham, bir necha do‘st kishilarimizdan yoshirincha yordam yig‘ib,
safar jamolg‘asini qildik.
Uzatmoqchi bo‘lib turganimizda, baxtimizga qarshi shul kuni bu yo‘ldoshimiz isitma
bezgak bo‘lib, yo‘lga chiqolmay qoldi. Bunga qarshi dori darmon sabablarini
qilg‘animizdan keyin ertasi kuni yo‘ddoshlarimizdan qoldirmay uzatib qo‘ydik. Biroq,
baxtga qarshi, bu kuchli irodali qahramon, dindor, vatanparvar tilakdoshimiz Jirchis
hojim yo‘lga chiqqach, kundankunga og‘irlashib borib, ming mashaqqat bilan Muz
dovonidan o‘tib, «Qo‘rg‘on» degan marhum Yoqubbek otaliqdan qolgan dushmanga
qarshi to‘squl qo‘nolg‘usiga kelganda vafot topmishdir. Alloh uni rahmat qilsin!
Maqsadga yetmagan bo‘lsa ham, talab yo‘lida jon qurbon qilish hay’at tarixi oldida ulug‘