www.ziyouz.com kutubxonasi
91
tushgan shu kabi og‘ir kunlarda, hech qanday xizmat qilolmadilar. Yo‘q ersa Qur’onda
«Innamo al mo‘mino axvatun», ya’ni «Mo‘minlar chin og‘a inidurlar» oyati bo‘la turib,
bunga ishongan musulmonlar uchun islomiy qardoshlikdan foydalanmaslik mumkin emas
edi. Nachoraki, bu haqiqatni amalga oshiruvchi haqiqiy odamlar yo‘qligidan, islom olami
ustiga shu kunlarga o‘xshash dahshatlik ofat balolar har vaqt yog‘ilib turmoqdadur.
«Yaxshilik ko‘rsanglar biz qilgan bo‘lamiz, yomonliqqa qolsanglar boshqadan ko‘rmay,
o‘zinglardan ko‘ringlar», degan Qur’on so‘zi, albatta, haqdur.
Shunday bo‘lib, Maxusang umidi Koshg‘ar xalqidan uzilgach, kim bo‘lishiga qaramay,
qurol topshirishga buyruq chiqardi. Bunga qarshilik ko‘rsatilgach, shu bahona bilan
urush boshlanib, har ikki tomondan o‘rinsiz qonlar to‘kildi. Ayniqsa, bular ichida ko‘proq
qarshilik ko‘rsatgan Farg‘ona qo‘rboshilari qoldig‘i Yusufjon qo‘mondasidagi o‘zbek
yigitlari edi. Bular esa xonadonlarni, uylarni teshib olishib, hujumchi tungon askarlariga
ko‘proq zarba berishdilar. Shunga qarshi bulardan ham kim qo‘lga tushgan bo‘lsa, tirik
qolmay o‘ldirilmishdur. Bular ichida sovet Rusiyasi qizil makkorlari uchun keraklik
ko‘rilgan xizmatchilari Xo‘janiyoz askarlari bo‘lib, ular Andijon chegarasi tomoniga
chekinib, tungonlar qo‘lidan qutilmish edilar. Vaqti kelganda bular orqalik o‘z ishlarini
bajarish uchun, shular kabi ongsiz odamlar bo‘lishi, albatta, zarur edi. Shuning uchun
bular sovet chegara askarlari qo‘rig‘ida qurollangan holda saqlanib qoldilar. Bulardan
boshqalari esa agar o‘limdan qutilolgan bo‘lsalar, chil to‘ziganday har tomonga tarqalib
qochgani turdilar.
Koshg‘ardan yigirma chaqirimcha joydagi Yangishaharda, eski hukumat yiqilgan
kunidan boshlab, hech kimga bo‘ysunmay qamalib yotgan 500 600 dan ortiq
qurollangan tungon, xitoy askarlari esa, Gasiling askarlari kelishi bilan ularga qo‘shilmish
edilar. Shuning uchun balo ustiga ortiqcha balo bo‘lib, Koshg‘ar shahri ichida Chingiz
vahshiylarini eskartgudek ishlar bular tomonidan ko‘rilmish edi. Bunga qarshi hech
qanday chora qilolmadilar. Chunki, xalq o‘ta ongsiz edi, siyosat dunyosidan butunlay
bexabar, qoloq edi. Shundoqki, 20 30 yillab ko‘z oldilarida bo‘layotgan qon qarindosh,
din qarindoshlari Turkiston xalqlari boshiga kelgan kommunizm balosidan ibrat olish
o‘rniga, bular uchun yangi hayot bozori ochilmish edi. Zakotsiz yig‘ilgan haromxo‘r
o‘zbek boylaridan qolgan harom mol, oltin kumush dunyolarini tezakchi qo‘ng‘izlardek
tashigandan tashib ko‘paytirib, eng oxiri o‘zlari uning ostida qolib, halok bo‘ldilar.
Haqiqiy iymon bilan taqlidiy iymon farqi Qur’on hukmiga amal qilish qilmaslik bilan
ma’lum bo‘lg‘usidir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Molinglarning zakotini
to‘liq ado qilib, temir qo‘rg‘onga qamanglar», yani, «zakot molning temir qo‘rg‘oni bo‘lib,
ofatdan omon bo‘lur», demish edilar. Rasulullohning bu so‘zlariga gumon kelti rib,
zakotsiz yiqqan mol dunyolari qizdirilgan holda, Qur’on aytganidek, qiyomat nusxasi
bo‘lib, o‘z ixtiyorlaricha topshirmagan tangalariga otliq tamg‘adek bosilmish edi.
Chalamulla va bir qancha nodon boylar bila turib, zakotsiz saqlagan mollarini o‘z
ixtiyorlaricha topshirishga ko‘zlari qiymagach, qizdirilgan yombuni tanalariga tamg‘a qilib
bosgan zarbidan, ko‘plari halok bo‘ldilar.
Lekin bular ichida asli marg‘ilonlik o‘zbek boylaridan Mutaldinboy degan kishi 1934
yili, inqilob boshlanishi bilanoq butun mol mulki, bola chaqalari bilan eson omon
Pokiston chegarasidan o‘tib, qutulib ketmishdur. Bu kishini o‘zim ko‘rolmagan bo‘lsam
ham ishonimlik, chin so‘zlik kishilarning aytishlaricha, tijorat ishiga kirishgan kunidan
boshlab, shu ketgan vaqtigacha zakotini qoldirmay berib kelgan kishi ekan. Shuning
sharofati bo‘lishi kerak, Pokiston poytaxti Karachida ulug‘ tijorat shirkati ochib,
burung‘idan boylig‘i bir necha barobar ko‘tarilmishdur. Ilgari Koshg‘arda turganda
kommunistlar zulmidan o‘z vatanlariga sig‘may, u tomonga qochib o‘tgan alamzada ham
shaharlariga qanday yordam yetkuzgan bo‘lsa, Afg‘oniston, Hindiston mamlakatlarida