www.ziyouz.com kutubxonasi
92
sarson bo‘lib yurishgan vatandoshlariga ham shu kabi imkoniyat boricha yordamda
bo‘lmishdur.
Bundan boshqa Koshg‘arning eng zo‘r boylaridan Umaroxunboy, o‘zbeklardan
Sotvoldiboy, ular ham shu paytdan foydalanib, Chatra (Uyg‘uriston chegarasiga yaqin
joylashgan shahar) Hindiston orqali ikki haramga borib kelishgan bo‘lsalar ham,
o‘zlarining nodonliklaridan, ko‘rgiliklari bo‘lsa kerak, bir ikki yil o‘tmayoq, hammalari
shular qo‘lida halok bo‘ldilar.
Qizil makkorlar esa, bir tomondan o‘z siyosatlarining amalga oshganini ko‘rgach,
qahqahlagan bo‘lsalar ham, ikkinchi tomondan, bularning to‘ymagan och ko‘zlarini
qiziqtirgan Koshg‘ar boylarining oltin kumush mol-dunyolari boshqalar qo‘liga
kirayotganini ko‘rishib, ichlaridan qon o‘tmoqda edi. Mana shunday bo‘lib, bir hafta o‘n
kun talan bulan, ot chop ishlari biroz bosinqirag‘andan keyin esa, Oqsuvda qolgan
Gasiling bu yerdan bo‘shanib, to‘g‘ri Koshg‘arga kelmish edi. Ertasi haytgohga (hayit
namozi o‘qiladigan joy) yig‘ilgan qalin xalq ustiga kelib, bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz ishlar
uchun qattiq achingan holda, bunga o‘zining norozi ekanligini bildirib, ko‘pchilikdan
kechirim so‘ramishdur. Biroq, bu 30 yoshga yetmagan qahramon qo‘mondon bir yog‘i
yoshligi bo‘lsa, ikkinchi yokdan hozirgi siyosat sohasidan yiroq turganligi uchun, bu
kelishida katta bir halokatlik xatarga yo‘liqib qoldi. Shundoqki, makkorlar markazi
Kremlning topshirig‘i bo‘yicha, Koshg‘ardagi sovet elchixonasi xizmatchilari bu shunqor
qushni to‘rga tushurishga qattiq kirishmish edilar. Shuning natijasi bo‘lg‘aykim, bular
bilan siyosiy aloqa bog‘lash havasi uning ko‘ngliga tushmish edi.
Ishonimlik, tushungan kishilarning aytishlaricha, har turlik araq sharob ichimliklaridan
tortib, inson nafsi qiziqarlik xilma xil noz ne’matlar, ayniqsa, shayton tuzoqlari,
elchixonada bular hurmatiga tayyorlangandan keyin, Gasiling 50 60 chamali askar
boshliqlari bilan ziyofatga chaqirilmishdur. O’z elidan chiqqan paytidagi ulug‘ umidlari
uzilib; Qur’on ko‘tarib, qasam ichgan yolg‘on musulmonlardan ko‘ngli sovugan holda; bu
kabi odam shaytonlari suhbatlarida majlis o‘tkazgan telba qonlik yoshlarga qandoq baho
berishimiz oqillar oldida ochiq bir masaladur. Mana shu majlis o‘tkazilgandan keyin
«Fiysabililloh» shiorlik qahramonlarning himmat o‘tlari so‘nib, oliy fikrlari o‘zgara
boshlamish edi. Kecha kunduzlab, balki, hafta oylab Gasiling boshliq askar
qo‘mondonlari elchixona aysh ishratlariga berilmish edilar.
Ish shu holga yetgach, payg‘ambarimiz aytgan: «Mo‘min odam iymon nuri bilan haqni
botildan, to‘g‘rini egridan ajrata olur», degan muborak so‘zlaridan bular ajradilar.
Shunga ko‘ra, ko‘p uzoq o‘tmayoq ularning so‘zlariga aldanib, Gasiling o‘ziga qarashlik
50-60 askar boshliq navqiron yigitlari bilan, ilon og‘ziga tushgan chumchuqdek o‘z
ixtiyorlari bilan chegaradan o‘tib, qizil jallodlar qo‘liga topshirildilar. Chegaradan o‘tishi
bilanoq hammalari qurolsizlantirildi. Undan keyingi ahvollari bizga noma’lumdur.
Gasilingning bu askarlari 8 armiya deb atalgan xitoy kommunistlari qo‘shiniga bir
necha marotaba zarba yetkazmish edilar, bir hiyla bilan bularni osongina to‘rga
ilintirdilar. Shunday bo‘lib, yolg‘iz Sharqiy Turkiston emas, balki butun Xitoy tuprog‘ida
bo‘lgan qo‘zg‘alishlar Rusiyaning kommunistlar hukumati siyosatiga moslashgan holda
hal bo‘la boshladi.
Maxusang bo‘lsa bu voqeadan ilgariroq Xo‘tan tomoniga yurish qilib, Yorkent,
Qorg‘aliq, Xo‘tan atrofi bilan Chorcha, Chorxaliq yerlarigacha ega bo‘lib o‘ltirmish edi.
Har tomondan qochgan pisganlar sig‘ing‘udek joy topolmay yurganlarga boshpana bo‘lib,
ko‘p odamlar buning vaqtida mol jonlari bilan Chatra yo‘li orqali Hindistonga o‘tib
qutildilar. Lekin quruq oti bo‘lsa ham yangi qurilgan erkin Turkiston hukumati raisi domla
Sobit boshliq 7 kishidan iborat davlat a’zolari nima qilishlarini bilmay jaldiraganlaricha
ba’zilari o‘z uylarida, qolganlari yoshiringan holda yurgan edilar.