Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Bularning kundalik ahvollari esa, sovet elchixonasiga yetkazilib ma’lum bo‘lib 
turmoqda edi. Shungachalik sovet konsuli orqali saqlanib kelgan Xo‘janiyoz, o‘qitgan 
yosh boladek, tayyorlanmish edi. Uning tilidan, qo‘lidan hujjat xat olgani ustiga, yerlik 
hukumat a’zolari boshliq boylar va boshqalardan ko‘rsatilgan kishilarni qoldirmay ushlab, 
Shing Dubanga topshirish vazifasi ham unga 1934 yili sovet konsuli tomonidan 
topshirilmishdur. Qo‘yilgan bu shartlar Xo‘janiyoz tomonidan bajarilgan taqdirda, uni 
musulmonlar vakili o‘rnida Shing Duban o‘rinbosari qilishga va’da berilmishdur. Shunday 
bo‘lib, bari ishlar qizil markaz tomonidan qolipga solinib, tayyorlangan so‘ngida, 
Xo‘janiyoz qalpog‘i ostida qizil jallodlar ishga kirishgali turdi. 
Xalq ko‘zini qo‘rqitib, yuraklarini mujush, hammaga dahshat ko‘rsatib, xalq ichida 
haybat oshirish bularga qonuniy shior bo‘lganlikdan, hech qanday qiyinchilik ko‘rmagan, 
ayniqsa, diniy odamlar, kat-ta-kichik boylar, xalq ichida ko‘zga ko‘rinarlik kishilar, 
birinchi navbatda qo‘lga olinmishdurlar. Ular ichida Muhammadoxun xalpitim yuqorida 
aytilganidek, tungonlar qiynovida vafot topgan bo‘lsa ham, biz bilgan Koshg‘ar 
ulamolaridan tubandagi kishilar: domla Sobitoxun otush, Sobitoxun qizil biya, 
Hoshimoxun xalpitim, Shamsiddin domla boshliq oz bo‘lganda din ulamolaridan 40 50 
odam shu inqilobning qurboni bo‘ldilar. Bular ichida yuqorida nomlari yozilgan olimlar 
kitob yozib asar tasnif qilishga qudratlari yetarlik edi. Afsuski, domla Sobitdan boshqa 
birortalaridan o‘z tillarida yozilgan asar borligi bizga ma’lum emas. Shunday bo‘lib, 
bechoralarning qiynov ostida o‘lganlaridan qolganlarini qo‘l oyoqlariga temir zanjirlar 
solingan holda Urumchiga, Shing Duban bosqinchining oldiga olib kelib, oz bo‘lganida 10 
yildan kam emas, turmaga kesdilar. 
Ota bobolarimizdan qolgan o‘z vatanimizga, el qatori insoniy haqlarimizga boshqalar 
kabi biz ham ega bo‘laylik, degan to‘gri talablaridan boshqa bularning nima gunohlari 
bor edi? 
«Va aidduv lahum min quvvatin». Bu oyat ma’nosi: «Dushmaninglarga qarshi 
imkoniyat boricha kuch kuvvat tayyor qilinglar», demakdur. Musulmonlar Qur’onning 
yolgizgina shu hukmiga amal qilgan bo‘lsalar, butun insonlar ustiga hukmron bo‘lib, 
islom adolati yer ustida o‘rnashgan bo‘lur edi. Bu so‘zning haqligiga shak yo‘qdir, chunki 
payg‘ambarimiz aytdilar: «Mening ummatlarimdan qaysi kishi yaxshilik ko‘rsa uni 
Allohdan ko‘rsin, buni menga Alloh berdi deb bilsin; agar yomonlik ko‘rar ekan, o‘zidan 
ko‘rsin, o‘zini malomat qilsin», dedilar. 
Kur’on hukmiga ko‘ra, boshqalarga Vatanlarini bostirib, o‘z milliy hukumatlaridan 
ajrab, ularga tobun bo‘lgan musulmonlar, Alloh amrini bajarmaganlikdan xudo oldida 
javobga tortilib, ikki dunyoda ham xorlikka qoladilar. Bizning inqirozimizga eng birinchi 
sabablardan biri ittifoqsizligimiz bo‘ldi. Kur’onda mo‘minlarni birlik, ittifoqlikka qattiq 
undaydi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin