Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
qadam bosgan edim, o‘g‘lim Asilxon: «Jon dada, zolim jallodlar oldiga chiqish aqldan 
emas, qo‘llarida zanjir kishanlari shaldirab turibdi» degach, qochish ham 
payg‘ambarimizdan qolgan emasmu xayoli bilan, tun qorong‘usi, qattiq bo‘ron 
yomg‘iridan foydalanib, o‘g‘lim Asilxon oyog‘imdan dast ko‘targach, egiz tom osha 
qo‘shni qo‘rasiga o‘zimni tashladim. 
Qattiq bo‘ron, shamol aralash yomg‘ir urib turganlikdan har qanday sharpa bo‘lsa 
ham, uqulg‘udek (bilingudek, ko‘ringudek) emas edi. Shundan foydalanib, qo‘radan 
qo‘raga tom osha tushib, ko‘cha boshidagi tom ustiga uyilgan bir o‘ram hashak ostiga 
kirib yoshirindim. Orada 5 6 hovli bo‘lib, o‘zim uzoqda turgan bo‘lsam ham, ikki ora 
ochiqlik edi. Shunga ko‘ra o‘z qo‘ramizda bo‘layotgan ishlarni yiroqdan bo‘lsa ham 
payqab turdim. Bosh oyoq uylarimizni, qo‘ni qo‘shnilarimizni qoldirmay, 1 2 soat ontar-
to‘ntar qilishib meni topisholmagach, Asilxonni olib jo‘nadilar. Bu zolimlar ketganlaricha, 
uy ichi oilalarimizga vahshiylarcha ko‘rsatgan dahshatlariga qaralsa, bularni: «Ikki oyoqli 
yirtqichlar», deyishlik xato aytilmagan bo‘ladi. 
Bular ketib tong sahar yaqinlashgancha tarnovdan quygandek to‘xtamay yomg‘ir 
yog‘mokda edi. Egni boshim siqib olg‘udek bo‘lib suvga chilanib qoldim va ham tong 
otmasdan ilgariroq bu joydan boshqa bir o‘ringa yo‘tkalib yoshirinishim hammadan zarur 
edi. Shuning uchun ko‘chamizdagi o‘z do‘stlarimizdan koshg‘arlik Ayuboxun usta 
qo‘rasiga tushib, ming hijolatlik bilan sekingina o‘zi yotgan uy eshigini taqillatib edim, 
dovushimdan tanidi bo‘lg‘ay, tura kelib eshikni ochib, musulmonga yarashgan axloq 
bilan meni yaxshi qarshiladi. Bu voqea 1937 yili mart oyida bo‘lmish edi. Shu oradan 33 
yil o‘tib, bu kitobni yozmoqdaman. Agar ming yil o‘tsa ham, bu yaxshilik hech vaqt 
unutilmay doimiy saqlang‘usidir. Alloh uni rahmat qilsin! 
Ho‘l kiyimlarim quritilib bo‘lg‘ach, erta namoz azoni aytilgach, katta salla, uzun 
chopon bilan Ayuboxun uyidan «Bismilloh» deb masjidga ketayotgan bo‘lib eshik 
oldimizdan o‘tayotganimizda qarasam, darvozamiz oldida ikki nafar xitoy cherigi turmish 
ekandur. Shu o‘tganimizcha Ayuboxun usta boshlab olib, marhum Usmon qorim uyiga 
yetkazdi. Ko‘cha eshigi ochilmagan, hali bomdot vaqti bo‘lmagan edi. Devordan oshib 
tushib, mening xabarimni onglatgach, yugurganicha chiqa kelib, ko‘ngil ko‘targich so‘zlar 
bilan do‘stlig‘ini bildirib, o‘ylagandan ortiqroq hurmat bilan meni kutib oldi. Alloh ulug‘ 
ajrlar bersin u kishiga! 
Bu kishining uyida turishimiz ehtiyot yuzasidan to‘g‘ri kelmaganlikdan, o‘zidan 
yiroqroq orqa ko‘chasida kuyov o‘g‘li qo‘rasida turishimizni maslahat ko‘rdilar. Mana shu 
joyda 10 kun chamali turgandan keyin, bir kun hukumat josuslaridan bo‘lgan vijdonsiz 
vatan xoini Sharop shangyu Usmon qorimga kelib mening to‘g‘rimda so‘z so‘rabdur. U 
ketgandan keyin ehtiyot yuzasidan o‘rin yangilash lozim bo‘lib qoldi. Qorimning bog‘i 
orqasida necha yillik tashlandi, eski, buzulgan xumdoni bor ekan, shoshilinchda joy 
topolmagach, shuning ichiga tushib, to‘qqiz soat yoshirinib yotdim. Shu kuni kechqurun 
bu joydan yo‘tkalib, daryo bo‘yiga yaqin bir xilvat yer topib, bir necha kunlik aziz 
umrimni u joyda o‘tkazdim. 
Mening bu kabi eng og‘ir kunlarimda vafodorlik qilib, do‘stlik haqini o‘tagan erlarning 
eng birinchisi to‘qmoqlik Abdurahmon edi. O’g‘li Abduqodir boshliq katta kichik butun 
oilasi bilan mening yordamimda bo‘ldilar. Ikkinchisi, otushlik savdogarlardan menga 
jonfido ixloslik bo‘lgan Matniyoz edi. Bu qahramon Oltoy va Mong‘uliyada G’ulja yilqisi 
pul ekan degan bahona bilan, ataylab men uchun yuz yilqi olib, Mong‘uliyaga 
haydamoqchi bo‘ldi. Bundan maqsadi esa, meni ham xizmatchi yilqichilar qatoriga 
qo‘shib olib, Mong‘uliyaga yetgach, u kunlari Manjuriyada turgan yaponlarga 
o‘tkazvormoqchi edi. Chin ko‘ngli bilan biz uchun bu ishga kirishgan bo‘lsa ham, bu ish 
to‘g‘ri kelmagach, yo‘limiz boshqa yoqqa burildi. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin