www.ziyouz.com kutubxonasi
97
Yo Rabbim, bu bandalaringning bizga qilgan yaxshiliklariga yarasha hech qanday ish
qilolmadim. O’zing bilursan, sening yo‘lingda har kimga yaxshilik qilish, har kimga foyda
yetkazish mening eng suyub tilagan maqsadim edi. Endi men qilolmagan bo‘lsam, ey
ulug‘ Tangrim, men uchun bularga ikki dunyo yaxshiliklarini sen o‘zing bergin! Omin.
Dunyoda qochgandan, yoshiringandan og‘ir ish yo‘q ekan. Shunday bo‘lsa ham
boshga tushgandan keyin chora yo‘q. Ovchidan qochgan tulkidek u teshikdan bu
teshikka yo‘tkalib yurib, ikki oy o‘tkazdim. Shu orada marhum o‘g‘lim G’apporxon, va’da
bo‘yicha safar jamolg‘asi bilan ikki ot tayyorlagan holda Kunasdan keldi. Xitoy hukumati
meni birinchi bosgan kechasi qo‘lga tushurolmagach, 18 yoshlik o‘g‘lim Asilxonni olib
ketganligi yuqorida aytilmish edi.
«Buning yaqin kishilari kimlar?», deb Xitoy hukumati tomonidan so‘ralganida, ba’zi bir
munofiqlar: «Buning yaqinlari boshqalardan ko‘ra tungonlardan ko‘proq», deb xech
narsadan xabari yo‘q So‘quluq tungoni do‘stlarimizdan marhum Yong shangyu bilan
bolasi Xoshimni ko‘rsatgan ekan. Bularni idoraga keltirib, Xitoy vahshiylari odatlaricha
urib so‘kib biz uchun ko‘p azob bermish edilar. Bilmagan, ko‘rmagan ishlari haqida
so‘roq berib bularni qiynagani bilan foyda chiqmasligini bilgach, hammalarini bo‘shatib
yuborgan xabari bizga yetib, xafaligimiz ancha ko‘tarilmish edi. So‘ngra, yoshirin holda
kechalab, uy oilamizni ko‘rishga borib, ularga otaliq nasihat va sihatlarimizni o‘tagan
so‘nggida, qaytib Abdurahmon uyiga keldim. Bu yerda bizni uzatish uchun Yosin xalfatim
boshliq sirdosh yoru do‘stlarimizdan kutishib o‘ltirg‘an odamlar bilan hajga
ketayotqandek quchoqlashib, yig‘lashib, xo‘shlashgan so‘nggida, yarim tunda ota bola
To‘pado‘ng bilan G’uljadan chiqib, Nilqi yo‘li orqalik Kunaska qarab jo‘nadik.
Bu yer G’ulja shahrining to‘ppa to‘g‘ri sharq tomonida bo‘lib, teskay yo‘li orqalik 4-5
kunlik yo‘l bo‘lsa ham, biz kungay Bog‘ati yolg‘izoyoq yo‘li bilan kun tunlab yurib Ko‘ktol
to‘g‘risiga keldik. Shu yerda bizni To‘qmoqdan qirg‘izlar bilan birinchi martaba qochib
chiqqanimizdagi yo‘ldoshlarimizdan Haydarali degan og‘aynimiz kutib olmoqchi bo‘lgan.
U kishi esa o‘g‘lim G’apporxonga bergan va’dasi bo‘yicha, Tyan-Shan tarmoqlaridan
bo‘lgan Qo‘yoshuv tog‘larining qarag‘ayligida bizni kutib yotgan qirg‘iz Turg‘unboy uyiga
boshlab bormoqchi ekan.
Mo‘ljallangan yerga kelmagach, «Biror hodisa bo‘lmasa kelishi kerak edi, endi o‘zim
borib xabar olib kelay», deb o‘g‘lim G’apporxon uning uyiga qarab ketdi. Borib qarasa,
katta fojialik voqea ustidan chiqmishdur. Shundoqki, bu kishi ikki ayollik bo‘lsa ham,
uzun yillardan beri bola ko‘rmay yurib, axiri ko‘p tilov emidemilar o‘tkazgan so‘nggida
topgan, 5 6 yoshlik bo‘lib to‘y qilishga yetgan bir o‘g‘li bor edi. G’apporxonning
borishidan oldin ilon chaqib, u bolani o‘ldirmish ekan. Qon yig‘lab o‘ltirgan kishilarga
boshqa so‘z sig‘magach, borar joyimiz yo‘llarini so‘rab, mo‘ljallab olib qaytmishdur.
Bunday og‘ir hol ustida ketayotganimizda to‘satdan 6u hodisaning bo‘lishi biz uchun eng
og‘ir sezilmish edi. Shunday bo‘lsa ham, o‘g‘lim G’apporxon: «Borar joyimizni belgilab
oldim, adashmay topib borurmiz» degach, u yerdan qo‘zg‘alib yo‘lga tushdik.
Kechalab yurganimizcha Oroltepa sirti bilan tun yarmida Kunas daryosi bo‘yiga keldik.
Qorong‘u tunda hayqirib oqayotgan suvni kechib o‘tish anchagina qo‘rqinlik bo‘lsa ham,
xudo yordami bilan esonomon o‘tdik. Uzun tun bo‘yi ot ustidan tushmaganlikdan horib-
charchagan holda, tog‘ etagiga tushib, biroz bo‘lsa ham uxlab oldik. Lekin, tog‘ ichida
yolg‘izoyoq yo‘llarda yurib ko‘nmagan kishi yo‘lboshchisi bo‘lmasa, izlagan joyini mo‘ljal
bilan topib borishi ko‘p qiyin ishdur. Shunga ko‘ra ertalabdan yurganimizcha nimadurki
belgilangan yerlarni payqamay qolib, shu kuni kechga davr tog‘tosh ichida yo‘l topolmay
adashib yurdik. Bulutga tiralgan ulug‘ tog‘lardan boshqa hech narsa ko‘zga ko‘rinmas
edi. Shu adashganimizcha, kunduzni kechaga ulashtirib hufton vaqti kirgach, yog‘du
yo‘qolib olamni qorong‘ulik qopladi. Qalin cho‘plar ichida ko‘zla-rimiz qorovlanib, yurar