www.ziyouz.com kutubxonasi
99
yozib, nomini «Shifoul ilal» (Kasalliklar davosi) qo‘ydim. Agar shu kitobchani hushyorroq
bir kishi oldimizdan o‘tkazib, tushunarlik ta’lim olar ekan, o‘zi va boshqalar uchun
bundan foyda olishi aniqdur. Buning ustiga bu kitobcha ko‘zga kichik ko‘rinsa ham, tarixi
ulug‘ voqealik dahshatlik kunlarda yozilg‘anliqdan, avlodimiz uchun esdalik bo‘lib har
oilada bundan bir nusxa bo‘lishi albatta lozimdur.
Shu bilan bosh panohimiz Turg‘unboy uyida biror oydan oshiqroq turib, iyun oyi
oxirlashib kelganda, tog‘lardagi qorlar erib, dovon yo‘llari ochilar vaqti bo‘lgach, ulug‘
Yulduz orqali Oltishahar safariga chiqmoqchi bo‘ldim. Biroq bu uzun og‘ir safarimda
menga yordamchi yo‘ldosh bo‘lg‘udek hech kimsa yo‘q edi. Bu to‘g‘rida maslahatlashib,
kengashimiz shunga kelib to‘ldikim, Turg‘unboy og‘a yo‘lboshchi bo‘lib, ulug‘ Yulduzga
meni yetkazmoqchi bo‘ldi. Undan u yog‘iga bo‘lsa, Kuchar shahridan keladigan
savdogarlar eshakchilariga qo‘shilib, o‘zim ketmoqchi bo‘ldim. So‘z shunga to‘xtalgach,
marhum o‘g‘lim G’apporxon oto‘lov tayyorlab, safar jamolg‘asini keltirdi. 1937 yili iyul
oyiing avvali payshanba kuni ertalab qo‘shxonamiz Tug‘unboy og‘aning yolg‘iz uyidan
«Bismilloh» deb otlanib chiqdik.
Ikki-uch chaqirim yo‘l yurilgach so‘nggida, o‘g‘lim G’apporxon otidan tushib
uzangimga ko‘zini surtib, yuzini qo‘limga qo‘yib yig‘lagan holda mendan rozilik so‘radi.
Xontangri tarmoqlari ulug‘ tog‘lar orasida ota bola yig‘lashgan holda bir birimizdan
ajradik. Hali mehrimga to‘yib qonmagan yosh bolalarimning jaldirab qolayotganlarini
eskarib, ular uchun o‘z o‘rnimda mehr muhabbat qilishga buyurdim. Hayot olamida
keraklik, dunyo va oxiratda foyda zararlik narsalarni biroz bayon qilib, vasiyat qilganim
so‘nggida o‘g‘lim G’apporxon ko‘zi yoshlangan, ko‘ngli munglangan holda orqaga qaytdi.
Biz ikkovlan bo‘lsak uzoqdan yaltirab ko‘ringan, muz qor oynalar bilan cho‘qqilari
qoplangan, ulug‘ Tyan-Shan tog‘lari tomrn qarab yuzlandik. Biroz yurganimizdan keyin
qarshimizdagi Qo‘yoshuv dovonini oshib, Chopqi yaylovidan tushdik. Buni kichik Yulduz
deb ham ataydilar. Bu yaylovda ilgari To‘rg‘ovut qalmoqlari yashab kelgan bo‘lsalar
ham, biror yuz yillardan beri qizay qozoqlari egallab turadilar.
Bu o‘rinda yozilgan «Qo‘yoshuv» degan so‘z bundan sakkiz yuz yil ilgari, hozirgi
Jambul Talas o‘lkasida o‘tgan turk ulusining tupki urug‘i qirg‘iz xalqidan chiqqan
qahramon Manas bahodirni eskartadi. Bu qahramon Ili Olmalig‘ qalmoqlari ustida chopul
qilmoqchi bo‘lib, qo‘shin tortqanida aytgan so‘zlarini qirg‘iz dostonchilari tasvirlab,
tubandagicha irlamishdurlar: Ilining boshi uch orol ko‘rgan jo‘ra barsinbi, Toyoshuv
menen qo‘yoshuv ashqan jo‘ra barsinbi, degan so‘zi xalq og‘zida yaqin 800 yil saqlanib
kelgan.