Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
kelgandan keyin otliq yayov butun askarlar oz fursat ichida intizomga olinib, temir saf 
bog‘lagandek chekinmas bir nizomiy qo‘shinga aylanmish edi. Bu ish yolg‘iz so‘zdagina 
emas, amalda ko‘rilib, Urumchi urushida 20 mingga yaqin olomon tungon askarlari 500 
ga yetmagan otliq nizomiy askarlar tomonidan tor mor bo‘lmish edi. 
Shu qadar tajribali ishlar ko‘z oldida ko‘rilgan bo‘lsa ham, yana xalq og‘zidagi «Voy, 
Xitoy buzilsa, olam buzilib qiyomat qoyim bo‘lar emish», degan xurofiy so‘zlardan 
ta’sirlanishi marhumning irodasi bo‘shligini, zamona ahvolidan xabarsizligini bildiradi. 
Yo‘q esa 14 yillik davlat boshlig‘i, agar chin irodalik siyosiy bir qo‘mondon bo‘lsa, qo‘lida 
nizomiy, qurollangan 40 mingga yaqin islom askari tursa, o‘z davlatini kofir dushmanga 
qanday topshira olsin? 
Bandadan kamchiliklar o‘tmaguncha bergan ne’matini qaytarib olish, Allohga odat 
emasdir. Hayot olamida urush maydonlaridagi zafar yoki xatar har ikkovi ham bir 
qancha sabablarga bogliqdir. Agar zafar asboblarini imkoniyat boricha to‘liqlamay tu-rib 
urushga kirishar ekan, Qur’oni karim hukmicha bunday odam xato ishlagan bo‘lib, 
shariat oldida javobga tortiladi. Shu o‘xshash uning sharoitiga to‘lti bilan ega bo‘la turib, 
yana orqaga chekinar ekan, tarix yuzini qoralovchilardan, islom haqiga xiyonat 
qiluvchilardan hisoblatusidir. Dunyo va oxirat baxtini davlatlari uchun, ilohiy qonun 
hukmida belgilangan, har ishning o‘ziga tegishlik sabablarini bajarib, qo‘lga keltirmay 
turib: «X,a endi, taqdir shul ekan», deb o‘ltirish eng katta nodonlik bo‘lib, Alloh 
qonuniga qarshilik qilmoqlikdur. 
B a y t: 
Sababni qil musabbibni unutma!
Haqiqat shul erur teskari ketma.
Ota Soguniy qilmishdur nasihat
Tushunganlar bu so‘zdin olgay ibrat. 
Dema: «O’zgarmas olam ish bitibdur»,
Na bo‘lgay ertagi kun kim bilibdur.
Hayotingni tuzatmoqqa sabab qil,
Vatanni qutqazishning chorasin bil. 
Birinchi chorasi ilm o‘qimoqdur,
Jaholat ooshiga to‘qmoq ham tayaqdur.
Jaholat bizni ajratdi Vatandin
Vatan yolgiz emas, ham jonu-tandin. 
Bo‘lar ish bo‘ldi, endi kimligingni
Unutma, ey o‘gil, o‘zbekligingni.
Yutulmasdan burun saqla tilingni- 
Qutqar qulluqqa tushgan bu elingni. 
Agar til saqlamas ersang, yutarlar- 
Oyoq ostiga solgay, qul etarlar.
Seni yutmoqqa tayyor ajdaholar,
Koradur yoki oq to‘ymas balolar. 
Na bo‘ldi, Uturiston, och ko‘zingni
Ko‘zing och, O’zbekiston, ko‘r o‘zingni.
Na erding, endi ne bo‘lding, qarab boq,
Qachon bir joyda bo‘lgay juft bilan toq. 
Farishtaga yaqin bo‘lgay musulmon,
Agar din ushlasa, bu hukmi Kur’on.
Bilib diningni saqla, ey musulmon,
Judo bo‘lgan kishiga ming pushoymon. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin