www.ziyouz.com kutubxonasi
95
Alloh taolo zakotini temir qo‘rg‘onni qurmish kerak edi. Dunyoga ko‘ngli bilan qattiq
berilganlikdan, Qur’on hukmiga, payg‘ambar so‘ziga gumon keltirib, zakotsiz, xayr
ehsonsiz yig‘gan, qo‘rg‘on tashqarisida qolgan qora mol dunyolarining it qushlarga yem
bo‘lishidan kim saqlay oladi? Qur’onning aytishicha, hech vaqt Alloh taolo mo‘min
qullariga ato qilgan halol rizqlarini haromxo‘r kofirlarga yedirishi mumkun emasdur.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. «Davlatim boshimda bo‘lgach, yor jo‘ralarim qoshimda»
degandek, quvvati o‘chgan, davlati qochgan kunlarda har kimning o‘e oilasi, ayniqsa,
ota onasi yoki g‘arazsiz do‘sti bo‘lmasa, bulardan boshqalari dushman tomoniga o‘tib
ketadilar. Shunga ko‘ra, Turdoxunboy oilasidan xabar olishga shuncha ko‘p yor do‘stlari
bo‘la turib, birortasi ham yaramadi. Buni ko‘rgach, o‘zim har qancha tashvish ichida
turgan bo‘lsam ham chidab turolmay, yarim qo‘y eti, bir tandir kulcha yoptirib, marhum
ayolimizni kirgizib edim, eshikdan kirishi hamon katta kichik bola chaqalari: «Hay, bu
dunyoda bizni ham yo‘qlovchi kishimiz bor ekan», deb, yig‘i sig‘i bilan eng achinarlik
og‘ir bir holda, qarshi olibdilar.
Birinchi navbatda qo‘lga olingan bu kishilarning mol mulki, qo‘ra-joylari butunlay
yorg‘u bo‘lib, oilalari uchun boshpana bo‘lg‘udek joy qolmagach, ularni G’ulja shahri
atrofiga tarqatib yubormish edi. Bular bilan eng so‘nggi aloqamiz shu bo‘lib, keyingi
kunlarda esa, bizga o‘xshash kishilarning barchasi o‘z tashvishi bilan bo‘lib, boshqani
unutmish edilar. Chunki bu jallodlar qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham, ikki kishining birini
iskovichlik xizmatiga bog‘lab, xalq ichiga ko‘p buzuqlik soldi. «Po‘choq pulga iymonlarini
sotadurlar», degan Qulxo‘ja Ahmad sultonim so‘zlari shu kunlari amalda ko‘rilmish edi.
Jannat misollik, urug‘ aymog‘lik, suyukli ona Vatanimizdan ajragan holda omon
olg‘udek joy izlab kelmish edik. Qizil sehrchilar shum qadamlari yetishi bilanoq bu
yerlardan ham xayr barakat yo‘qolib, tinchlik, omonlik butunlay ko‘tarildi. Bu voqea
bo‘lmasdan ilgari sharqiy ichki Xitoy, janubiy Hindiston yo‘llari ochiq turgan bo‘lsa ham,
ish boshlanishi bilan ort atrof yo‘llar butunlay to‘silmish edi. Bizga o‘xshash siyosiy
qochoqlar uchun olam qorong‘u bo‘ldi.
Boy o‘g‘li qushining shum ko‘zi kechasi ochilgandek, 6u qonxo‘r jallodlarning ko‘zlari
ham kechada, ayniqsa yarim tundan o‘tganda ochilur edi. Ko‘p kishilar o‘z uyida
yotolmay, agar yotsa ko‘ngli tinchib uxlayolmay, bola-chaqalari bilan yurak o‘ynoqi
bo‘lgan holda kun o‘tkazmokda edilar. Yana bu inson vahshiylari nohaq, hech qanday
gunohsiz kishilarni zulm ostida dahshat vahshat bilan kechalab bosqonlariga qanoat
qilmay, ushlagan kishilarining qo‘l oyoqlariga og‘ir zanjir kishanlar solish, bularning
suygan odatlari edi.
Mana qarang, XX asrda insonlar huquqining oyoq osti qilinishini! Birinchi navbatda
ushlangan kishilar so‘nggida zulm haddan tashqari oshdi. Og‘ir kunlar, qo‘rqinchli tunlar
bilan uch to‘rt oylik qish o‘tib, ko‘klam kunlari yetkach, yana yangidan yangi qo‘rqinchli
ishlar, sovuq xabarlar eshitilgali turdi. Shundoqki, ikkinchi navbatda qamoqqa olinadigan
kishilar tizimi ichida mening ham borlig‘im ma’lum bo‘lmish edi. Shunga ko‘ra har bir
kechasi biz uchun tong otmaydigan uzundan uzun, g‘am qayg‘u tunlari bo‘lib, necha xil
qo‘rqinchli xayol uyqusi ostida ag‘anab yotib tong ottirmoqda edik. Chunki har kecha
ertalab turganimizda paloni palonilar bu bosqinchilar tomonidan hibsga olingan xabari
eshitilmoqda edi.
Shu hol bilan 6 10 kunlar o‘tgan so‘nggida, bir kecha yarim tun vaqtida, ko‘cha eshigi
taqillag‘ali turdi. O’g‘limni chaqirib: «Asilxon, och eshikni!», degan o‘zbeklar oqsoqoli
Sharop shangyuning (rais, mahalla raisi) dovushi eshitildi. «Hozir, ochqichni topay»,
degan bahona bilan o‘g‘lim yugurganicha kelib, menga xabar berdi. O’zim ham
tayyorlanib turgan edim. Tashqariga chiqsam havo o‘zgarib, qattiq bo‘ron yomg‘iri bo‘lib
turgan ekan. Dushmanga taslim bo‘lish uchun tavakkal qilib oldiga chiqay deb bir ikki