Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
 
 
DAHSHATLI KUNLAR 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Qizil sehrchilar qo‘li bilan yondirilgan fitna o‘tlari yana 
shularning qurol kuchlari orqali so‘ndirilib, 1934 yili o‘zlari tilaganlaricha Shing Duban 
hukumati qurildi. Ili viloyatiga voliy qilib Shing Duban o‘z qaynotasi Chusiling degan bir 
qari xitoyni G’uljaga yubordi. To‘qmoqdan borgan boylardan, asli Koshg‘arlik Olmosbek 
o‘g‘li Turdoxunbekni unga o‘rinbosar qildi. Lekin, Shing Duban hukumati har tomondan 
sovet siyosatiga bog‘langanliqdan butun ishlari sovet konsuli maslahati bilangina 
yurgazilmoqda edi. Chunki, yaponlar Manchjuriyani bosib olgach, Sharqiy Turkiston 
tomonga ko‘z solish xavfi tug‘ildi. Shunga ko‘ra, Sharqiy Turkiston o‘lkasiga yapon 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
askarlarini o‘tkazmaslik uchun, Shin Shisho qismog‘iga sovet tomonidan 20 ming 
chamali askar qo‘yilmish edi. Butun Sharqiy Turkiston, G’arbiy Turkistonga o‘xshab har 
yoqlama sovet siyosatiga o‘ralgan holda iqtisodiy ishlarini o‘z qo‘llariga olgan bo‘lsa 
ham, xitoy hukumatiga yaponga qarshi ittifoqdosh bo‘lganligidan qog‘oz ustida bu o‘lka 
Jungguning ayrilmas bir qismi hisoblanar edi. 
Shunday qilib, Sharqiy Turkiston Uyg‘uriston tuprog‘i Chanqayshi xitoy hukumatiga 
qaragan bo‘lsa ham, ostirtdan sovet Rusiyasi har tomonlama o‘z ta’siri ostiga olish 
uchun qattiq kirisha boshladi. Ayniqsa, bu o‘lkaning iqtisodiy ishlari butunlay Sovetga 
bog‘liq bo‘lgani uchun, tijorat ishlari to‘sqinlikka uchrab, bu sohada ko‘pchilik kishilar 
kasbdan ajrab, ishsiz qolishga to‘g‘ri keldi. Ma’lumdirki, qanchalik xalqaro iqtisodiy 
qismchilik ko‘payar ekan, shunchalik bular halokat tuzog‘iga yaqinlashadilar. 
Eshitar quloqqa yoqimlik olti shiorni oldiga otib, sovetning nayrangi bilan butun xalqni 
turlik o‘ying‘a o‘ynatqali turdi. Buning ustiga yaponlarga qarshi orqa safimizni 
mustahkamlab xitoy Chanqayshi hukumatiga yordam beramiz degan bahona bilan 
boylardan ko‘plab soliq ola boshladilar. Shunday qilib xalqni turlik yo‘llar bilan o‘ynatib, 
1937 yilga yetgach, o‘z rejasiga muvofiq birdaniga ish o‘zgarib, qish sovug‘i yanvar 
oyida G’ulja shahridan birinchi navbatda Turdoxunboy boshliq 30 dan ortiq kishi hech 
qanday sababsiz qamoqqa olindi. Shundoqki, oldinroq sovet konsuli tuzgan reja orqalik 
kerakli kishilar G’ulja voliysi Chusiling tomonidan majlisga chaqirildilar. Kechasi soat 12 
larda majlisdan qaytib kelayotganda tayyorlab qo‘yilgan to‘rt nafar qurollik xitoy askari 
ularning oldidan chiqa kelib, Turdoxunboyning mashinasini to‘xtatadi. Uning qishlik 
kiyimini yechintirib, bir qavat ko‘ylagi bilan o‘zini yolg‘iz qorong‘i podvalga qamab 
qo‘yadi. Boshqa qo‘lga olinganlarning ahvoli bu ishdan ochiq ma’lumdir. 
Yarim tunda hech narsadan xabarsiz yotgan oilasi ustiga bostirib kirib, yirqichlarcha 
dahshat solib, xotin, qiz, kelinlarining bo‘yn boshlaridagi butun ziynat asboblarini talab 
olib, o‘zlarini eski kiygiz to‘shaklari bilan qarshisidagi qaqshab, muzlab yotgan 
Axtamboyning quruq qo‘rosiga shu qahraton qishda haydab chiqarishadi. Eng achinarlisi 
shu ediki, Turd-xunboyning 20 yoshdan o‘tgan Nurtoy va 20 ga hali yetmagan 
Ahmadbek degan ikki gunohsiz o‘spirin o‘g‘lini, yotgan yerlaridan shunday sovuqda 
ko‘ylakchan haydab olib borib podvalga qamaganlar. Shu qamalganidan so‘ng bir necha 
oy vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, bular haqida hech qanday xabar topish imkoniyati yo‘q edi. 
O’zlaridan xabar olish buyoqda tursin, noz ne’mat vaqtida birga bo‘lgan, eng yaqin 
ko‘rgan oshno og‘aynilarining hech qaysilari, ularning och yalang‘och qolgan oilalari 
holidan xabar olishga ham jur’at qilolmadilar. 
Birinchi navbatda qamalgan kishilarning qo‘ra joy, mol-mulk, uy-ro‘zg‘or, jonliq jonsiz 
barcha narsalari olinib, bola chaqalari ko‘chaga haydab chiqarildi. Turdoxunboy inisi 
Qurbontoy qori, qulog‘i yo‘q hisobidan garang bo‘lgani uchun, davlat sherigi bo‘lsa ham, 
qo‘ra joy o‘z oldiga bo‘lib boshqa o‘ltirg‘anligi uchun unga tegmagan edilar. Vaqtida 
seldek kelgan, qaytarida yuz o‘girib quyundek ketayotqan davlatni qo‘li bilan to‘smoqchi 
bo‘lib, qo‘y desak unamay, chet yoqada qolgan mol dunyolaridan qisib qimtib 
yoshirincha olib qolmoqchi bo‘lib edi, Xitoy birdan ushlab, qo‘ra joy bilan borliq 
narsalarini yog‘u qilib, o‘zini qamab qo‘ydi. Bechora singlisi Toshxon xitoy 
amaldorlarining bo‘sag‘asiga bosh urib qatnayverishi natijasida 70 kun deganda 
Qurbontoy qori bo‘shanib chiqdi. 
B a y t: 
Davlat boshdan ketarda keng kiyiming tor bo‘lur,
Qo‘y degang‘a ko‘nmagan orachig‘a zor bo‘lur. 
Allohning amrini qilib, nahiydan qaytmagan kishilarni balodan kim qutqara olg‘usidir. 
Xdlol kasb bilan musulmon molini dunyolik, oxiratlik ofatlaridan omon saqlash uchun 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin