www.ziyouz.com kutubxonasi
89
sharafga ega bo‘lish demakdir.
Kishi o‘z maslagi ustida muqaddas vazifasini bajarish kabi ulug‘ xizmat yo‘lida ajal
o‘qiga uchrar ekan, himmat ahllari oldida, zolim yirtqichlarga qarshi shahodat o‘limidan
farqi yo‘qdir. Bu yo‘lda bo‘lgan musibat o‘zi uchun muborak sanalgan bo‘lsa ham, qolgan
maslakdoshlari uchun ancha ma’yuslik keltirmish edi. Shunday bo‘la turib, yana qarab
turolmay, G’ulja tomonda bo‘layotgan turlik makr hiylalik voqealarni, sovet Rusiyasining
tutgan siyosati, uning qurgan tuzoqlarini ochiq ko‘rsatib, buning butun choralari bilan
uzun bir bayonnoma yozib tayyorlamish edim. Biroq, o‘lka bo‘ylab mundayin olamon
o‘zgarish
tarqalayotgan og‘ir ahvolda, bunga qarshi kimning siyosat yurgazishini kuzatayotgan
sovet elchixonasi, o‘z iskovichlarini butun xalq ichida tarqatmish edi.
Islomiyat, balki butun insoniyat olamining ofati, kufr nifoq madaniyatining zaharlik mevasi hisoblangan kommunistlar bozori qanday yerda qizidi? So‘zga tushunmagan, hech narsa bilmagan, ayniqsa, yo‘qsullik kambagallikda yashayotgan gumroh, vatan, millat nima ekanligini bilmaydigan, ongsiz nodonlar ko‘p bo‘lsa, mana shular ichidagina rivojlanib, tezdan ishlari avj oldi. Shuning uchun Xitoy tuprogida to‘qayga o‘t ketgandek, boshqa yerga ko‘ra tezroq ko‘tarilib, butun mamlakat bo‘ylab o‘z hokimiyatlarini o‘rnashtirib oldilar. Bunday inqilob kunlarida o‘z ishlarini amalga oshirish uchun to‘sqinlik qilguchilar oldida, och qolgan yirtqich hayvonlardek, tishlarini qayrab, hujumga tayyor turardilar. Agar xudo saqlamagan bo‘lsa, shu kabi ko‘rqinch kunlari yonib turgan ulug‘ o‘tga bir
chelak suv sepgandek qilgan ishlarim, o‘zim uchun halokatlik bo‘lishi shubhasiz edi. Shu
sababli, bir necha kun mashaqqatlar chekib, tayyor qilgan bayonnomani qanday qilib
yuborish ilojini topolmay, axiri kuydirib tashlashga majbur bo‘ddim. Chunki qatnov
yo‘llari otchi eshakchi karvonlaridan boshqalarga yasaq qilinmish edi. Bularni ham har
bir to‘squl (to‘silgan, post qo‘yilgan) yerlarda qattiq tintuv axtarish bilan o‘tkazmokda
edilar. Shunga ko‘ra, nochor, taqdirga tan qo‘yib, yozmishni kutib turmoqdan boshqa
chora topolmay, qarab qoldik.
B a y t: Qo‘lg‘a kelmas ishlaring hargiz sharoit bo‘lmasa, Qancha qilsang jon fidolik, foydasizdur ishlaring. Endi so‘zni yana Gasilingdan boshlaymiz. Kuchar shahridan qochib chiqishgan
Xo‘janiyoz bilan Momutsiling Oqsuv shahriga kelganlarida, shahar hokimi bo‘lib turgan
Baysijang bularga qarshi chiqib kutib olgan bo‘lsa ham, yana o‘rtalarida birlik ittifoqlari
yo‘q edi. Chunki Urumchidagi Jang Jun hukumati yiqilgan kundan boshlab, har bir
shaharda qo‘zg‘olon ko‘tarilmish edi. Oqsuvliklar esa, hukumat shahri bo‘lgan Osuq
qo‘rg‘oniga hujum qilishib, undagi borliq xitoylarni o‘ldirishgan so‘nggida, qo‘zg‘olon
qahramoni Boysijangni o‘zlariga hokim qilib olmish edilar. Shuning uchun bu
qorabotirning ko‘ngliga ham amirlik havasi tushmish edi. Buning ustiga Oqsuvlik ongsiz
odamlar hamda atrofdagi xalq ichida, bu odamning obro‘yi oshib, hurmati bek
ko‘tarilmish edi.
Buni ko‘rgan amalparast qorabotirlarning hasadlari qo‘zg‘alib, u bilan hech bir ishda
kelisholmadilar. Balki, Boysijangning har qanday bo‘lsa ham, islom ittifoqi qurilishiga
ko‘ngli borligi yozilgach, inson iblislari tarafidan uning chorasi ko‘rilmish edi. Shunga
ko‘ra tungonlarga qarshi Oqsuv ustida bo‘lgan otishmada orqadan otilgan o‘q bilan
o‘ldirilmishdir. Bu kimning tomonidan otilganligi ma’lum bo‘lmasa ham, ko‘pchilik xalq
bu xiyonatni Xo‘janiyozdan ko‘radilar. Shuning uchun yana o‘zaro ittifoqlari buzulib,
Oqsuv urushida o‘zlariga ko‘ra bir hovuch kelmaydigan tungon askarlaridan qattiq
yengilgach, Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlari bilan Koshg‘arga qarab chekinmish edilar.