www.ziyouz.com kutubxonasi
86
eshakchilarga qo‘shilib, muz dovon orqali Oltishahar tomonga o‘tib, u yoqdan boshqa
tomonga ketmoqchi bo‘ldik. Lekin safar jamol-g‘amiz tayyor bo‘lguncha, sirimiz yoshirin
tutinganlikdan uy oila, yor do‘stlarimizning bu ishdan xabarlari yo‘q edi. Yo‘lga
chiqishimizdan ikki uch kun ilgari oilalarimiz va boshqa og‘ayni tuqqanlarimiz xabar
topishib, hammalari yig‘i sig‘i qilg‘ali turdilar. Kechagina suyuklik ona Vatanimizdan,
urug‘-aymoq, elyurtimizdan majburiyat orqasida ajrashib, to‘kilgan chochilgan holda yot
el, yot yerlarga kelgan edik. O’zimiz olgan jabr jafo jarohatlarimiz, firoq kunlaridan
estalik qolgan ko‘ngil dog‘larimiz hali sog‘ayib ketmagan edi. Buning ustiga hayot
olamida eng oz uchraydigan bu kabi bir ulug‘ voqea yana boshimizga tushdi.
Xudo rahmat qilsin, Muhammadyorning (Alixonto‘raning o‘g‘li) ayasi: «Sizni qarab
turib dushmanlar qo‘lida ko‘rganimizdan, Alloh omonatiga topshirganimiz yaxshiroq,
xudo bu-yurganicha, kundalik kunimizni ko‘rarmiz», degan bo‘lsa ham, qizimiz Aziz
poshsho: «Kechagina biz kelib, bugun Sizdan tiriklay ajrab qolsak bunga qandoq
chidag‘ali bo‘lur. Jo‘jalardek yosh bolalar ichida biz nima qilamiz», deb qayg‘ulik ko‘z
yoshini to‘kkali turdi. Buning ta’siridan otalik mehrim qo‘zg‘alib bormasga va’da berib,
ko‘ngillarini tinchitdim.
Endi ikki og‘iz so‘zni Gasiling ustidan aytishga to‘g‘ri keladi. Shundoqki, bu qahramon
Urumchiga yaqin Qutubiy, Sanjiy qayrag‘achlig‘ida 40 kunga yaqin jon-fidolik bilan sovet
askarlariga qarshi turgan bo‘lsa ham, g‘alaba asbobi dushman qo‘lida bo‘lgach, nochor
orqaga chekinmish edi. Qur’on ko‘targan, va’daga vafo qilmagan qora johil Xo‘janiyozga
yarashmoq uchun yana bir martaba elchi yuborib qarasa ham, ul qabul qilmagach: «Hay
bu kofir kishisi ekan», deb unga qarshi hujum boshlamishdur. Birinchi hujumdayoq,
bosh-oyoqqa qaramay, Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlari boshalamon bo‘lib, Kuchar
tomonga qarab qochgali turdi. Gasiling ersa askarlariga qo‘monda berib, orqadan
quvlaganicha iz bosa yurib o‘ltirmishdur.
Buni ko‘rgan qizil sehrchilar, bu ishni bo‘ldirish uchun necha oylab ilgari qurgan
rejalari to‘g‘ri chiqqach, bu haqdagi maqsadlarini tezroq qo‘lga keltirish chorasiga qattiq
kirishkali turdi. Shundoqki, fitna oloviga alanga berish uchun tili bir, dili boshqa vijdonsiz
bir necha munofiqlar doim Xo‘janiyoz askarlari ichida topshiriq xizmatlarini bajarmoqda
edi. Shunga ko‘ra, bu qora johillar Kuchar shahriga kirganda, uzundan beri bu yerda
turgan, jallodlar qo‘lidan qochib jiloy (Vatanidan haydalgan) vatan bo‘lgan, namanganlik
do‘stimiz Mahammadxon mahsum o‘zi ish ko‘rgan, hamma narsaga tushungan kishi edi.
Musulmonlarning o‘zaro birlik ittifoqlari buzulg‘anligini ko‘rgach, buni isloh qilmoqchi
bo‘lib, Momutsiling oldiga kelmishdur.
Bilganicha nasihat yuzasidan har yoqlama so‘zlar keltirib: «Qur’on hukmicha, birlik ittifoqlik musulmonlarga farz bo‘lmishdur. Turkiston musulmonlari ustiga ilgari keyin barcha ofat balolar esa shu ittifoqsizlik shumligidan boshimizga keldi. Ilgaridan beri uygur o‘zbek musulmonlari qon qarindosh va din-qarindosh bo‘lganligimiz uchun, har davrning achchiq chuchugini, mehnat mashaqqatlarini birga o‘rtoqlashib tortishgandurmiz. O’z vaqtida ilm markazi bo‘lib quvvati islom atalgan Buxoro, yetti iqlimga ega bo‘lgan Amir Temur poytaxti Samarqand, bundan boshqa Fargona va butun Turkiston musulmonlari dinsiz bosqinchilarning zulmi ostida, molmulkidan, dunyolaridan ajragan holda kuyib, kullari ko‘kka sovrilmoqdadur. Bu din dushmanlari kofirlar, ayniqsa, inson olamining ogusi fitna fasod, madaniy makr hiyla kor bol’sheviklar Turkiston musulmonlarini insoniy huquqlaridan butunlay ajratib, hayvonlar qatorida erksiz majburiy ishlatayotganligini ko‘rgan bilganlardan eshitgandursiz. Bizga o‘xshash o‘z vatanlaridan judo bo‘lgan qochqunlar atrofingizda uymalanishimizdan biror yaxshilik chiqarmu degan umid bilan termulib turibmiz. Endi bu ishning birdan bir chorasi shulki, Gasiling bilan kelishib, butun musulmonlar bir ittifoqda