Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
hoqonlar kabi Oqsaroy, Ko‘ksaroy yasatib, unda taxt qurib o‘ltirmasdan, ilgarigi 
ko‘chmanchi turklar odaticha, kiygizdan yasalgan oq o‘tovlarda O’rdu qurib o‘ltirmish 
edilar. 
Yozgi, kun isigan chog‘lari hashamatlik Oq o‘rdularini Xontangri (Hozirgi Boroxoro tog‘ 
tizmalari) tog‘larining keng yaylovlariga ko‘chirgan bo‘lsalar ham, qish kunlarini shu 
poytaxt Olmalig‘ning oddiy uylarida kechirish ularning odatlari edi. Shuning uchun 
Qo‘rg‘osdagi To‘g‘luq Temurxon qabri ustiga yasalgan peshtaxtadan boshqa, eskilik 
asarlaridan ko‘zga ko‘ringudek narsa yo‘kdur. G’uljadan 20 chaqirimcha janubiy kun 
chiqish tomonidagi qamishlik to‘qay ichida aylanasi 15 20 gektar kelgudek 5 6 yasama 
ko‘llarning o‘rni ko‘rinib turadi. Bular esa o‘z davrida o‘tgan turk, mo‘g‘ul xonlari 
tomonidan qazdirilmish ekandur. G’oz, o‘rdak kabi turlik suvsar ov qushlari suvga 
tushganda ko‘l aylana chopishib, xonlar zamonlariga ko‘ra eng qizg‘in ko‘ringan shikor 
ovi o‘tkazar ekanlar. G’uljada marhum Saidhoji og‘aynimiz mehmon chaqirib, uyiga 
chiqqanimizda Qoynuq tomonidagi eskidan qolgan Oltunliq harobalarini, yuqorida 
yozilgan suvsar ko‘llarini ko‘rib, ulardan anchagina tarixiy ma’lumotlar olib, yaxshi 
ta’sirlanmish edim. 
«Fasiyruv fil ardi fanzuruv osorolloh», ya’ni «Yer aylanib sayohatp hilinglar, unda 
uchragan narsalarga ibratp ko‘zi bilan qarab foydalaninglar», degan Qur’on amricha, 
himmatplik ilm egalari, millatpsevar Vatpan o‘gillari imkoniyatp boricha ichki tpashqi, 
ayniqsa, xorijiy mamlakatplarni sayr sayohat qilib, ulardan har yoqlama ibratp olishlari, 
albatta, lozimdur. Boshqalarni ko‘rib uygonmoq, ulardan ulgu olib himmatplari qo‘zjlmoq 
kabi ishlar esa, insoniyatp olamida bo‘lish imkoniyatpi bordur. Ammo sovetp tpuprogida 
yashovchi erksiz insonlar bu kabi ulug ne’matplardan mahrum. Davlatp josuslaridan 
boshqa hech kimga chiqish ruxsatp etpilmaydi. 
Yana bu o‘lkaning irmog‘i hisoblangan Ili daryosi esa, suv ko‘paygan kunlarida 
Sirdaryo cho‘nglig‘icha bo‘lib, boshqa vaqtlarda ham undan kemasiz o‘tish mumkun 
emasdur. Bu suvning boshi uch orolga bo‘lingan bo‘lib, birinchisi Tekas tog‘lari, 
G’uljaning janub tomonida; ikkinchisi Kunas, to‘g‘ri sharkda; uchinchisi Qosh, sharq-
shimoldadir. Shu uch orol tog‘laridan to‘kilgan uch irmoq qo‘shilg‘ach, Ili daryosi hosil 
bo‘ladi va to‘g‘ri g‘arbga qarab oqqan holda Bolqash ko‘liga quyiladi. 
Jahongir Chingiz davridan boshlangan davlat egalariga Ili o‘lkasi, Olmalig‘ shahri 
markaz poytaxt bo‘lgani uchun, u hoqon avlodlari davrida bu joyda atrofdan kelgan 
islom ulamolari ham oz emas edi. Ayniqsa, Chig‘atoy bahodir o‘zi islom diniga kirmagan 
bo‘lsa ham, uni yaxshi ko‘rganlikdan boshqalarga to‘sqinlik qilmagan, uzoq yaqindan 
keluvchi ulamolarga hurmat ko‘rsatilar edi. Shuning uchun «yaxshilar siylangan yerda 
yig‘iladi» deganday, atrofdan kelgan olimlarga Olmalig‘ shahri markaz hisoblanmish edi. 
G’uljaning g‘arbiy janubida «Xo‘nuqoy mozor» degan qishloq bo‘lib, mashhur imom 
Sakkokiy qabri shu yerda deb onglamish edim. Bu kishining vafoti 626chi hijriyada 
bo‘lganiga ko‘ra, Chig‘atoy bahodir davriga to‘g‘ri keladi. Yana bolosog‘unlik «Suroh» 
tarixiy asar egasi Jamol Qarshiy Olmalig‘ xoni saroyida ilmiy xizmat ko‘rsatib turganini 
o‘z sayohatnoma kitobida yozmishdur. 
Yalpi Ili tuprog‘i esa, har turlik dehqonchilik, chorvachilik ishlariga to‘lig‘i bilan el 
berishlikdur. Ayniqsa, bug‘doy ekinida eng bo‘lig‘i birga yuz yigirma keltirganini o‘z 
ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Olmalig‘ atroflari egizligi Himolay tog‘laridan keyingi Tyan-Shan, 
Xontangri ulug‘ tog‘lari bilan o‘ralg‘anliqdan, dunyo bo‘yicha kenglikda birinchi otalgan 
Yulduz, Qunduz, Kunas uning uzoq yaylovlari hisoblanadi. Shu kabi Tekas, To‘qqiztara, 
Muhurjirg‘alan, Ko‘kyaylov, To‘rayaylov degan ko‘rsa ko‘z yayraydigan yerlar esa
Olmalig‘ atrofini o‘ragan yaqin tog‘ yaylovlaridir. 
Tarixlarda turk beshigi atalgan Bolosog‘un, Issiqqo‘lning tog‘larida So‘ngko‘l, 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin