Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
 
 
G’ULJA SHAHRI 
Endi zolimlardan qochgan kunlarimizda biz uchun vaqtlik bo‘lsa ham boshpana 
bo‘lgan G’ulja shahri, Ili o‘lkasi ustida oz ko‘p tarixiy ma’lumot berib o‘tishni loyiq 
topdim. Hamma yoqqa oti chiqqan shu kungi G’ulja shahrining birinchi binosi, u yerlarni 
Xitoy xonligi manjurlar bosib olish davrida tiklanmishdur. Undan oldin, Chingiz 
chiqishidan taxminan yuz yilcha ilgari, shimoliy Xitoyda inqilob qilib qo‘zg‘olon 
ko‘targanlar mag‘lubiyatga uchragan so‘nggida Gurxon degan boshchisi o‘ziga tobun 
kishilari bilan to‘g‘ri g‘arbga qarab chekinmish edi. Ili o‘lkasiga kelgach, bu yerning suvi 
mo‘l, havosi kelishgan, atrofi kengligini ko‘rib, yana Markaziy Xitoy O’rta Osiyo ulug‘ yo‘li 
ustiga tushganligidan, har tomonlama uning ahamiyatini tushunib, shu yerda Ilixo 
shahrini qurishga kirishadi. So‘ngra Amudaryo bo‘yidan boshlab G’arbiy, Sharqiy 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Turkiston, Farg‘ona mamlakatlarini qo‘lga kelturgach, O’rta Osiyoga podshoh bo‘lib, bu 
yerlarda sakson necha yil saltanat surmishdur. Buning davlati zavol topib Ilixo
Bolosog‘un shaharlarining paydo bo‘lish voqealari esa, bu kitob boshida yozilgan edi. 
Shuning uchun bu o‘rinda qaytarishni lozim topmadim. 
Gurxon davlatchiligi zavol topib, taxminan qirq necha yil o‘tgan so‘nggida, butun 
dunyoni titratgan Chingiz dahshati boshlanib, jahon chopuli natijasida olgan 
mamlakatlarini to‘rt o‘g‘liga bo‘lib, taqsim qilmish edi. Hozirgi O’zbekiston, Sharqiy 
Turkiston bilan o‘rtancha o‘g‘li Chig‘atoy bahodirga berilmishdur. Ilgargi Turkiston odati 
bo‘yicha, Chig‘atoy bahodirning saltanat taxtiga birinchi o‘ltirishi qoraxoniylar poytaxti 
Talas (Jambul) shahrida bo‘lgan. Keyinchalik uni Ili o‘lkasiga ko‘chirib, shu kungi G’ulja 
shahridan sakson chaqirimcha bo‘lgan «Qo‘rg‘os mozor» deb atalgan Olmalig‘ shahrini 
poytaxt qilmishdur. Mana shu kundan boshlab, Olmalig‘ shahri Chig‘atoy xonlariga 
poytaxt bo‘lib keldi. Bu oila hukmdorlarining eng so‘nggisi To‘g‘luq Temurxon vafot 
topgach, uni shu yerga qo‘ydilar. Lekin bu kunlarda Olmalig‘ degan eski oti unutilib, 
Qo‘rg‘os mozor deb atalmishdur. 1945 yili topilgan oltin kumush tanga aqchalarida arab 
harflari bilan «Zar Olmalig‘» deb yozilgan so‘zlarni o‘zim o‘qimish edim. 
Hijriy 762 da chingiziylardan Olmalig‘dagi To‘g‘luq Temurxon butun Turon Turkiston 
o‘lkasini o‘ziga qabul qilgan so‘nggida, o‘g‘li Ilyosxo‘jani ularga xon, Temur sultonni unga 
vazir belgilab, o‘zi esa poytaxti Olmalig‘ga qaytmish edi. Shahar noz ne’matlarini 
tatishmagan, turmush madaniyatidan yangigina bahra ola boshlagan, xonlari boshliq 
Chiyna amirlari birdaniga Turon kabi jannat misollik joylarga ega bo‘lganliklaridan har 
tomonlama maishatga berilib, o‘zlarini to‘g‘ri tutolmadilar. Buning ustiga xon bo‘lmish 
Ilyosxo‘ja bir mamlakatni boshqara bilgudek aql siyosati bor, ishga yaramlik kishi emas 
edi. Xaiqarlik xonlari o‘zlariga qo‘shilib yordamchilari bo‘lgach, 
unga suyanishib, kishi aytishga jirkanarlik zulm, xiyonat ishlarini qilishga kirishdilar. 
Biroq ulug‘ xon tomonidan vazirlik mansabi berilgan sulton Temur yoshligidan tortib 
diyonatparvar, adolatsevar bo‘lgani uchun qattiqqo‘llik bilan ularni bu zulmlaridan 
qaytarishga turdi. Temur sultonning insonparvarlik bilan qilgan bu ishiga u axmoq 
zolimlar chidayolmay, uning ustidan yo‘q tuhmatlar qilishib, «Temurning bizga 
bo‘ysung‘usi kelmaydi, ko‘p ishlarda bizga to‘sqinlik qiladi, u o‘zi xon bo‘lg‘usi bor, butun 
mamlakat xalqi uni yaxshi ko‘rib yoqlaydilar. Ulug‘ xonning kichik xon yorliqlariga 
e’tibori kam bo‘lganligi sababli bizning ishlarimiz ko‘p olg‘a ketmayapti», deyishib, 
shunga o‘xshash, xonning g‘azabini qo‘zg‘aydigan so‘zlar yozilgan holda poytaxt 
Olmalig‘ga arz tushirmish edilar. Buni ko‘rgach, To‘g‘luq Temurxon sharqdagi chingiziy 
xonlari ichida birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan dindor, aqllik kishi bo‘lsa ham, O’rta 
Osiyo xonligini qo‘ldan chiqarmaslik uchun, aqlga qarshi o‘laroq, Temur sultonning 
o‘limiga buyruq yuboradi. 
Bu xat yangidan ish boshlagan Temur sulton qo‘liga tushib qoladi. Buning ustiga 
vahshiyona ravishda qili-nayotgan mo‘g‘ullar zulmiga chidayolmay butun Buxoro, 
Farg‘ona ulamoyu mashoyixlari: «Agar bizlarni Tarag‘ay bahodir o‘g‘li Temur mo‘g‘ullar 
zulmidan qutqarar ekan, biz uning boshiga toj qo‘ndirib, oltin taxtga mindirgan holda 
o‘zimizga shar’iy podshoh ko‘taramiz», degan butun xalq tilidan shar’iy fatvo chiqarib, 
Temur sultonga topshirmish edilar. 
Bunga ko‘ra bu jahon qahramoni, islom olamining ulug‘ qo‘mondoni, butkul turk 
ulusining faxrlanarlik buyuk sultoni, Qur’ondagi «Allohga va uning payg‘ambari 
Muhammadga va ham o‘zinglardan bo‘lgan podshohlarga itoat qilinglar», degan Alloh 
hukmicha, Turkiston va boshqa bo‘ysung‘an mamlakatlarga haqiqiy shar’iy va qonuniy 
podshoh ekanligi shak shubhasizdir. Buyuk voqealar orqalik bu qahramonning butun 
olamga atog‘i chiqib, dong‘i ko‘tarilib, butun dunyo xalqi tillarida uning tarixi doston 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin