www.ziyouz.com kutubxonasi
70
To‘qmoqlik, qorako‘llik ko‘rib, bilib yurishgan o‘z og‘aynilarimiz ekanlar. Kishi tang
qolurlik ishdurkim, mening to‘g‘rimda qayg‘urishib, so‘zlashib o‘ltirishgan vaqtlarida
so‘zlari hali tugamay turib, ustilariga kelgan ekanmiz. Meni ko‘rgach, barilari hojidan
kelgan otalarini ko‘rganday bo‘lib quvonishib ketdilar. Ayniqsa qorako‘llik uyg‘urlardan
Ibrohimoxun oqtosma, yana birovi oti esimdan chiqmish, otushlik savdogar yigit. Bu esa
To‘qmokda turgan chog‘ida kezik kasaliga mubtalo bo‘lgan va mening tajribam sababli
shifo topgan ekan. Boshimda eski quloqchin (telpak), usti boshim harob, oyog‘imda
ishlamchi (ishchi) etigi. Meni bu holda ko‘rgach, ichlari og‘riganlikdan ko‘ngillari
qayg‘urib, ko‘zlari yoshlanmish edi.
Ko‘rishmagan, quloq oshiq do‘stlarimiz har yerda ko‘p bo‘lgani uchun, mening
kelganim bularga bayram kunlaridek ko‘rinib, tuqqan bilganlar uzoq yaqindan hafta o‘n
kunlab uzilmay kelgali turishdi. Uch kun o‘tmay turib, bosh oyoq kiyim kechaklarimiz
yangilanib, yor do‘stlarimiz tomonidan ziyofat chaqiriqlari boshlangani turdi. Shu yer
odati bo‘yicha Turdoxunbek boshlab bizning hurmatimizga butun G’ulja boy
savdogarlarini, qozi, muftiy a’lam, oxunlari boshliq ko‘zga ko‘rinarli kishilarni chaqirib,
bir ulug‘ ziyofat o‘tkazdi. Buning tuganchisida boshi kimxap to‘n, oyog‘i toza narsadan
ko‘ynak ishton, to‘qqiz kiyimlik bir bo‘g‘chaga (tugin) tugilgan, ustiga ot tuyog‘iday
yombu (quyma oltin) qo‘yilgan tortuqni xalq ko‘zida keltirib, mening oldimga qo‘ydi. Shu
bilan birga boylar orasida ziyofat boshlanib ketib, yana bir ikki joylarda yombusi bilan
to‘qqizlangan tortuqlari bo‘ldi.
Lekin, oylarcha, balki yillarcha davom etgan shu kabi katta ziyofatlarda ko‘rgan
hurmat, siy sifatlar ko‘nglimdagi dardlik jarohatlarimga shifo berish emas, tuz
qo‘ygandek bo‘lib sezilmokda edi. Chunki, katta kichik boy savdogarlar, muftiy a’lam,
oxunlar boshliq butun xalq g‘aflat uyqusida yotgan, jaholat balchig‘iga butunlay botgan
edilar. Buning ustiga iqtisodiy tuzoq qopqonlari har qadamda, halokat chuqurlari
pardalangan holda har yerda qazilmish edi. Hech qaysilari bunga parvo qilmasdan, bular
atrofida parvonadek jon qurbon edilar. Ayniqsa, bular ovuni ko‘rgan, tuzoqlariga tushib,
uzishib qochgan, boy savdogarlarning ko‘ra bila turib qilayotgan ishlariga qarab:
«Ko‘rgiligi bo‘lsa ko‘zi ko‘r bo‘lar ekan», deyishga majbur edim. Shundoq bo‘lsa ham
og‘ir kunlarimda ko‘nglimni ko‘tarib, men uchun xizmat ko‘rsatgan do‘stlarimni Alloh
rahmat qilsin! Bu voqeadan 37 yil o‘tgan so‘nggida, bu tarix yozilayotganida, yuqorida
aytilmish ahboblarimizdan ikki uch kishigina qolib, boshqalarining esa hayot olamidan
ko‘zlari yumilmishdir. Uz vaqtida ularga yordamim yetmagan bo‘lsa ham, ruhlariga
fotiha o‘qib, qilgan yaxshiliklarini unutmaganligimdan tarix yuzida eskarib, 6u o‘rinda
yozdim.