Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
bo‘lgandur. O’zining kimligini tanitib, uning kim ekanligini bildiruvchi turkiy tilida o‘zi 
yozgan «Temur tuzuklari» va boshqa qonunnoma asarlari esa bu qahramonning 
qandayin ulug‘ dohiy ekanligi uchun, eng kuchlik guvohlardir. Shunday bo‘lg‘ach, qaysi 
bir kishiligi yo‘q, o‘z sharafini bilmagan, bu gavharni qora toshdan ajrata olmagan olchoq 
odamlar, madaniyat tashlandiqlari, insofsiz yolg‘onchi yaloqchilar, o‘zlarining iflos ta’na 
tillarini bu qahramonga tekkizib, unga ziyon yetkiza oladilar?! 
B a y t: 
Jarqanoq yo‘q der ekan yog‘du quyoshning nurini,
Qancha ko‘p aytganlaridan nuri kam bo‘lmas quyosh.
Ko‘rlar bozorida yo‘qdir so‘rovchi surmani
Dardi yo‘qlardin topilmas ko‘zlarida tomchi yosh. 
Aslida javhar ko‘ran ermas ekandur har kishi,
Qayda bilgay parqini gavharmidur yo qora tosh.
Ilmu hikmat durlarini sochma nokas oldida,
Kirma, ul majlisgakim, iflos oyog‘lar bo‘lsa bosh. 
Gul hidi sassiq emish o‘sroq qo‘ng‘izlar burniga,
So‘zi sassiqdan yiroq yur, xoh qaridur, xohi yosh.
Uzma umidni Sog‘uniy, yetkazur Tangrim sani
Tarqalur olam aro bir kun haqiqat bo‘lsa fosh. 
Ilgari keyin mening bu kitobimni o‘quvchilarga ma’lum bo‘lg‘aykim, Temur sultonni 
yoqlab yuqoridagi so‘zlarni yozishimning sababi shulki, jahongirlar boshlig‘i qahramon 
Temur sulton 36 yillik saltanat davrida, qisqacha bo‘lsa ham qondurg‘udek o‘z tarjimai 
holini yozmish ekan; unga qo‘shimcha qilib davlat tutish tartiblari, askariy yasoqintizom 
qonunlari to‘plamini ham yozib, uni «Temur tuzuklari» deb atamishdir. Temur tomonidan 
yozilgan bu asar, aslida, o‘z tili turkcha yozilgan bo‘lsa ham, so‘nggi Bobur avlodi 
zamonlarida forschaga tarjima bo‘lmishdir. Bu «oltin kitob» o‘z zamonasiga ko‘ra 
siyosiy, harbiy yasoqlar qonunnomasi bo‘lganliqdan, Temur shahzodalari uni 
qizg‘anishib, yoshirib saqlamish edilar. Taxt talashgan shayboniylar temuriylarni 
yengandan keyin, mirza Bobur podshohlikdan ajrab, xazinalarini tashlab qochgan bo‘lsa 
ham, unga rahmatlar bo‘lsin, bu kitobni u dushman qo‘lida qoddirmay olib ketmish ekan. 
Biroq Hindistonda uzun yillar davlat tutgan
uning nabiralari turk tilini unutib, majburiy 
ravishda urdu, forsiy tillik bo‘lganliklari uchun bobolari Temur sulton asari «Temur 
tuzuklari»dan foydalanmay qolmish edilar. Shunga ko‘ra, bu kitobni u avloddan qaysi 
birovi ekan, forschaga tarjima qilishga buyurmish edi. 
Bu gavhar kitob ilk vaqtida yoshirin saqlanib, so‘nggi kunlari esa forscha bo‘lib qolgani 
uchun, shu kunlargacha o‘z ulusi, o‘z merosxo‘rlari undan foydalanishi buyon tursin, 
balki, Temurning bunday kitob yozganligini, ba’zi haqiqiy tarixchilardan boshqa, hech 
kim bilmagan edi. Mana shundan foydalangan dushmanlar va ham ularning yaloqchilari 
bu jahon qahramoni haqida har turlik aqldan tashqari nohaq tuhmat so‘zlar yozib, 
matbuot orqali butun xalq ichiga tarqatmish edilar. O’z tarixini tanimaganlikdan bularga 
qo‘shilganlar orasida o‘z sharafini bilmagan, olimsifat yerlik axmoqlar ham oz emas edi. 
Shunga ko‘ra «Temur tuzuklari» nomli bu qahramon asarni qo‘lga keltirib, 1962 yili 
forschadan o‘z tili turkchaga tarjima qildim. 1967 yili O’zbekistonda yangidan chiqa 
boshlagan «Guliston» jurnalida bosilib, butun O’zbekiston xalqiga tarqalgach, o‘z tarixini 
tushunmagan Tojikiston «olimlari» atalmish kishilar tomonidan tarjima ustida va ham 
Temur sulton haqida nohaq hujumlar boshlangan edi. Unga qarshi biz ham suyakka 
sanchilg‘udek aqliy va naqliy dalillar bilan javob qaytarib, hammani qanoatlantirgan 
so‘nggidagina, ularning eshaklari loyga botib, o‘zlari taslim bo‘ldilar. O’sha botqaq 
o‘ylarida o‘zlari tutqaloqdan tollaslayotqan chog‘larida, shu yozayotgan «Turkiston 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin