Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
qayg‘usi» tarixi voqealari Temur ustiga yetgach, u adabsizlarning ahmoqona so‘zlarini 
eskarib, o‘quvchilarni shubhadan chiqarish uchun bu o‘rinda yozdim. Tarix yozuvchilar 
yaxshi yomon, bo‘lgan o‘tgan voqealarni bo‘lganicha-boricha haqiqati bilan yozib 
qoldirishlari ularning o‘z vazifalari bo‘lganliqdan, bu ham foydadan holi bo‘lmasa kerak. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Temur sultonning ulug‘ himmati, uning 
chekinmas chidami orqalik butun Turon Turkiston musulmonlari mo‘g‘ullar zulmidan 
qutulgan bo‘lsalar ham, ikkinchi bu tomonlardan umidlari uzilishi uchun qochganlar 
orqasidan taqamish qilib quvlagani turdi. Tolas, Merki, Ashmara orqali o‘tkazib, shu 
surganicha Issiqko‘l, Qorako‘l, Qarqara yo‘llari bilan Tekasga tushdi. Bu yerdan 
quvlaganicha Oqsuv, Ko‘ksuv, Ag‘iyoz oshuvlaridan oshib, mo‘g‘ullar orqasidan yurib 
o‘ltirib, ulug‘ Yulduz yayloviga yetib to‘xtadi. Qarasa, qochgan mo‘g‘ullar bu yerda ham 
turisholmasdan, Ilyosxo‘ja askarlari tushtushga tarqalib qochmish edilar. Buni 
anglag‘ach, nabirasi Mirzo Ulug‘bek qo‘mondasida 10 ming askar tayinlab, Oltoy 
tomonga qochgan Ilyosxo‘ja o‘g‘li O’g‘lonxon ortidan quvg‘in qildi. Qochganlar esa, 
tiniqqan ot minganlari uchun quvlovchilarni yetkazmay, Irtish suvidan o‘tib ketdilar. 
Bular ortidan yuraverish xatarlik bo‘lganlikdan, Mirzo Ulug‘bek shu yerdan qaytib 
Yulduzga keldi. 
Bu ulug‘ yaylovda eruv qilib, qirq kun o‘tkuzganlaricha qochgan, pisgan mo‘g‘ullar har 
tomondan to‘p-to‘p bo‘lib kelishib, o‘z odatlaricha bosh qo‘yib, tiz bukib, barilari qullik 
bildirdilar. Shu bilan dushmani yengilib, butun ishlar o‘z o‘rnida bajarilib ko‘ngli 
tinchigach, zafar bayrog‘ini ko‘targanicha shon-shavkat bilan xon o‘rdusi, To‘g‘luq 
Temurxon poytaxti Olmalig‘ga qarab qaytdi. 
Jahongir Chingiz o‘rdusi birinchi qurilishida shu kungi qizil Mo‘g‘uliston markazi 
hisoblangan O’lan Botir yaqinidagi Qoruqurum degan joyda qurilmish ekandur. So‘ngra, 
bu avloddan qaysi birlari tomonidan u yerdan ko‘chirilib, G’ulja shahri boshida, hozirgi 
Qo‘rg‘os atalgan Olmalig‘ga keltirilmish edi. O’sha kundan boshlab, Temur sulton davriga 
kelguncha, butun Turon Turkiston mamlakatlariga markaz bo‘lib, mo‘g‘ul xonlari buyruq 
yorliqlarini ot ulov choparchilari orqali shu yerdan yuborib turdilar. O’tgan xonlar urug‘ 
aymog‘lari, ularning eng so‘nggisi To‘g‘luq Temurxon oilasi bilan butun davlat 
arboblarining qochmay qolganlari shu yerda edilar. Xazina dafina, turlik asbob uskunalar 
o‘z vaqtida Markaziy Xitoydan keltirilgan oq tosh, ko‘k toshlar kabi xitoy, mo‘g‘ul 
hoqonlaridan qolgan taxt toshlari, bulardan boshqa butun mamlakatlardan jahongir 
Chingiz davrida va undan keyingi vaqtda ham talab tortib kelturilgan turlik narsalarning 
qoldiqlari shu Olmalig‘dagi xon saroyi xazinasida to‘planmish edi. 
Temur sulton dushmanlarini tor mor qilib, g‘olibiyat bayrog‘ini ko‘kka ko‘targan holda 
shon sharaf bilan Olmalig‘ xon o‘rdusiga kelib tushdi. Bu yerga kelgach, birinchidan, 
mo‘g‘ullar ichida o‘z o‘rnini mustahkamlash, ikkinchidan, «Xonlar Chingiz avlodidan 
bo‘ladi», degan butun turk uluslari oldida buzilmas qonun hukmini olgan so‘z kuchini 
yumshatish uchun, To‘g‘luq Temurxonning bekachasini shonliq to‘y tomoshalar o‘tkazib, 
o‘z nikohiga oladi. Uning o‘z o‘rnida qilgan shu tadbiri bilan mo‘g‘ullar dushmanliklari 
do‘stlikka aylanib, xon qizini olgani uchun Temur sultonni «Ko‘ragon» deb ataydilarki
mo‘g‘ulcha kuyov demakdir. Shu bilan uzun yillardan beri yig‘ilib yotgan Olmalig‘ 
xazinasini yig‘ishtirgan so‘nggida, yangi xonim Turkon og‘achani sep sedri, zebziynatlari 
bilan poytaxt Samarqandga olib qaytmoqchi bo‘ladilar. Butun dunyoga otag‘i chiqqan 
jahongir Chingizxonning nabirasi, ulug‘ hoqon To‘g‘luq Temurxonning qizi bo‘lg‘ani 
uchun, mo‘g‘ullarning rasm odatlari bo‘yicha buyuk hashamat ko‘rsatib, xonimning 
tarog‘i va sirg‘asini oltin ukaklarga (qutilarga, idishlarga) solishib, hurmat atag‘i 
chiqarish uchun o‘rdu saroy soqchilaridan har birini yuztadan ikki yuz qalmoq keziklashib 
(galma-galdan) ko‘targan holda Samarqandga yetkazmish edi. O’sha kundan boshlab, 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin