Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
yozilg‘usidir. Bu shahar yuqorida aytilgandek o‘z davrida yaxshigina rivojlangan edi. 
Ayniqsa, bularning eng buyuk, obro‘ylik boylari xayr-saxovatlik davlat egasi, marhum 
Valiboy edikim, eng so‘nggi oq podshoh chaqirig‘iga borganida unga hurmat libosi 
kiydirmish edilar. Bu kishi Xitoy poytaxti Pekin shahridagi ajdarho suratida yasalgan xon 
saroyi nusxasida qilib, Yorkent shahrida bir masjid bino qildirmish edi; hozirgi kunlarda 
esa uni hukumat o‘z qaromog‘iga olmishdir. 1931 yili biz o‘tkanimizda shahar shundayin 
harobalikka kelmish edikim, huquq egalari bo‘lgan eng tubangi ba’zi ishchilardan boshqa 
butun shahar xalqi qochib, chegaradan o‘tmish edilar. Ilgari keng bog‘u-bo‘ston joylari 
esa, biz kelar kunlari baxtsiz mazlumlar ko‘ngillari kabi sindirilgan holda kultepalarga 
aylantirilmish edi. Biz dag‘i boy o‘g‘li qushlaridek bo‘lib, shu choldevor haroba uylarning 
biriga tushib joylashdik. 
Mana shu yerda ming tashvish ostida xudoga sig‘inib, zo‘rg‘a ikki kun turg‘an 
so‘nggida, Osomuslim degan bir taranchi bolani yo‘lboshchi qilib, shahardan chiqdik. O’z 
ishida mohir bo‘lgani uchun bizni hammaning ovqat yeyish vaqti qoq tushda olib 
chiqmish edi. Shahar chetiga chiqqach, mozor oldidagi qalin qamish ichida ukki qushdek 
oqshom qorong‘usi tushganicha shu o‘rinda chirkayga talanib yotdik. Ko‘z qorovlashib 
qorong‘u tushgan chog‘da, yo‘lboshchimiz yayov, biz ikkovlon otliq yo‘lga tushdik. 
Chegaraga yetkuncha qishloq oralamay, yoshirin yo‘llar bilan yura-yura, Oqtom qish-
log‘i sirtida bir chaqirimcha yerdan o‘tayotganimizda hurib turgan bir it tovushi yirokdan 
eshitilib turmush edi. Bu yerdan 15 chaqirim chamali yo‘l yurganimiz so‘nggida 
chuqurroq bir soylik yerga kelgach, biroz dam olmoqchi bo‘lib tushdik. So‘ngra 
yo‘lboshchimiz: «Qani yuraylik», deb turdi esa, biz dag‘i orqasidan ergashganimizcha 
yuraverdik. Bir ikki soat yo‘l yurganimizdan keyin yiroqdan qalin daraxtlik qishloq 
ko‘rinib edi, ikki soat ilgari hurib turgan it tovushini yana yiroqdan eshitib qoldim. 
«Adashgan o‘xshaymiz, payqab qaraylik», deb yo‘lboshchimizni to‘xtatdim. Sinchiklab 
qarasak, orqamizga qaytib, to‘ppa to‘g‘ri yana Yorkentga ketayotganimizga aniq 
ishongach, yo‘lboshchimiz qattiq qo‘rqinchga tushdi. 
Yo‘lsiz to‘qaylarning ichi bilan yurganimizcha, qum tog‘i etagiga yetdik. Qum 
tepaliklaridan osha osha, to‘rt tomoni tog‘dek baland qumlar bilan o‘ralgan, saksavullik 
bir chuqurga tushgach, kuchlik bo‘ron bo‘lib, qor yog‘a boshladi. Ichar suvimiz 
yo‘qligidan qorni eritib ichdik. Yoqqan saksavul o‘tida ho‘l bo‘lgan usti boshlarimizni 
quritib, o‘t osti qizigan qum ustida yotdik. Kech bilan shu qum tog‘lari ichidan oralab 
yurganimizcha ertasi shom vaqti bilan chegara Qo‘rg‘os soyi ustiga yetdik. U vaqtlar 
1931 yili, tikon sim to‘g‘ri to‘silmaganlikdan, har bir soatda chegara soqchilaridan ikki 
otliq askar uzulmay qatnab turar edi. Otlarimizni daldaroq bir chuqur ichiga boylab 
qo‘yib, o‘zimiz esa, bularning o‘tib ketishlarini yuqoridan payqab turdik. Utishlari bilan 
to‘xtovsiz yuqoridan tushganimizcha Qo‘rg‘os suvini kechib, Xitoy chegarasiga o‘tdik. 
Alloh yordami bilan bu yirtqichlardan qutildik. 
Endi ikkinchi Xitoy yirtqichlariga yo‘liqmaslik chorasini qilishimiz kerak edi. 
Yo‘lboshchimiz kishi bilmas yoshirin yo‘llar orqali yurganimizcha, tun yarimi 
yaqinlashganda belgilangan yerga yetkazdi. Shu bilan hayot olamini azob zindoniga 
aylantirgan kommunistlar zulmidan vaqtli bo‘lsa ham qutilgandek bo‘lib qoldik. 
Ko‘zimizga bu yerlar boshqa bir jahondek ko‘rinmokda edi. Tun bo‘yi yurib 
charchagan kishilar, dang qotib uxlab qolmish edik. Uyg‘onishimiz bilan saroychimiz: 
«Hay mehmonlar, hukumat iskovuchlari kelib qolmasdan bu yerdan qo‘zg‘alib 
ketsanglar, barimizga ham yaxshi bo‘lur edi», degach, darrov harakat qilib yo‘lga 
tushdik. Yiroq safardan kelayotganimizga belgi bo‘lg‘udek biror narsa bizda bo‘lmagach, 
so‘qma yo‘lni qo‘yib, qatnov yo‘liga kirdik. Bir ikki chaqirimcha yurganimizdan keyin yo‘l 
bo‘yiga qurilgan Xitoy askarxonasi borligi yiroqdan ko‘rildi. Undan 40-50 qadam 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin