Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
atrofiga beda bosgan qamish chodir ichida 52 kun turdim. So‘ngra ko‘nglimga bir 
tashvish tushganday bo‘lib, u joydan uchinchi joyga ko‘chmish edim. Xudo saqlamish 
ekan, men ko‘chib, ertasi kuni bir miliqiya bilan ikki kishi kelib, tom usti chodirlarigacha 
chiqib, qaramish edilar. 
B a y t: 
Kishini saqlasa U Xoliqi pok,
Zahar og‘zinda bo‘lg‘ay misli tiryoq. 
Bu ish bo‘lg‘andin so‘ngra, bu joydan ham tezroq yo‘tkalishimiz lozim ko‘rinib, Sharqiy 
Turkistonga o‘tish niyati bilan uchinchi marta safar jamolg‘asini qilishga kirishdim. O’z 
do‘stlarimizdan tungon G’yoriyos mutavalli ham bizga o‘xshash qochoqlardan edi. U 
bilan ko‘rishib hamsafar bo‘lishga va’dalashdik. Yo‘lga chiqishga kun belgilashib, shu 
kechasi barcha ahbob, yoru do‘stlarimiz yig‘ilishib keldilar, tariqat ahllari odatlaricha 
xatim o‘qib, duoi fotiha o‘tkazgan so‘nggida, Allohga tavakkal qilib, So‘qo‘luq ustidan 
to‘rtinchi Chuy stanqiyasiga qarab aravada yo‘lga chiqdik. 
Ertasi Chuy suvidan kema orqalik u tomonga o‘tib ketayotganimizda, qurollik rus 
to‘sqovullari oldimizdan chiqib, bizni tekshirgani turdi, hurjin-xalashlarimizni ag‘darib, 
barini ko‘rib bo‘lgach, yo‘ldoshimdan pasport so‘radi. Xudo o‘nglab, o‘z otiga olgan Xitoy 
pasportini ko‘rsatgan edi, bir narsa umidida undan chatoq chiqarib, bizni ko‘p qiynadi. 
Bu yerda eng hayron qolarlik ish shulki, yo‘ldoshimni shul qadar uzundan uzun 
tekshirgan holda, negadir, mendan bir og‘iz ham so‘z so‘ramay, oxiri shoshilgan kishidek 
otini minganicha orqasiga qaramay ketvordi. Ortidan biz dag‘i yo‘lga tushib, shu 
yurganimizcha hufton vaqtida Chuy stanqiyasiga yetdik. Besh olti soat o‘tib, Olmota 
poezdi kelgach, unga tushib jo‘nadik. Sario‘zak degan joyga kelganimizda biz tushib 
qoldik. Turksib poezdi esa, shimoliy tomon Sibiriyaga qarab burilib ketdi. 
Kech kuz vaqti, sovuq qattiq bo‘lib, qor buroshalab yog‘ib turgan edi. Poezdan 
tushgan kishilar barimiz stanqiyadagi bir kichik uyga kirib yotdik. Kun sovuq, pechkaga 
o‘t yoqilmagan edi. Qarasam, har tarafdan jon qutqarib chiqqan odamlar, ko‘plari bizga 
o‘xshash o‘z eliga sig‘magan, zolimlar tomonidan nohaq quvg‘unga olingan haqsizlar edi. 
Shu yerga kelganimizda shunday so‘z chiqdikim, oldimizdagi yo‘l usti manzilida GPU 
askarlari yo‘lovchilarni qattiq tekshiruv ostidagina o‘tkazar ekan; agar birorta shubhalik 
odam topilib qolgudek bo‘lsa, uni yo‘ldan qaytaribgina emas, balki qo‘lga olib qamab 
qo‘yishlari aniq ekan. Mana bu so‘z chiqqan so‘nggida, Toshkentdan chiqqan Xitoy 
elchixona xizmatchilaridan boshqa hamma kishilar qo‘rquvga tushib, yo‘ldan qaytmoqchi 
bo‘ldilar. Qarasam, bechoralarning quvvati qochib, ranglari o‘chgan, bir birlariga 
ishonolmaganlikdan sirlashib-maslahat qilish kabi ishlar xalq o‘rtasidan butunlay 
ko‘tarilgan. O’zlari kulgandek bo‘lib ko‘rinsalar ham, ko‘ngillari g‘am qayg‘uga 
to‘lganliqdan yuzlari sarg‘aygan edi. Bu ishga hammadan ko‘proq men qayg‘urishim 
kerak edi; zulm hukmlarini nohaq manim ustima yuklaganlari uchun, qarshilik 
ko‘rsatmish edim. Ak-sincha, ko‘nglimga boshqalar kabi ortiqcha qo‘rqinch tushmagach, 
Allohga tavakkal qilib, olg‘a yurmoqchi bo‘ldim. 
Umrim ichida qanchalik ogir ishlarni, ko‘p qo‘rqinchlik kunlarni boshimdan kechirdim. 
U chogda ko‘nglimdagi iymon e’tiqodim, Allohga va uning haq payg‘ambari Muhammad 
alayhissalomga bo‘lgan muhabbatim, men uchun eng kuchlik ishonchim va eng ortiq 
suyanchim edi. Nachora, bu kabi diniy ishlar sirlarini o‘zi tatimagan bechoralar qaydin 
bila olsinlar? Iymonlik kishilarga har vaqt bu ulug davlat nasib bo‘lgusidir. 
Tanigan bilgan odamlar uchun bu yo‘ldan qaytmasga maslahat bergan bo‘lsam ham, 
hech qaysilari bunga jur’at qilolmadilar. Ulardan ajragach, xayol surib uydan tashqari 
chiqishim bilan, taraqlab kelayotgan uch to‘rt bo‘sh aravaga ko‘zim tushib, uni 
to‘xtatdim. Qarasam, biz yurar yo‘l ustidagi qishloqqa boradigan o‘rislar ekan. Ular bilan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin