www.ziyouz.com kutubxonasi
57
ko‘zga ko‘ringanlarini qoldirmay, qamoqqa olmish ekanlar.
So‘ngra, Otboshi Norin, Qo‘chqor, Jumg‘ol tomonlardagi qirg‘izlardan boymanap
bahonasi bilan, ko‘zga ko‘rinarli kishilarni qo‘ymay, qamag‘ali turdi. Ko‘p bo‘lsa, olti yetti
kishilik kameraga yigirmadan oshig‘roq odam kirgizdi. Bular ichida umr bo‘yi bozor
ko‘rmagan, ulug‘ tog‘lar ustida yurib mol boqishdan boshqani bilmagan, yoshlari
saksondan o‘tgan, bir necha qirg‘iz chollari bo‘lg‘anlaridek, 16 yoshlik bir qirg‘iz bolasi
ham bor edi. Tog‘ toshlarda ot chopib yurgan o‘yin bolasi birdaniga bunday dahshatlik
kunga qolishdan qattiq ta’sirlanib, sochiga oq tushib qolmishdir. Odam ko‘pligi, joy
torligidan kechasi ikki taraflama yotishga majbur bo‘lamiz. Oyoqlarimiz toliqqanida
uzatib yuborur bo‘lsak, bir birlarimizning ko‘kragimiz, qo‘ltiqlarimizga kirganidan uyqimiz
qochadi. Bu o‘rinning qiyinchiligini ko‘rib, achchig‘ini tatimagan kishilar qaydin bilsunlar
buning azobini! «U dunyodagi yaxshi yomon ishlarning nusxasi, bu dunyoda ham bor»,
degan so‘zlar diniy kitoblarimizda yozilmishdir. Shunga ko‘ra, oqil odamlar bundagi turlik
yomon muomalalarni, yomon axloqsiz kishilarni ko‘rgach, u dunyoda bandalar uchun
tayyorlangan Tomug‘ (do‘zax) azobini eskarib, ibrat olishlari kerakdir.
B a y t: Oqil odam har ishdan ibrat olur, Qaysi hol ichra tursa foydalanur. Turma tartibi bo‘yicha har kuni kamerani supurish, parash ko‘tarish kabi xizmatlarni
navbati bilan bir odam bajarib turishi lozimdir. Keksa, qari odamlarning kezigi (o‘rni,
navbati) kelganda ularning xizmatlarini ko‘pincha o‘zim qilib turdim. Odam bolasi har
ishga chidayolsa ham, bekorchilikga chidayolmaydi. Shuning uchun payg‘ambarimiz:
«Bekorchi, sog‘lom yigitlarni Alloh dushman tutadi, ishchan qarilarni do‘st ko‘radi.
Buzuqchilik, fitna fasod ishlar ko‘pincha bekorchilardan chiqadi», dedilar. Ayniqsa, tog‘
tosh, dalatuzdan (tekislik, pastlik joy) kelgan qirg‘iz qozoqlar diniy etiqodlari bo‘sh,
o‘zlari ochiq havo, keng dalalarda unib o‘sganligi uchun bunday og‘irchiliklarni ko‘p
ko‘rmagan, turma mashaqqatlariga chidami yo‘q bo‘ladilar. Shu sababdan vaqtlik bo‘lsa
ham, orti nima bo‘lishiga qaramay, imkoniyat boricha qutulish chorasiga kirishadilar.
Mana shu holdan foydalanib, xalq ichidagi o‘ng-so‘lini payqaydigan, ko‘zga ko‘rinarli
kishilarning ko‘plarini bu makkorlar o‘zlariga josus qilib, burunlaridan bog‘lamish edilar.
«Dushman qo‘li bilan ilon boshini yanchi, o‘lsa ham sening foydang, chaqsa ham sening
foydang», degan maqol so‘zi bularning shiorlari edi. Bu vijdonsizlarning ba’zi bir
qo‘rqoqlari o‘z himoyalari uchun boshqalar ustidan nohaq so‘zlar keltirib, ko‘p
odamlarning yostig‘i qurishiga sabab bo‘ldilar. Yolg‘iz shahar, qishloq, mahalla ko‘ylarida
emas, balki har bir oilada ham, josuslik balosi boshlanmish edi. Bundan chiqayotgan
fitna fasod ishlar, har tomonlama xalqqa bo‘layotgan jabr zulmlar ko‘pligining haddi
hisobi yo‘q edi. Shuning uchun bu Turkiston xalqlaridan, ayniqsa, ko‘pchiligi mazlum
musulmonlardan yer osti, yer ustidagi butun turmalarini to‘ldirmish edilar.
Bu kabi hech bir davrda ko‘rilmagan vahshatli dahshatli azoblar sovet hokimiyati
qurilgan kunidan boshlaboq davom etmoqda edi. Shunday qilib, ortig‘i bilan 6 kishi
sig‘arlik kamerada 20 chog‘li kishi eng og‘ir ahvolda bir oydan oshiqroq yotdik. So‘ngra
turma odati bo‘yicha kamera almashtirish ishi boshlanib, mani to‘qqizinchi uyga
ko‘chirdi. Qarasak, bundagi ko‘pchilik ilgarigiga qaraganda necha barobar ortiqroq edi.
Shu joyga chiqqan kunimizdan boshlab, To‘qmoq, Pishpekka qaraganda uzoq yaqindagi
qirg‘izlarning boy manaplarini qoldirmay keltirib, bizning ustimizga qamadilar. Bular
ichida Sayaq urug‘idan yoshi saksondan oshgan turkman oqsoqoli boshliq, yoshlari
yetayozgan Kukumboy, Qurmon deganlar bo‘lib va ham shular qatorida har urug‘
qirg‘izlaridan ismi chiqqan, atoqlik manaplari ko‘p edi. Bular esa, yer osti kameralarida
ko‘pchilik bilan besh o‘n kun yotkandan keyinoq, havoning buzuqligiga chidayolmay