www.ziyouz.com kutubxonasi
52
yuzaga chiqarish uchun yuz sharti bo‘lar ekan, shulardan to‘qson to‘qqizini bajarib, biriga kelganda uzrsiz uni qoldirsa, shariat oldida xiyonat qilgan bo‘lib, shu ishda jinoyatchi hisoblanadi. Chunki, hayot olamiga qurgan Alloh qonunini buzib, yaxshi saqlamagan bo‘ladi. Qaysi narsaning salbiy, ijobiy bo‘lishi bo‘lmasligi sabablari to‘liqlanar ekan, kimning qo‘lidan bo‘lsa ham, u narsaning yuzaga chiqishi aniqlanmishdir. Biz musulmonlarga ham shunday ishonish lozimdir. Chunki, bir ishning paydo bo‘lishi uchun, uning sabablari to‘liq qo‘lga kelar ekan, uni yuzaga chiqarish Allohning hayot olamiga qo‘ygan qonunidir. Qur’on tilida buni «odatillo, sunnatillo», ya’ni «Alloh odati, Alloh yo‘li» deb aytiladi. Pashambarlardan boshlab butun dunyoda yashaydirganlar shu qonunga bo‘ysunishga majburdirlar. Bunga misol Uhud urushida shu qonun yaxshi saqlanmagan edi. Bir zumda ahvol o‘zgarib, ish mo‘minlar ziyoniga aylandi. Bunga tushunmagan bir necha kishilar: «Muhammadni Xudo yuborgan bo‘lsa edi, biz shunday kunga qolarmidik, o‘zining tishi sinib, boshi yorildi, yo‘ldoshlaridan qancha kishilar dushmanlari qo‘lida o‘ldirildi», deb xato fikrga ketdilar. Haqiqatda esa bu ishga o‘zlari sababchi bo‘lmish edilar. Xudo Qur’onda ko‘rsatgan urush qonunlarini buzib, Rasululloh buyruqlarini bajarmagach, zafar bulardan yuz o‘girmish edi. Bu qonun dunyo boricha davom etajakdir. Endi, biz musulmonlar, ayniqsa, ikki Turkiston turkiy xalqlari: barcha o‘zbek, uygurlar hayot olamida qurilgan Alloh odatiga yaxshi tushunib, dinimiz, Qur’onimiz buyrugini amalga oshirolmadik. Shuning uchun hozirgi hayotimizda dushmanlar qo‘lida erk ixtiyorimizdan butunlay ajralib, burnimiz yerga ishqalangan holda hayvondek ishlab, qullardek qiynalib, kun kechirmoqdamiz. Yana shunday bo‘lsa ham, kelajakda ko‘zda tutilgan umidlar asosi ko‘rinib, uygonish tuygusi o‘qimishlik yoshlarimiz orasida sezila boshlanmishdir. Fikr uygonishi ortidan ish o‘zga-rish natija berishi burundan beri siyosat olamida bo‘lib kelgan ishdir. Tarix sahifalarida bunday hollarni ko‘p uchratamiz. Kofirlik yomonmi, bilmaslik tushunmaslik yomonmi? Bu savolga dunyoning eng uluglari pashambarlardan boshlab, barcha bilimlik donishmandlar: «Bilmaslik va tushunmaslik kufrdan ham yomonroq», deb javob bermishdurlar. Chunki, o‘z zamoniga tushunmagan musulmonlar shariat oldida islom asoslarini bilmagan bo‘ladilar. O’z milliy hukumatidan ajragan insonlar, o‘z va-tanida turgan bo‘lsalar ham, biz Turkiston xalqi kabi butun huquqlaridan ajrab, xor zorliqqa qolishlari shubhasizdir. Biz esa o‘z merosimiz ona vatanimizga ega bo‘lolmay mol-boshlarimizdan, dinimizdan borliq narsalarimizdan butunlay ajramoqdamiz. XX asr madaniyati orqalik dunyo bo‘yicha ilm tarqalib, buning natijasida Ovrupo ajdarholarining mustamlakalarida qulchilikda yashayotgan insonlar ozodlikka chiqib, o‘z milliy hukumatlariga ega bo‘ldilar va bo‘lmoqdalar. Shu bilan barobar ikkinchi tomondan o‘zlarini «mehnatchilar gamxo‘ri» deb pardalagan kommunist qizil ajdarholar tushunilmas, buzuq tuzulmalari ostida butun xalqni qutulmas qulchilikka solib, hayvonlarcha ishlatmoqdadirlar. Ayniqsa, biz ikki Turkiston o‘zbek uygur musulmonlari ikki ajdarho ogziga taqashib, yutilish oldida turibmiz. Endi ish shundayin fojialik holga yetganda bundan qutulish uchun qandaycha choralar ko‘rishimiz mumkin va qandaycha choralar ko‘rishimiz kerak! Chunki, hayot olamidagi butun ishlar sababga bogliq ekanligini, qachon bir ishning sababi topilar ekan, uni yuzaga chiqarish, Qur’on hukmicha, Allohning buzilmas odati ekanligini aniq bildik. Bunday bo‘lshch, bu fursatni ham ganimat bilib, yutilib ketmasdan boldirroq (oldinroq, ilgariroq), undan qutulish chorala-riga kirishimiz lozimdir. Yer usti insonlari yer osti ma’danlari kabi turlikcha yaratilganlikdan, har qaysilari har turlik qobiliyatga egadurlar. Bular ichida temir ko‘mirlari ko‘p bo‘lgandek, oltin olmoslari ham oz emasdir. Endi esa kelajak kunlarda biz uchun yaxshi sharoit lar tugilib, qobusi