7-MAVZU:TAFAKKUR SHAKLLARI: TUSHUNCHA, HUKM VA
XULOSA.
Mavzu rejasi va bayoni
1.
Tushunchaning turlari va ular o`rtasidagi munosabatlar.
2.
Tushunchalar ustida bo`ladigan mantiqiy amallar.
3.
Hukmlarning son va sifat jihatdan bo’linishi.
4.
Oddiy va murakkab hukmlar.
5. Hukmlar o`rtasidagi munosabatlar
Mantiq fanining o’rganish ob'ektini tafakkur shakllari tashkil etishi yuqorida aytib
o’tildi. Hissiy bilishdan farqli ravishda tafakkurda narsa va hodisalar mohiyati, ularning
umumiy, muhim xususiyatlari, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya'ni qonuniy
bog’lanishlar aks ettirilishi yuqoridagi mavzuda bayon qilib o’tildi.
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli,
uning tuzilishidir. Tushuncha, hukm va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari bo’lib,
uning asosiy tarkibiy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o’zaro
aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan
muammo, gipoteza, nazariya, g’oya, argumentatsiya)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda
ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo’lishi va formal
jihatdan to’g’ri qurilishi kiradi. Chin fikr o’zi ifoda qilayotgan predmet va ularning xossalari va
munosabatlariga muvofiq kelishi bilan izohlanadi. Fikr chin bo’lishi bilan bir qatorda formal
jihatdan to’g’ri qurilishi ham mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti hisoblanadi. Fikrning
to’g’ri qurilishi tafakkurda hosil bo’ladigan turli xil strukturalarda, har xil mantiqiy amallarda
o’z aksini topadi. Fikrning to’g’ri qurilishi tafakkur qonunlariga rioya qilish orqali amalga
oshadi. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to’g’ri qurish uchun
zarur bo’lgan talablar fikrning aniq, ziddiyatsiz, izchil, yetarli asosga ega bo’lishidan iborat.
Mazkur talablarga rioya qilmaslik muhokamaning noto’g’ri tuzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Tushuncha
– bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur
shaklidir. Mantiqda predmet
tafakkur predmeti
sifatida nazarda tutiladi. Unga buyumlar (kitob,
qalam), buyumlarning xossalari (issiq, sovuq), buyumlar munosabati (yaqin, uzoq), jarayonlar
(o’qimoq, yozmoq) kiradi. Fikr predmetida nafaqat real mavjud bo’lgan buyumlar, balki xossa
va munosabat hamda inson ongidagi g’oya, nazariya kabilar ham tushuniladi.
Predmet belgilari
deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-
biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlar, munosabatlar va xususiyatlarga aytiladi. Har bir
predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan aloqada bo’lganligi uchun o’zining ko’pgina
belgilariga ega bo’ladi. Bu belgilar:
1)
yakka va umumiy
, 2)
muhim va nomuhim
, 3)
zaruriy va tasodifiy
, 4)
ijobiy va
salbiy
ga bo’linadi. Belgining faqat bir predmetga xos bo’lganlari yakka, bir qancha
predmetlarga xos bo’lganlari umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan: Xitoyning dunyoda aholisi
soniga ko’ra eng katta davlat ekanligi yakka belgi, Osiyoda joylashgan davlat ekanligi umumiy
belgi hisoblanadi.Tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinadi, nomuhim
belgilar predmetda mavjud bo’ladi, lekin uning mohiyatini ochib bermaydi. Masalan:
o’simliklarning bir yillik yoki ko’p yillik ekanligi muhim belgi, kim tomonidan ekilganligi
nomuhim belgi hisoblanadi. Ba'zi hollarda muhim belgilar nomuhimga, nomuhim belgilar esa
muhimga aylanadi.
Zaruriy belgilar predmetning mavjudligi bilan uzviy bog’liqdir va uning yo’qolishidan
predmet ham mavjud bo’lmaydi. Tasodifiy belgilarning yo’qolishidan predmet o’z mohiyatini
yo’qotmaydi. Avtomobilning rangi tasodifiy belgi, uning dvigatelining mavjudligi zaruriy belgi.
Ma'lum xossalarning mavjud va mavjud emasligiga qarab belgilar ijobiy va salbiy belgilarga
bo’linadi. Masalan: talabalarni qobiliyatli(ijobiy) va qobiliyatsizlarga (salbiy) ajratish mumkin.
Tushuncha tafakkur shakli bo’lganligi uchun yuqorida aytilganidek sezgi, idrok va
tasavvurdan farqli o’laroq unda predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazi aks etadi.
Tushuncha predmetlarning muhim belgilarini in'ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy
bilish shakllariga ko’ra borliqni chuqurroq, to’laroq ifodalaydi.
Tushuncha inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etmasdan, ma'lum bir mantiqiy
usullardan foydalanish orqali hosil bo’ladi. Bu usullarga
taqqoslash, analiz, sintez,
abstraktsiyalash, umumlashtirish
kiradi:
a)
taqqoslash
yordamida predmetlarni boshqalari bilan o’zaro solishtirilib, ularning
o’xshash va umumiy belgilari hamda boshqalaridan ajratib turuvchi yakka belgilari aniqlanadi;
b)
analiz
yordamida predmetni fikran tashkil qiluvchi muhim belgilar alohida
ajratilib, har qaysisi o’rganiladi.
Sintez
analizga teskari jarayon bo’lib, unda fikran ajratilgan
predmetning belgilari birlashtirilib, bir butun holga ketiriladi. Sintez yordamida predmet haqida
yaxlit fikr hosil qilinadi;
c) abstraktsiyalash yordamida predmetning umumiy va yakka belgilaridan uning
mohiyatini tashkil etuvchi muhim tomonlarlariga o’tiladi hamda nomuhimlaridan chetlashiladi;
d) umumlashtirishda predmetlarning ayrim umumiy o’xshash, muhim xususiyatlariga
ko’ra bitta umumiy tushunchaga birlashtiriladi va shu yordamida umumiy belgiga ega
predmetlarning sinfi haqida fikr yuritiladi.
Tushunchalar so’z va so’z birikmalari orqali ifodalanadi. Masalan: “kitob”,
“kompyuter”, “Navoiy shahri”, “Birlashgan millatlar tashkiloti” va hakozo. Tushuncha va
so’zning aloqadorligi tafakkur bilan tilning bog’liqligidan kelib chiqadi. Tushuncha va so’z
aynan bir xil bo’lmasdan bir tushuncha turli xil tillarda turlicha ifodalanadi yoki ba'zi so’zlar
(bog’lovchilar) tushunchalarni ifodalamaydi. Turli fan sohalarga oid tushunchalarni
tushunchalarni mazmunini aniq ifodalash uchun maxsus terminlardan foydalaniladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmiga ko’ra turlari.
Tushunchalar o’zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni unda
fikr qilinayotgan predmet va hodisalarning muhim belgilari yig’indisini tashkil etadi. Masalan:
“jinoyat” tushunchasining mazmunini ijtimoiy xavfli, qonunga zid bo’lgan hatti-harakatlar
tashkil etadi, hajmiga esa o’g’irlik, jonga qasd qilish, ta'magirlik va hakozalar kiradi. O’z
hajmiga ko’ra ikki yoki undan ortiq predmetlardan tashkil topgan tushunchalar mantiqiy sinf
deyiladi. Sinflar uni hajmini tashkil etgan kichik sinflardan va yakka predmetlarni ifodalovchi
sinf elementlaridan tashkil topadi. Masalan: o’simlik – sinf, daraxt – kichik sinf, archa daraxti –
sinf elementi hisoblanadi. Mantiqda tushunchalar hajmiga ko’ra universal sinf (Osiyo
mamlakatlari), yakka sinf (O’zbekiston Respublikasi) va bo’sh sinflar (aylana kvadrat)ga
ajratiladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va
hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Unga muvofiq tushunchaning
hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha.
Tushunchalar mazmuni va hajmiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Hajmiga ko’ra tushunchalar yakka va umumiy, chegaralangan va chegaralanmagan,
ayiruvchi va to’plovchi turlarga bo’linadi. Masalan: “Zarafshon daryosi” – yakka tushuncha,
“shahar” – umumiy tushuncha, “O’zbekiston Respublikasi shaharlari” – chegaralangan, “atom”
– chegaralanmagan, O’zbekiston fuqarolari siyosiy huquqlarga ega – ayiruvchi tushuncha,
O’zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdori – to’plovchi tushuncha. Tushunchalar mazmuniga
ko’ra konkret va abstrakt, nisbatli va nibatsiz, ijobiy va salbiy turlarga bo’linadi. Masalan:
“avtomobil” – konkret tushuncha, “do’stlik” – abstrakt tushuncha, “institut” – nisbatsiz
tushuncha, “sabab” va “oqibat” – nisbatli tushunchalar, “bilimli” – ijobiy tushuncha, “bilimsiz”
– salbiy tushuncha hisoblanadi.
Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar.
Ob'ektiv olamdagi barcha narsa va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi sababli,
inson ongida mana shu narsa va hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalar ham ma'lum bir
munosabatlarga kirishadi. Tushunchalar avvalombor, munosabatlariga ko’ra taqqoslanadigan va
taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan tushunchalar mazmuni va hajmi jihatidan
ma'lum umumiy o’xshash belgiga hamda o’zaro munosabatga ega bo’ladi. Masalan:
“o’qituvchi” va “shifokor” taqqoslanadigan tushunchalar hisoblansa, “daftar” va “teatr”
taqqoslanmaydigan tushunchalardir. Mantiq fanida faqat taqqoslanadigan tushunchalar
munosabati o’rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarning o’zi hajm
jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydiganga bo’linadi.
Sig’ishadigan tushunchalar munosabati moslik, qisman moslik va bo’ysunish
(subordinatsiya) munosabatlariga bo’linadi. Moslik munosabatidagi bitta predmet va predmetlar
sinfini aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi.
Masalan: “O’zbekiston poytaxti” va “Toshkent shaxri” tushunchalari o’rtasidagi munosabat
xuddi shunday.
A- O’zbekiston poytaxti
V- Toshkent shahri
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikga ega.
Masalan:
A-O’qituvchi.
V- Professor.
Bo’ysunish munosabatidagi tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga
to’liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
A-O’simlik.
V-Daraxt.
Sig’ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikga ega bo’lmagan
tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi turli xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks
ettiradi. Bu tushunchalar o’rtasidagi munosabatlar ham uch xil munosabatga – birga bo’ysunish,
qarama-qarshilik va zidlikga bo’linadi.
Birga bo’ysunish munosabati qo’yidagi tushunchalar o’rtasida mavjud:
A-Shahar.
V-Toshkent shahri.
S-Moskva shahri.
Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi.
Ular predmetlar va predmetlar guruhining qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya'ni biri
predmetning biror belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgisini aks
ettiradi. qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan tushunchaning
hajmini to’la qamrab olmaydi.
Masalan:
A-Bino
V-Baland bino
S-Past bino
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda
qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo’lib qoladi. Zidlik
munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o’laroq,
bo’ysundiruvchi tushunchaning hajmini to’liq qoplaydi. Masalan:
A-Bino
V-baland bino
S-Baland emas bino
Tushunchalar ustida bo’ladigan mantiqiy amallar.
Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. Tushunchalarni umumlashtirish va
chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigan mantiqiy amallardan biridir. Ular
tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda
amalga oshadi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga
(tur tushunchadan jins tushunchaga) o’tishdan iborat mantiqiy amal bo’lib, bunda tor hajmdagi
tushunchalar keng hajmdagi tushunchalarga bo’ysunish munosabatida bo’lishi lozim.
Tushunchani umumlashtirish amali Eyler doirasi bilan qo’yidagicha ifodalanadi.
D Sazan
S Baliq
V hayvon
A Tirik mavjudot
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins
tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha jins
tushuncha deb qabul qilinib, undan hajmi keng tur tushunchaga o’tiladi.
Tushunchani chegaralash amalining sxemasi qo’yidagicha:
D Tirik mavjudot
S hayvon
V Baliq
A Sazan
Tushunchalarni ta'riflash.
Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim
muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo
bo’ladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash
(definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi
lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib
beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “O’zbekiston
Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “O’zbekiston ” aniqlanuvchi qism,
“Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda
ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni
ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi.
Masalan: “Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, “logos”-nazariya, ya'ni bilish
nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda predmetning muhim
belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson
bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini
aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi falsafiy ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida
predmetlarning muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa
tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi.
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini
ko’rsatish orqali ta'riflash, 2) genetik ta'rif.
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning
yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa
tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq tafakkur shakllari, usullari va
qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” “mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi
bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. Yaqin
jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: AqVs, bu
yerda A – ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – tur belgi).
Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” degan
ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan predmetning
kelib chiqishi, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, “suv vodorod va
kislorodning kimyoviy birikmasidir”.
Ta'riflashning qo’yidagi qoidalari mavjud:
a) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi
tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” –
teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika
institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha;
b) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar
ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy
ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “idealizm” tushunchasining o’zi ta'rifga muhtoj;
c) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning
mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. Tavtologiya
ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan
uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik
dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta'rif aylanma shaklda;
d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa
predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”.
Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, “E'tiqodsiz – ma'lum
bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”.
Bilish jarayonida ta'riflashga o’xshash usullardan ham foydalaniladi va ularga
qo’yidagilar kiradi:
a) tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushucha orqali ta'riflash. Bu usul bilan
odatda kategoriyalarning mazmuni ochib beriladi. Masalan, “Oqibat – sababning natijasidir”;
b) tasvirlash usulida tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba'zi tashqi
belgilarini ko’rsatish orqali aniqlanadi;
c) tavsiflash yordamida esa predmetning ba'zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari
ko’rsatiladi.
d) tafovutlash
e) ostensiv ta'riflashda predmetni ko’rsatish (demonstratsiya) orqali uning muhim
belgilari aniqlanadi.
Tushunchani bo’lish deb unda aks etgan predmetlarni hajmini fikran ayrim
guruhlarga ajratish orqali ularni aniqlashga aytiladi. Bo’lish tarkibi bo’linuvchi tushuncha
(hajmi aniqlanuvchi tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta
umumiy belgisi) va bo’lish a'zolaridan (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalardan)
tashkil topgan. Bo’linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo’lish a'zolari – tur tushuncha bo’ladi.
Masalan, “Ta'lim tizimi (bo’linuvchi tushuncha) bosqichiga (bo’lish asosi) maktabgacha ta'lim,
o’rta ta'lim, o’rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim (bo’lish a'zolari)ga
kiradi”.
Bo’lishning ikkita turi mavjud: 1) asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish va
2) dixotomik bo’lish.
Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning
ma'lum bir belgisi asos qilib olinadi va uning o’zgarishlariga qarab tushuncha uni tashkil etgan
predmetlar guruhiga ajratilib chiqiladi. Masalan, “Tushunchalar hajmiga ko’ra yakka, umumiy,
ayiruvchi, to’plovchi, chegaralangan va chegaralanmaganga bo’linadi”.
Dixotomik bo’lishda bo’linuvchi tushuncha o’zaro zid bo’lgan ikkita tur tushunchaga
ajratiladi. Masalan: “o’quvchilar” “a'lochi” va “a'lochi emas”larga ajratiladi. Dixotomik
bo’lishda bo’linuvchi tushunchaning barcha turlari ko’rsatib o’tilmasdan, kerakligi ajratiladi va
qolganlari zid bo’lgan tushunchaga birlashtiriladi. Lekin bunda inkor tushunchaning hajmi
noaniq bo’ladi.
Tushunchani bo’lishning qo’yidagi qoidalari mavjud:
a) bo’lish teng hajmli bo’lishi, ya'ni bo’lish a'zolari hajmlarining yig’indisi
bo’linuvchi tushuncha hajmiga teng bo’lishi kerak. Masalan, “Tafakkur shakllari tushuncha,
hukm va xulosa chiqarishga bo’linadi” – bo’lish teng hajmli, “Tafakkur shakllari tushuncha va
hukmga bo’linadi” – bo’lish teng hajmli emas, chunki bo’lish a'zosi bo’lgan xulosa chiqarish
tushirib qoldirilgan;
b) bo’lish bir asos bo’yicha amalga oshirilishi lozim, ya'ni asos qilib olingan belgi
bo’lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi lozim. Masalan, “Dinlar xudolariga
qarab ko’pxudolik (politeistik) va yakkaxudolik (monoteistik) dinlarga bo’linadi”. Agar shu
holatda dinlarni ko’pxudolik (politeistik), yakkaxudolik (monoteistik) va jaxon dinlariga bo’lsak
yuqoridagi qoida buziladi;
c) bo’lish a'zolari hajmi bo’yicha bir-birini istisno qilishi, ya'ni ular birga bo’ysunish
munosabatidagi tushunchalar bo’lishi kerak. Bu holatda bir asos bo’yicha bo’linayotgan
tushunchaning bo’lish a'zolari hajmiga ko’ra bir-birini istisno qilishi lozim. Masalan,
“Kishilarni ma'lumotiga ko’ra o’rta ma'lumotli, o’rta-maxsus ma'lumotli va oliy ma'lumotlilarga
bo’lishda uning a'zolari bir-birini istisno qilib kelmoqda. Agar biz talabalarni birinchi kursda
o’qiydiganlar, tarix fakulteti talabalari va sirtqi bo’lim talabalariga bo’lsak yuqoridagi qoida
buzilgan bo’ladi;
d) bo’lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, ya'ni jins tushunchaga eng yaqin bo’lgan
bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog’i lozim. Masalan, “Fuqarolarning konstitutsiyaviy
huquqlari shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarga bo’linadi”. “Fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlari ijtimoiy-iqtisodiy, saylash va saylanish huquqlariga bo’linadi” desak
bo’lish uzluksiz bo’lmaydi. Sababi fuqarolarning saylash va saylanish huquqi siyosiy
huquqlarga kiradi.
Klassifikatsiya tushunchalarni bo’lishning alohida turi bo’lib, predmetlarni ma'lum
bir sinflarga ajratishdan iborat, unda har bir sinf boshqalariga nisbatan o’zining aniq va qat'iy
o’rniga ega. Klassifikatsiyadan maqsad bilimlarni sistemalashtirishdir. Klassifikatsiyalashda
bo’lish turlaridan farqli ravishda tushunchaning bo’lish a'zolari ham o’z navbatida bo’linadi.
Biologiyada hayvonlarning tiplarini bo’lish klassifikatsiyaga misol bo’la oladi. Mantiqda tabiiy
va sun'iy klassifikatsiyalari farqlanadi. Tabiiy klassifikatsiyada bo’lish asosi qilib
predmetlarning birorta muhim belgisi olinadi. Sun'iy klassifikatsiyada esa predmetlarning biron-
bir umumiy belgisi asos qilib olinadi Masalan, “Davlatlarni boshqarish shakli”ga qarab bo’lish –
tabiiy klassifikatsiya, alfavit bo’yicha bo’lish sun'iy klassifikatsiya hisoblanadi.
Klassifikatsiyada ham tushunchaning bo’lish qoidalariga rioya qilinadi.
Mavzuga oid mashqlar.
1-mashk. qo’yidagi tushunchalarni yakka va umumiy, muhim va nomuhim
belgilarini ajratib ko’rsating.
Masalan, Mantiq – ijtimoiy fan (umumiy, muhim), tafakkur shakllari va qonunlarini
o’rganadi (yakka, muhim), institutning ikkinchi kursida o’tiladi (umumiy,
nomuhim), bu fandan chop etilgan ba'zi kitoblarning muqovasi ko’k rangda (umumiy,
nomuhim).
a) O’rik – meva, daraxt, Osiyoda ham o’sadi, shirin ta'mli, institut binosi yonida
ekilgan, novdasi butasimon emas, mevasi danakli;
b) AqSh – jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat, quruqlikda Kanada bilan
chegaradosh, g’arbi va sharqida Tinch va Atlantika okeanlari joylashgan, aholisining asosiy
qismini yevropadan ko’chib kelganlar tashkil etadi, davlat boshlig’i prezident, mustaqillik kuni
4 iyul;.
c) mis – rangli metall, elektr toki o’tkazuvchan, insoniyat tomonidan birinchi mehnvt
quroli sifatida qo’llanilgan metall, egiluvchan, suv bilan reaktsiyaga kirishmaydi, elektronika
sohasida qo’llaniladi, O’zbekiston hududida ham uchraydi;
d) televidenie – ommaviy axborot vositasi, har bir kishi uning xizmatidan foydalanishi
mumkin, XX asrda vujudga kelgan, hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining eng ko’p
tarqalgan shakli, axborotlarni tezkorlik bilan uzatadi, musiqiy dasturlarni efirga uzatadi ega;
e) hukm – tafakkur shakli, gap bilan uzviy bog’liq, asosan darak gap bilan
ifodalanadi, tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab, mazmuniga ko’ra chin va xato bo’ladi,
mantiq fanida o’rganiladi;
f) Farobiy – Markaziy Osiyolik mutafakkir olim, “ikkinchi muallim” taxallusiga ega,
“Fozil odamlar shahri” asarining muallifi, O’tror shahrida tug’ilgan, Damashq shahrida
yashagan, falsafaga oid asarlar yozgan.
2-mashq. qo’yidagi belgilarga ega bo’lgan tushunchalarni aniqlang.
Masalan, O’z burchagiga ega bo’lmagan geometrik shakl. Javobi – doira.
a) O’zbekiston bilan chegaradosh, lekin qozog’iston bilan chegaradosh bo’lmagan
Markaziy Osiyo respublikasi;
b) miqdoriga ega bo’lmagan son;
c) ong, til va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan tirik mavjudot;
d) o’z hajmiga ega bo’lmagan tushuncha;
e) yopiq tabiiy suv havzasi;
f) tovarlar va xizmatlar uchun ekvivalent;
g) molekulani tashkil etuvchi bo’linadigan zarra;
h) quyosh sistemasidagi eng chekkada joylashgan planeta;
i) aholisi soniga ko’ra dunyoda eng katta qit'a;
j) yevropaning markaziy qismida joylashgan, aholisining asosiy qismi nemislar bo’lgan
federativ davlat.
3-mashq. qo’yidagi so’z va so’z birikmalari orasidan tushunchalarni ajratib ko’rsating.
Mikrosxema, yashasin tinchlik, yurib bormoq, kelgin, hamma, nota, Koreya, blok,
algoritm, makon, noma'lum ob'ekt, yil mahsuloti, Vatan xissi, muqova, xronologiya,
observatoriya, jadval, aksioma, balli, sayoz, eng, katta yo’l, kelajak avlod, oliy mansab, maqsad,
ilohiy, asl, yosh, betakror, darkor, ba'zi, balki, yovuz.
4-mashq. qo’yidagi tushunchalarni mazmuni va hajmini ko’rsating.
Masalan, fan tushunchasining mazmuniga tizimlilik, o’z tadqiqot ob'ektiga ega
bo’lish, dalil va isbotga asoslanish, kategoriyalarga ega bo’lish va hakozolar tashkil etadi.
hajmiga tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, aniq fanlar kiradi.
O’zbekiston viloyatlari, donli o’simlik, arxiv, tranzistor, shifoxona, musiqiy asbob,
yoqilg’i, oziq-ovqat, firma, birja, huquq, fan, shahar, yirtqich hayvon, gaz, sanoat, materik,
fakultet, o’zbek yozuvchilari, toq sonlar, millat, davlat, mutafakkir, tog’, tafakkur shakllari,
tushunchaning belgilari, avtobus, ilmiy nazariya, darslik.
5-mashq. qo’yidagi tushunchalardan universal, yakka va bo’sh sinfga oidlarini ajratib
ko’rsating.
Masalan, o’quv qo’llanma – universal sinf, Venera planetasi – yakka sinf, hajmsiz
buyum – bo’sh sinf.
Tropik meva, Boysun tog’i, ko’l, yo’qlik, ajdarho, payg’ambar, Tailand, o’lka,
doiraning boshi, aylana chiziq, Veneradagi oyli tun, mantiq, okeandagi cho’l, ongsiz inson,
Kamerun, virus, gazsimon metall, astrologiya, kafedra, Sinay yarim oroli, yassi tog’, ibtidoiy
madaniyat, funktsiya, Tunis, Movaraunnahr.
6-mashq.qo’yidagi tushunchalarni jins va tur munosabatida bo’lganlarini toping.
Masala, tabiiy fan tushunchasiga fan tushunchasi jins, biologiya tushunchasi tur
munosabatida bo’ladi.
Planeta, dengiz, kitob, elektr stantsiyasi, temir yo’l vokzali, pasport, kimyoviy
o’g’it, hajm, ibtidoiy dinlar, teorema, o’simlik ildizi, halqaro tashkilot, hayvon, kino, muzika,
yo’lbars, juft son, axborot tizimi, metall, professor, avtomobil.
7-mashq. Yakka va umumiy tushunchalarni ko’rsating.
Masalan, planeta – umumiy tushuncha; Orol dengizi – yakka(chegaralangan)
tushuncha.
Surxandaryo viloyati, fuqaro, Rim papasi, Arktika, lotoreya, Vizantiya poytaxti, Mars
yo’ldoshi, Xeops piramidasi, trigonametriya, futbol, basseyn, quyosh,
A.Navoiy, O’zbekiston Respublikasi, Osiyo davlatlari, fizika, Navoiy shahri, Mustaqillik
maydoni, atom, formula, so’z, daryo, kimyoviy element, Somoniylar davlati, ritsar, agranom,
Xitoy, A.Temur, falsafa, futbol komandasi, tarix kitobi.
8-mashq. hajm jihatidan chegaralangan va chegaralanmagan tushunchalarni ajratib
ko’rsating.
Masalan, Markaziy Osiyo respublikalari – chegaralangan, molekula –
chegaralanmagan.
qit'a, qush, yerning radiusi, Buxoro amirligi, sodda hayvonlar, kosmanavt, yerning
sun'iy yo’ldoshi, suv inshooti, harf, kompyuter, mebel, inert gaz, meteroit, Yunoniston shahar-
davlatlari, Buyuk Britaniya monarxlari, quyosh nuri, rang, son, geometrik shakl, aloqa vositasi,
ikkinchi darajali gap bo’laklari, neytron, fizik olim.
9-mashq. qo’yidagi misollarning qaysi birida tushunchalar ayiruvchi va
to’plovchi shaklida kelganligini aniqlang.
Masalan, 1.“qatnashchilarning hammasi konferentsiya materiallari bilan tanishib
chiqdi” – tushuncha ayiruvchi ma'nosida kelgan;
2.“Zalda o’tirganlarning hammasi notiqning so’zlarini tinglashdi” – tushuncha
to’plovchi ma'nosida kelgan.
a) Ushbu hodisaga nisbatan hamma o’z fikrini bildirdi;
b) Guruhimiz talabalari falsafa fanidan imtihon topshirishdi;
c) jahon aholisining katta qismi Osiyoda istiqomat qilishadi;
d) barcha daraxtlar ham mevali emas;
e) juft sonlarning barchasi ikkiga qoldiqsiz bo’linadi;
f) tushunchalar hajmiga ko’ra yakka va umumiyga bo’linadi;
g) kutubxonadagi kitoblar alfavit tartibi bo’yicha joylashgan;
h) Markaziy Osiyo respublikalari 1991 yil mustaqillikka erishdi;
i) oliy ta'lim tizimining sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda;
j) institutni bitirgandan so’ng har birimiz bakalavr diplomiga ega bo’ldik.
10-mashq. Konkret va mavhum tushunchalarni ko’rsating.
Masalan, Televizor – konkret tushuncha; do’stlik – mavhum tushuncha.
Bilim, tafakkur, iftixor, yozuv, Vatan, farishta, dev, galaktika, argonavt, tabletka,
ayiq, vijdon, geliy, sharshara, bazalt, mayit, payg’ambar, qog’oz, poyondoz, allergiya,
poydevor, mikrob, huquq, rang, odam, mazmun, gazeta, yevropa, yo’lbars, okean, axborot,
harorat, ta'm, xirurg, mehnat, dinozavr, Mars planetasi, advokat, qo’shiq, ijod.
11-mashq. Musbat va manfiy tushunchalarni ko’rsating.
Masalan, Bilimli – musbat tushuncha; bilimsiz – manfiy tushuncha.
Insofli, salohiyatli, farosatli, farovon, layoqatsiz, ilojsiz, e'tiqodsiz, aloqador,
muhim, oliy, passiv, real, baxtsiz, imkoniyatli, noumid, vijdonsiz, badavlat, diyonatli, befoyda,
adolatli, sadoqatsiz, qat'iyatli, beparvo, antitezis, behayo, savodli, odobsiz.
12-mashq. qo’yidagi tushunchalarni nisbatli va nisbatsizga ajrating.
Masalan, Partiya – nisbatsiz; shifokor – nisbatli.
Parlament, daromad, atrof, ichki, juft, osmon, jahl, sof, taom, geolog, oyna, otash,
kasb, talab, raqib, tilovat, qattiq, mikro, kraxmal, defitsit, halq, baland, o’quvchi, kambag’al,
chuqurlik, inson, radio, jurnal, aktyor, Amerika qit'asi, kenguru, samolyot, piyola, suv, jism,
mavzu, do’st, sport. idora, dastur, xiyobon.
13-mashq. Tushunchalarning to’liq mantiqiy tavsifini bering.
Masalan, Talaba – umumiy, konkret, musbat, ayiruvchi, nisbatsiz tushuncha.
Universitet, Toshkent shahri, metro, sayt, til belgisi, supermarket, xudo, alyuminiy,
to’qima, sarkarda, adovat, mikroskop, tennis, kvadrat, bino, cho’l, stol, daftar, jinoyat, bilim,
bug’doy, dindor, progress, aybdor, do’stlik, Misr, temir, I. Kant, ijtimoiy fan, yadro, fermer,
delfin, aholi, jamoat tashkilotlari, injener.
14-mashq. Sig’ishadigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang.
Masalan, 1. O’zbekiston poytaxti (A), Toshkent shahri (V) – moslik munosabat;. 2
.o’qituvchi (A), yozuvchi (V) – qisman moslik munosabati;
3. fan (A), fizika (V) – buysunish munosabati.
a) oliy o’quv yurti, institut; b) aktyor, qo’shiqchi; c) hayvon, yo’lbars; d) eng yirik
okean; Tinch okeani; e) Rim imperatori, Neron; f) davlat boshlig’i, prezident; g) AqSh poytaxti,
Vashington; h) eng qadimgi davlatlar, Misr; i)tushuncha, so’z; j)tadbirkor, deputat; k) gap,
so’roq gap; l) eng yirik halqaro tashkilot, BMT; m) kasallik davosi, dori; n) yozuvchi quroli,
qalam; o) borliq, materiya; p) din, islom dini; q) Amir Temur davlati poytaxti, Samarqand
viloyatining ma'muriy markazi.
15-mashq. qo’yidagi tushunchalarga moslik munosabatidagilarni toping.
Xitoy, kesma, qizilqum cho’li, kit, Ibn Sino, Bibliya, uglevod, So’g’diyona, Nil
daryosi, A.S.Pushkin, gap tuzilishi, massa, fir'avn, futbol vatani, Moskva, himolay tog’i,
o’qituvchi, Aqsh konstitutsiyasi, Vatikan, vodorod, Yuliy Sezar, Avstraliya, din, ong,
geometriya, Venera planetasi, vulqon, oltin, arxitektura.
16-mashq. qo’yidagi tushunchalarga qisman moslik munosabatidagilarni
toping.
Yuridik shaxs, halq artisti, shifokor, sportchi, mulkdor, talaba, maydon, deputat,
uchuvchi, magazin, telefon, ma'muriy markaz, orol, rahbar, yakshanba, sinfdosh, bezak, botir,
rejissyor.
17-mashq. qo’yidagi tushunchalarga buysunish munosabatidagilarni toping.
O’simlik, o’quv quroli, kimyoviy element, haykal, kompozitor, ertak, arxeologik
madaniyat, organik modda, vulqon, fasl, bayram, ibodatxona, Buyuk Britaniya qirolichasi,
Rossiya shaharlari, o’zbek shoiri, ximik olim, O’zbekiston Respublikasi qonuni, korxona, baliq,
gap, tarixiy voqea, jahon chempioni, poytaxt, ertak, jamiyat, tushunchaning turlari.
18-mashq. Sig’ishmaydigan tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi (A), Rossiya Federatsiyasi (V), davlat (S) – birga
buysunish munosabati.
a) hukm, tushuncha; b) baland, past; c) dovyurak, qo’rqoq; d) go’zal, go’zal emas;
e) egri, to’g’ri; f) ko’k, ko’k emas; g) insofli, insofsiz; h) fizika, kimyo;
i) aloqador, aloqasiz; j) quyon, bo’ri; k) yumshoq, qattiq; l) yengil, og’ir;
m) neytron, elektron; n) sifat, miqdor; o) yakka, umumiy; p) kino, teatr;
q) kirim, chiqim; r) yangi, yangi emas.
19-mashq. qo’yidagi tushunchalarga birga buysunish munosabatidagilarni
toping.
qonun, kislorod, al-Xorazmiy, Meksika, biologiya, iqtisod, qalam, choynak, apteka,
qo’rg’oshin, neolit, poliklinika, Urartu, anor, ruboiy, sonata, tramvay, opera, xokkey, baliq,
Tyanshan tog’i, universitet, daryo, inson, olma, tashkilot, siyosiy partiya, stol, tennis, algebra,
neft, bank, prezident, Oliy Majlis.
20-mashq. qo’yidagi tushunchalarga zidlik va qarama-qarshi munosabatdagilarni
toping.
Nisbat, bevaqt, aybdor, asorat, bilim, osti, boshlanishi, jarohatli, doimiy, mazali,
g’aroyib, inkor, sog’lom, qora, qahramon, ilmiy, chin, tabiiy, qiziqarli, mustahkam, uzoq,
suyuq, issiq, qonuniy, tekis, sevimli, dindor, qabohat, zaruriy, isbot, tushunarli.
21-mashq. qo’yidagi tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlang va
ularni Eyler doirasi bilan ifodalang.
a) yozuvchi, shoir; b) televizor, kompyuter; c) qahramon, general, olim; d) ishchi,
dehqon, tadbirkor; e) Osiyo, Afrika, qit'a; f) shaxar, Shanxay; g) parlament, hukumat, davlat
boshqaruv organi; h) zavod, fabrika i) katta, kichik; j)doira, geometrik shakl; k) ahloqli,
ahloqsiz l) ko’z, quloq, burun; m) Afrika davlati, janubiy Afrika davlati, JAR; o) piyola,
chinni buyum; p) shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat.
22-mashq. Tushunchalarni umumlashtiring.
Masalan, falsafa – ijtimoiy fan.
Kuz, sifat, tarix, laylak, Volga daryosi, Parij shahri, materiya, kutubxona, respublika,
boks, Xiva, Bobil, qisqichbaqa, uglerod, psixologiya, rektor, tezlik, monarxiya, qarag’ay, qaror,
Chingiz Aytmatov, delfin, esse, to’fon, tuman, qirol, fotosurat.
23-mashq. Tushunchalarni chegaralang.
Masalan, Transport vositasi – avtomobil.
Markaziy Osiyo respublikasi, rangli metall, fizikaviy qonun, O’zbekistonda xizmat
ko’rsatgan artist, yopiq suv havzasi, oliy o’quv yurti, hunarmandchilik, irq, tabiiy ofat, soat,
xizmat ko’rsatish sohasi, farzand, jamoa, muzey, harbiy bo’linma, tarixiy voqea, halq og’zaki
san'ati, muhaddis, kapalak, umurtqali hayvon.
24-mashq. Tushunchalarni umumlashtirishga to’g’ri keladigan misollarni ajratib
ko’rsating.
Kislorod – inert gaz; Toshkent – Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar; etika – tabiiy
fan; kema – eng qadimgi transport vositasi; GFR – prezident respublikasi; Italiya – federativ
davlat; Oy – yerning yo’ldoshi; Rossiya – dunyoda hududi bo’yicha dunyoda eng yirik davlat;
qush – qanotli hayvon; sambo – yakka kurash sport turi; drama – sahna uchun yozilgan asar;
kabuki – yapon san'ati; ot – so’z turkumi; kardiologiya – tibbiyot sohasi; aktyor – san'atkor;
London – poytaxt shahar; Mirzo Ulugbek – buyuk rassom.
25-mashq. Tushunchalarni chegaralashni to’g’ri ekanligini tekshiring.
O’zbek adabiy tilining asoschisi – A. Navoiy; iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan Osiyo
davlati – Yaponiya; O’zbekistondagi eng kichik viloyat – Guliston; davlat qonunlarini buzish –
jinoyat; eng qattiq metall – temir; geometrik shakl – to’rtburchak; aloqa vositasi – telefon;
qadimgi yunon dostonlari – “Iliada” va “Odisseya”; paxta yetishtiradigan mamlakat –
Ozarbayjon; temuriylar davlatining asoschisi – Amir Temur; til qurilishi qoidalarini o’rganuvchi
fan – sintaksis; hissiy bilish bosqichi – idrok; “qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar”
asarining muallifi – Beruniy; tushunchani ta'riflash – definitsiya; siyosiy tashkilot – davlat;
badiiy asar – roman.
26-mashq. qo’yidagi amallarning qaysilarida ikkinchisi birinchisining
chegaralash natijasi hisoblanadi.
Tabiiy hodisa – zilzila; vodiy – Zarafshon vodiysi; haykaltaroshlik – ta'sviriy san'at
sohasi; Rim – Italiyaning poytaxti; halq tabobati – tibbiyot sohasi; Vatikan – diniy davlat;
sabzavot – karam; ishlab chiqarish korxonasi – fabrika; demokratik tamoyil – qonunning
ustuvorligi; I.A.Karimov asari – “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”; asar –
badiiy asar.
27-mashq.
qo’yidagi
amallarning
qaysilarida
ikkinchisi
birinchisining
umumlashtirish natijasi xisoblanadi.
Institut talabasi – talaba; kotib – ilmiy kotib; fuqaro – qadimgi Afina fuqarosi; huquq –
fuqarolik huquqi; Afrikadagi yirik daryo – Nil; Sergey yesenin – rus shoiri; sport turi – tennis;
kema – paroxod; baliq – seld; sud – xo’jalik sudi; g’oya – milliy g’oya; o’t – olov; yigit ismi –
Farxod; bino – binoning birinchi qavati.
28-mashq. qo’yidagi tushunchalarni to’liq chegaralang.
Masalan, san'at – tasviriy san'at – rassomchilik – freska.
Tirik mavjudot, fan, texnika, sanoat, qonun, shakl, huquqiy hujjat, millat, ma'naviy
madaniyat, din, kasallik, ilmiy atama, o’yinchoq, asbob, xom ashyo, siyosiy institut, qadimgi
davlat, hashorat, tushunchalar o’rtasidagi munosabat, parfyumeriya.
29-mashq. qo’yidagi tushunchalarni to’liq umulashtiring.
Masalan, “Mantiq fani” asari – V.F.Gegel asari – mantiqga oid asar – ilmiy asar – asar.
Erkin Vohidov, Venetsiya, maymun, kubizm, formal mantiq, Nyuton qonuni, to’g’ri
burchakli uchburchak, “Alpomish” dostoni, 2,45, Z.M.Bobur, Urmiya ko’li, “Neksiya”
avtomobili, yehhT, kriminalistika, natriy, ertak, qotillik, o’zbek millati, “Paxtabank”, aspirin,
masjid.
30-mashq.
Ta'riflashning
turini,
ta'riflanayotgan
va
ta'riflovchi
tushunchalarni hamda ularning jins va turini ko’rsating.
Masalan, fan (A) – o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega
bo’lgan (V) olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir (S) – yaqin
jins va turini ko’rsatish orqali ta'riflash.
a) It – sut emizuvchi umurtqali hayvon; b) ontologiya – falsafaning borliq haqidagi
ta'limotni izohlaydigan qismi; c) simob – suyuq metall;
d) qozog’iston – Markaziy Osiyoda joylashgan davlat; e) Frensis Bekon – ingliz
faylasufi; f) qur'oni Karim – islom dinining muqaddas kitobi; g) karate – sharq yakka kurashi; h)
“Monadologiya” – G.V.Leybnitsning falsafa va mantiqga oid asari; i) jaz – XIX asr oxirlarida
AqShda vujudga kelgan musiqa san'ati;
j) Ossuriya – qadimgi Sharq davlati; k) nazariya – ma'lum bir sohaga oid tasavvurlar,
tushunchalar, g’oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, predmetlarni yaxlit tarzda anglashga
imkon beradigan bilim shaklidir.
31-mashq. qo’yidagi tushunchalarni nominal ta'rifini keltiring.
Masalan, 1. Sillogizm yunoncha so’z bo’lib “qo’shib hisoblash” degan ma'noni
bildiradi – nominal ta'rif.
Konstitutsiya, parlament, investitsiya, geometriya, lingvistika, monopoliya,
simmetriya, karroziya, entsiklopediya, filosofiya, kategoriya, genetika, psixologiya,
demokratiya, respublika, senat, Avesto, korparatsiya, shariat, farmakalogiya, Bibliya,
metodologiya, semantiqa, polis, megapolis, algebra, madaniyat,biologiya, estetika, definitsiya,
profitsit, miqdor, kredit, ma'naviyat, arxeologiya, fiziologiya, mexanika, informatika,
dramaturgiya, selektsiya.
32-mashq. qo’yidagi tushunchalarni yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali
ta'riflang.
Masalan, Sintaksis – so’zlarning bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini
o’rganadigan tilshunoslik bo’limidir. So’zlarning bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini
o’rganishi – jins belgisi, tilshunoslik bo’limi ekanligi – tur belgisi xisoblanadi.
Kenguru, romb, aksiologiya, syurrealizm, makkajo’xori, Suvaysh kanali, feodal,
anoganik modda, G. Galiley, geodeziya, kesim, nazm, senat, tralleybus, kuzatish, tajriba,
bakalavriat, mehnat huquqi, Kaspiy dengizi, tasavvur, pragmatika.
33-mashq. qo’yidagi tushunchalarning genetik ta'rifini keltiring.
Masalan, Millat – kishilarning umumiy til, urf-odat, an'ana va madaniyatga ega bo’lgan
etnik birligi.
Kislota, silindr, yarim orol, ichki yonuv dvigateli, ijtimoiy jarayon, organik modda, jazo,
kasallik, monopoliya, konfederatsiya, amaliyot, idrok, tushunchani umumlashtirish, badiiy
ijodiyot, ma'naviy komillik, degradatsiya, integratsiya, universal sinf, instantsiya, termin,
tasodif, aktsionerlik jamiyati, ekvivalentsiya, avtonom respublika, yuridik shaxs, uyushma,
loqaydlik.
34-mashq. qo’yidagi tushunchalarning genetik va operatsional ta'riflarini keltiring.
Masalan, Suv – ikkita vodorod va bitta kislorod atomidan tashkil topgan modda –
genetik ta'rif. Suv suyuqlik bo’lib, Q100 ( S da bug’lanadi.
Federatsiya, og’irlik, topografiya, jazo, abstrakt, ideal, gipoteza, tasavvur, noyob,
korpus, immunitet, parallel, fazo, tekislik, yorug’lik, paleolit, natural ho’jalik, oxirat, silindr,
qattiq, erta, yerosti, mo’l, o’tirish.
35-mashq.qo’yidagi tushunchalarning atributiv – relyatsion (sifat- munosabat) ta'riflarini
tahlil qiling va qaysi tushuncha ta'riflanayotganini ko’rsating.
Masalan, O’zining siyosiy mustaqilligiga ega bo’lgan davlatlar halqaro munosabatlarda
teng huquqli hamkorlikni amalga oshiradi. O’zining siyosiy mustaqilligiga ega bo’lish –
davlatga xos sifat. halqaro munosabatlarda teng huquqli hamkorlikni amalga oshirish – bu
yuqoridagi sifatni boshqa tushunchalar bilan munosabatda namoyon bo’lishidir.
Ta'riflanayotgan tushuncha – davlat.
a) o’z xajmiga ega bo’lgan predmet fazoda joylashadi; b) har qanday jamiyat a'zosi
bo’lgan inson ijtimoiy munosabatga kirishadi; c) bir tushuncha tarkibiga kiradigan boshqa
tushuncha unga buysunish munosabatida bo’ladi; d) yuqori jismoniy tayyorgarlikga ega bo’lgan
sportchi musobaqada boshqalardan ustun keladi; e) ezgu fikrga ega shaxs boshqalarga
yovuzlikni ravo ko’rmaydi; f) o’z hududiga ega bo’lmagan davlat boshqa davlatlar bilan
chegaradosh bo’lmaydi; g) aylana shakldagi geometrik shakl romb bo’la olmaydi; h) qarama-
qarshi belgiga ega tushunchalar moslik munosabatida bo’lmaydi.
36-mashq. qo’yidagi ta'riflarda tushunchani ta'riflashni birinchi qoidasini (ta'riflash teng
xajmli bo’lishi kerak) qaysi jihatlariga rioya etilmaganligini alohida ajratib ko’rsating va to’g’ri
ta'rifini keltiring.
Masalan, 1.Fil – to’rt oyoqli hayvon – ta'rif o’ta keng hajmli; 2.Narx – tovarlarni ishlab
chiqarish uchun ketgan harajatlar qiymati – ta'rif o’ta tor hajmli; 3.Kompozitor – qo’shiq ijro
etuvchi san'atkor – ta'rif kesishuvchi.
a) jinoyatchi – qotillik sodir etgan shaxs; b) uchburchak – geometriyaga oid tushuncha;
c) auditoriya – labarotoriya mashg’ulotlari o’tkaziladigan xona;
d) dotsent – pedagogika institutida dars beradigan o’qituvchi; e) sportchi – futbol bilan
shug’ullanadigan kishi; f) Xristofor Kolumb – sayyoh; g) mehnat – inson tomonidan o’zi uchun
turar joy qurishga qaratilgan jismoniy hatti-harakat; h) animizm – hayvonlarda jon va ruhning
mavjudligini e'tirof etuvchi diniy tasavvur; i) N.A.Berdyaev – “Erkinlik falsafasi” asarining
muallifi;
j) hindiston – choy ishlab chiqaruvchi mamlakat;
37-mashq. qo’yidagi tushunchalarni ta'riflashning uchinchi qoidasi (ta'rif aylanma
bo’lmasligi kerak)ga rioya qilmasdan ta'riflang.
Masalan, Ijodkor – ijod bilan shug’ullanadigan kishi.
Go’zallik, ommaviy madaniyat, realizm, noosfera, sababiyat, haqiqat, politologiya,
teorema, kvantor, mafkura, imkoniyat, istiqbol, ateist, firibgarlik, printsipiallik, materialist,
liberal, real, ahloqiylik, gumanizm, madaniyatsizlik, zanjirli reaktsiya, arxaik madaniyat,
nominal ta'rif, protestant, klassik yozuvchi, operator.
38-mashq. qo’yidagi tushunchalarni ta'riflashning to’rtinchi qoidasi (ta'rif inkor shaklida
bo’lmasligi kerak)ga rioya qilmasdan ta'riflang.
Masalan, Gaz – suyuqlik emas.
Zig’ir, metafora, taftologiya, materiya, kraxmal, Gollivud, shimol, Axriman,
polisillogizm, dizyunktsiya, umumiylik, vertikal, ahloqsizlik, raddiya, ko’plik, kasaba
uyushmalari ittifoqi, o’tmish, bronxit, gigiena, Kipr, turist, sifat, oddiy, sog’lom fikr, aniq ta'rif,
javob, behisob, demokratik jamiyat.
39-mashq.Tushunchalarni ta'riflashning to’g’ri yoki xatoligini tekshiring hamda
ta'riflashning qaysi qoidasi buzilganligini aniqlang.
Masalan, O’qituvchi – kasb egasi, ta'riflash haddan tashqari keng olingan, (A Vs).
To’g’ri ta'rifi: O’qituvch – -o’quvchilarga ta'lim va tarbiya berish bilan shug’ullanadigan kasb
egasi (AqVs).
miqdor – predmetning hajmini ifodalovchi o’lcham; b) tulki – ayyor hayvon;
c)siyosat– ijtimoiy xodisadir; d) kategoriya–olamdagi munosabatbog’lanishlarni
ifodalovchi falsafiy tushunchadir; e) genetik ta'rif – tushunchalarni kelib chiqishini ko’rsatish
orqali ta'riflashdir; f) sonlarni qo’shish – sonlarni bo’lish emas; g) tushuncha – tafakkur shakli;
h) analiz – sintezga qarama-qarshi bo’lgan mantiqiy jarayon; i) biznesmen – biznes bilan
shug’ullanuvchi kishi;
j) davlat – ijtimoiy tashkilot; k) talaba – pedagogika institutida o’quvchi.
40-mashq. Tushunchani bo’lish turini, bo’linayotgan tushunchani, bo’lish a'zolarini va
bo’lish asosini ko’rsating.
Masalan, Davlat boshqaruvining respublika shakli – prezidentlik va parlamentar
respublikasiga bo’linadi. Asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish, “davlat
boshqaruvining republika shakli” – bo’linayotgan tushuncha, “prezidentlik respublikasi”,
“parlamentar respublikasi” – bo’lish a'zolari, davlat boshqaruvining shakllanishiga ko’ra –
bo’lish asosi.
fanlar tabiiy, ijtimoiy va aniq fanlarga bo’linadi; b) badiiy asarda ijobiy va salbiy
obrazlar bo’ladi; c) davlat boshqaruv shakliga ko’ra monarxiya va respublikaga bo’linadi; d)
kimyoviy elementlar metall va metall emaslarga bo’linadi; e) hayvonlar organizmi sodda va
murakkab tuzilishga ega; f) borliqda tabiiy va ijtimoiy hodisalar mavjud; g) uchburchak o’tkir
burchakli, o’tmas burchakli va to’g’ri burchakliga bo’linadi; h) banklar davlat banki va xususiy
bankga bo’linadi.
41-mashq. qo’yidagi tushunchalarni bo’lishning barcha turlari bo’yicha bo’lib chiqing.
Masalan, Ommaviy axborot vositalari televidenie, radio va matbuotdan iborat.
hayvonlar yirtqich va yirtqich emaslarga bo’linadi.
Bino, transport, Afrika davlatlari, san'at, kislota, ijtimoiy ong shakllari, jamiyat, musiqa,
tashkilot, ilmiy qonun, elektron zarra, uchburchak, ilon, sug’orish inshootlari, oliy o’quv
yurtlari, yuridik normalar, din, fizikaviy xossa, mantiqiy sinf, tushunchalarni bo’lish, ijtimoiy
ong, sezgi, hodisa, tushunchaning belgisi.
42-mashq. Tushunchalarni bo’lishning to’g’riligini tekshiring hamda bo’lishning qaysi
qoidasi buzilganligini ko’rsating.
Masalan, hayvonlar organizmining tuzilishiga ko’ra sodda, murakkab va umurtqaliga
bo’linadi. Bo’lish bir asos bo’yicha olib borilmagan.
a) neft – qora oltin; b) to’rtburchak – uchburchak ham, beshburchak ham bo’lmagan
tekis yopiq geometrik shakl; c) vertolyot – og’ir havo uchuvchi apparati; d) yopiq jamiyat –
begonalar kirishi taqiqlangan jamiyat; e) tushunchalar mazmuniga ko’ra konkret va mavhumga
bo’linadi; f) guruhimiz talabalari a'lochi va iqtidorliga bo’linadi; g) o’qituvchilar oliy ma'lumotli
va tarixchilarga bo’linadi; h) tarix qadimgi, o’rta asrlar va eng yangi davrga bo’linadi; i)
respublikalar mustaqil va yevropa respublikalariga bo’linadi.
43-mashq. qo’yidagi tushunchalar yordamida sinflarni qo’shing. Amalni chizma
ko’rinishida ifodalang va qo’shish belgilari yordamida yozing.
Masalan?g`“O’simlik” (A) va “daraxt” (V) sinflarini qo’shganda “o’simlik”
sinfi hosil bo’ladi: uning shakli A V
fan, mantiq; b) oliy o’quv yurti, institut; c) professor, deputat; d) eng katta suv havzasi,
okean; e) davlat boshlig’i, prezident; f) chin, xato; g) o’quv maskani, institut, kollej, litsey; h)
O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston.
Hukmning umumiy xarakteristikasi. Hukm va gap.
Hukm predmetga ma'lum bir xossa va munosabatning xos yoki xos emasligini
ifodalovchi tafakkur shaklidir. hukmlar tasdiq va inkor shaklida bo’ladi. Masalan, tushuncha
tafakkur shaklidir – tasdiq hukm, tushuncha gap emas – inkor hukm. Fikr yuritish jarayonida biz
predmet va hodisalarning ichki, zaruriy xossalari, bog’lanishlari va munosabatlarini bilib
boramiz. Predmetlar haqida hosil qilingan bilimlar hukm yordamida ifodalanadi. hukm ham
tushunchaga o’xshash ob'ektiv voqe'lik in'ikosi natijasi sifatida fikrni ifodalashning mantiqiy
shaklidir. Bizning har bir chin (yoki xato) fikrimiz voqelikdagi narsa va xodisalarning xossalari,
o’zaro munosabatlari borligi yoki yo’qligi hamda bu voqelik elementlarining xossalari, ular
orasidagi munosabatning doimiyligi, zaruriy yoki tasodifiyligi xaqida borsa, unda bizning
fikrimiz hukm shaklida ifodalanadi. Tasdiq yoki inkor har bir hukmning xarakterli belgisidir.
Shuning uchun, agar hukm o’ziga xos bo’lgan tasdiq yoki inkor belgisiga ega bo’lmasa, u hukm
bo’la olmaydi. Demak, hukm narsa va xodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va
munosabatlari haqidagi tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir.
Chin hukmda buyum belgisi va munosabati xaqidagi fikr voqe'likda buyum belgisi
va munosabati qanday bo’lsa, xuddi shunday olinadi. Masalan, Antarktida okeandir – chin
hukm. Agar voqe'likdagi buyumlarga xos xususiyat va munosabat xos emas deb, xos emas
xossa va munosabat xos deb olinsa, unda hukm albatta xato bo’ladi. Masalan, Antarktida okean
emas va Antarktida dengizdir – xato hukmlar hisoblanadi.
Tafakkur til bilan bog’liq bo’lganligi sababli hukm gap bilan bog’liq. hukm va gap
aynan bir xil emas. hukm mantiqiy kategoriya bo’lsa, gap grammatik kategoriya hisoblanadi.
Barcha gaplar ham hukmni ifodalamaydi. So’roq, undov va buyruq gaplar asosan hukmni
ifodalamaydi. Ba'zi so’roq gaplar (so’roq - ritorik) gaplar hukmni ifodalaydi. Masalan, “Onani
kim sevmaydi?” so’roq gapi “Onani hamma sevadi” ma'nosidagi darak gap o’rnida ham kelishi
mumkin. So’roq gaplarning asosiy maqsadi javob olishdir. Shuning uchun so’roq gaplar bir
qator hukmlar yordami bilan ma'lum xabarni yetkazish usulidir. So’roq gapdagi «nima bo’ldi:?»
so’rog’i «nimadir bo’lganligi» hukmini ifodalaydi. Bunday holat bo’lmaganda edi, so’roq ham
ma'nosiz fikrga aylanar edi. Shuning uchun har bir so’roq gapda ikki bo’lak, birinchisida
boshlang’ich xabar «nimadir bo’lganligi» va ikkinchisida aynan “qaysi hodisa bo’lganligi”
haqidagi savol spetsifikasini tashkil etuvchi muaammo mavjud. Shunga o’xshash holat undov
gaplarda ham mavjuddir. Fikrlash jarayonida turli xil savollarga bir xil gap shaklida javob
beriladi. Shuning uchun bitta gap turli xil hukmlarni ifodalashi mumkin. Bundan tashqari hukm
bilan gapning tarkibi bir-biridan farq qiladi. Gapda ega va kesim bir yoki bir necha so’z
yordamida ifodalanadi. Shuning uchun gapda ega va kesimdan tashqari, boshqa bo’laklar
aniqlovchi, to’ldiruvchi kabi bo’laklar ishtirok etishi mumkin, shunga qarab gapnig strukturasi
o’zgarib turadi. hukm tarkibi qat'iy bo’lib, sub'ekt, predikat va ularni munosabatini aniqlovchi
bog’lovchidan iborat bo’ladi. hukmning sub'ekti – bu hukmning predmetini ifodalovchi
tushuncha bo’lib, S simvoli bilan ifodalanadi. hukmning predikati – uning predmeti belgisi va
munosabatini ifodalovchi tushuncha bo’lib, P simvoli bilan ifodalanadi. Sub'ekt va predikat
hukmning terminlari hisoblanadi. Subekt va predikat munosabatini mantiqiy bog’lovchi “ – ”
ifodalaydi. U o’zbek tilidagi “ifodalaydi”, “hisoblanadi”, “boradi”, “keladi” kabi fe'llarga to’g’ri
keladi. hukmning formulasi – S – P. Masalan, daftar (S) – (bog’lovchi) o’quv quroli (P).
Oddiy hukmlarning son va sifat jihatidan bo’linishi.
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana
bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq oddiy
hukmni ajratish mumkin bo’lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Murakkab hukmlar
haqida keyingi paragrafda to’xtalib o’tamiz.
Oddiy hukmlar xususiyatiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
a) Hukmning sifat jihatidan bo’linishi. Mantiqda sifat jihatidan hukmlar tasdiq
va inkor hukmlarga bo’linadi. Agar hukm buyumga xos bo’lgan biror belgi va munosabatni
qayd etuvchi bo’lsa, u tasdiq hukm bo’ladi. Masalan, “Bugun mantiq darsi bo’ldi”. Ba'zan agar
hukm predikati inkor etuvchi va undagi bog’lovchi tadiqlovchi bo’lsa, hukm albatta tasdiqlovchi
bo’ladi. Masalan, “Bu qaror asossiz hisoblanadi”. Inkor hukm esa tasdiq etilgan buyum
belgilarini rad etishdan iborat. Masalan, “Terak mevali daraxt emas”.
Tasdiq va inkor hukmlar o’rtasida hamma vaqt o’zaro bog’lanish mavjud. Bunday
holatning bir munosabatdagi tasdiq hukmning ikkinchi munosabatda inkor ham bo’lishida
ko’rish mumkin. hamma vaqt bir belgini tasdiqlash, unga zid bo’lgan boshqa bir belgini inkor
etishdir. Mantiqda tasdiq hukm S – P dir, inkor hukm esa S – P emas formulasi bilan
ifodalanadi.
b) hukmning son jihatidan bo’linishi. hukm sub'ektida ifodalangan predmetlarning
miqdoriga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. har bir hukm faqat o’z sifati bilangina ajralmasdir
balki son bilan xam ajraladi. hukm bir predmet, predmetlar sinfining bir qismi va predmetlar
sinfiga kiruvchi barcha predmetlarning xossa va munosabatlarini tasdiqlashi yoki inkor qilishi
mumkin. Shu jihatidan hukmlar yakka, juz'iy va umumiyga bo’linadi.
Yakka hukm bir predmetga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi.
Yakka hukm hukmlar sub'ekti yakka tushunchalar bo’ladi. Masalan: Ahmedov ikkinchi kurs
talabasi yoki Ahmedov uchinchi kurs talabasi emas. Yakka hukmlar formulasi:
“S – P dir” yoki “S – P emas”.
Juz'iy hukmlar deb predmetlar sinfining ma'lum qismiga xos va xos bo’lmagan belgi va
munosabatni ifodalaydi. Juz'iy hukm «ba'zan S – P dir» yoki «ba'zan S – P emasdir»
formulasiga ega. Masalan: ba'zi yoshlar talabadir yoki ba'zi yoshlar talaba emas.
Umumiy hukmlar predmetlar sinfining butun qismiga xos va xos bo’lmagan belgi
va munosabatni ifodalaydi.. Umumiy hukm sub'ekti hamma vaqt tasdiqlovchi bo’lsa, «hamma»,
«har bir», inkor etuvchi bo’lsa «hech bir», «hech qaysi» va boshqa tushunchalar orqali
ifodalanadi. Masalan: hamma fanlar o’z tadqiqot ob'ektiga ega. hech bir metall gaz emas.
Umumiy hukmlar tasdiqlovchi shaklda «hamma S – P dir», inkor shaklida esa «hech bir S – P
emas» formula bilan ifodalanadi.
Hukmlarning son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi. hukmlar son va sifat
jihatidan umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz'iy tasdiq va juz'iy inkor hukmlarga bo’linadi.
Yakka tasdiq va yakka hukmlar bunda alohida guruhga ajratilmaydi va umumiy hukmlar bilan
tenglashtiriladi.
Umumiy tasdiq hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra tasdiq hisoblanadi.
Masalan: hamma daryolar (S) o’z oqimiga ega (R). Umumiy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi
A harfi bilan belgilanadi.
Umumiy inkor hukmlar soniga ko’ra umumiy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi.
Masalan: hech bir o’simlik hayvon emas. Umumiy inkor hukmlar lotin alifbosidagi ye harfi
bilan belgilanadi.
Juz'iy tasdiq hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra tasdiq hisoblanadi. Masalan:
Ba'zi ishchilar zavodda ishlaydi. Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi I harfi bilan
belgilanadi.
Juz'iy inkor hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi. Masalan:
Ba'zi hashoratlar uchmaydi.Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi O harfi bilan belgilanadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlarda terminlar(sub'ekt va predikat)ning
hajmiga ko’ra to’liq va to’liqsizga bo’linadi.
Umumiy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liq, predikati esa to’liq yoki to’liqsiz
hajmda bo’ladi. Masalan: “hamma talabalar o’quvchidir”. Bu yerda hukmning sub'ekti to’liq,
predikati to’liqsie, chunki barcha o’quvchilar talaba emas. “hamma insonlar ongli mavjudotdir”.
Bu yerda hukmning sub'ekti ham, predikati ham to’liq olingan, chunki faqat insonlargina ongli
mavjudotdir.
Umumiy inkor hukmlar ning sub'ekti va predikati har doim to’liq hajmda olingan
bo’ladi. Masalan:
Juz'iy tasdiq hukmlarning sub'ekti har doim to’liqsiz, predikati esa to’liq yoki to’liqsiz
hajmda olingan bo’ladi. Masalan: “Ba'zi o’simliklar daraxtdir”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz,
predikat esa to’liq olingan, chunki fikr o’simliklarning bir qismi va daraxtlarning barchasi
haqida ketayapti. “Ba'zi respublikalar yevropada joylashgan”. Bu hukmda sub'ekt to’liqsiz,
predikat esa to’liqsiz olingan, chunki respublikalarning va yevropa davlatlarining bir qismi
haqida fikr yuritilmoqda.
Juz'iy inkor hukmlarning sub'ekti to’liq va predikati to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi.
Hukmlarning predikat mazmuniga ko’ra turlari. 1.Atributiv (xususiyat) hukm.
2.Mavjudlik hukmi. 3.Munosabat hukmi.
1.Atributiv (xususiyat) hukmlar buyumlarning o’z belgilari bilan bo’lgan
bog’lanishlarini ifodalaydi.
Buyumlar belgisiz bo’lmagani kabi, belgilar ham buyumlardan ajralgan holda
bo’lmaydi.
2.Munosabat hukmi ob'ektiv borlikdagi buyumning bor yoki yukligin haqida ma'lumot,
bilim beradi.
3. Munosabat hukmlari. Bu hukmlar ikki yoki undan ko’p buyumlarning fazoga,
vaqtga, jinsga, ketma-ketlikka va tenglikka nisbatan bo’lgan munosabatlarini aks ettiradi.
Mantiq ilmida munosabat hukmlari «ARV» formulasi bilan ifodalanadi. Bunda
«A» va «V» belgilari buyumlar xaqidagi tushunchani; «R» belgisi esa ular orasidagi
munosabatni ko’rsatadi.
Endi yuqorida aytilgan munosabatlarni kursatadigan hukmlaga misol keltiramiz.
1. Buyumlarning fazodagi munosabati: «Ukraina Rossiyaning g’arbida
joylashgan».
2. Vakt munosabati: «Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi».
3. Tenglik: «institutning bosh binosi uning yangi binosidan katta».
4. Jins munosabati: «Ulug’bek qaxramonning ukasi».
5. Ketma-ketlik : «Ikkinchi jaxon urushi birinchi jaxon urushidan yigirma
besh yildan keyin bo’lgan».
Hukmlarning modallik bo’yicha bo’linishi. Hukmlarning modallik bo’yicha
bo’linishiga hukm predikatidagi belgining fikrimiz predmetida tasdiq yoki inkor shakldagi
bog’lanish darajasi asos bo’ladi. Shunga ko’ra, mantiqda hukmlar ikki asosiy guruhga bo’linadi.
Hukmlar ob'ektiv modalligiga qarab ehtimoliy, voqeiy va zaruriyga va ikkinchidan,
uning mantiqiy modalligiga qarab, problematik va ishonchli hukmlarga ajraladi.
1. Hukmnng ob'ektiv modalligi inson ongidan tashqari bo’lgan buyumlarning ob'ektiv,
ehtimoliy, voqeiy yoki zaruriy bog’lanishlarini aks ettiradi.
a) Ehtimoliy hukmlar narsalar, xodisalar va ularning belgilari o’rtasidagi
bog’lanishning tasdiq yoki inkor shakli extimoliy bo’lishini yoki bo’lmasligini ko’rsatadi.
Mantiqda ehtimoliy hukm «extimol S - R emas» formulasi bilan ifodalanadi.
Ehtimoliy hukmlarning chinligi va bu hukmlarning voqeiy hukmlarga aylanishi, aytilgan
xodisaning qanday darajada yuz berishi bilan bogliq. Odatda, ehtimoliy hukmlar haqiqatga zid
bo’lmasalar, albatta, chin vokeiy hukmlarga aylanadi.
b) Voqeiy hukmlar predmet bilan belgilar orasidagi, ya'ni S va R orasidagi bog’lanish
aniq ekanligi, ya'ni hukm fakt va bo’lgan voqeaning haqiqat ekani yoki emasligi haqida xabar
beradi. Odatda, voqeiy hukmlar ifoda etilgan voqeaning mavjud xolatini qayd qilishga
qaratilgan bo’ladi. Bunday vaqtda bog’lanishning tasodifiy yoki zaruriy ekanligi alohida
ko’rsatiladi.
O’zbek adabiy tilida voqelik hukmlar, agar ular tasdiqlovchi bo’lsa, «so’zsiz»,
«haqiqatan», «ham», «albatta», «shubxasiz», «darhaqiqat» kabi so’zlar yordami bilan ham
ifodalanadi.
c) Zaruriy-apodiktik hukmlar turli sharoitlardi ham buyumlar, ham ularning belgilari
o’rtasidagi bog’lanishlarning zaruriy bor yoki yo’kligini aks ettiradigan hukmlardir. Zaruriy
hukmlar tabiat, jamiyat qonuniyatlari va aqidalarini ifodalaydi. Ikkinchi xil qilib aytganda,
zaruriy hukm narsalar, xodisalar bilan belgilar orasidagi bog’lanishning muqarrar ekanligini
aniqlab beradi.
2.
Fikrning isbotlanuvchanlik darajasiga qarab hukmning mantiqiy modalligi ikki
asosiy qismga: a) problematik va b) ishonchliga bo’linadi.
a) Mantiqiy modallikdagi problematik hukm o’z xususiyatlari bilan ob'ektiv
modallikdagi extimoliy hukmlardan ajraladi. Ob'ektiv modallikdagi problematik hukm
tajribadan tekshirilgan bo’lib, uning yukorida bayon etilgandek, voqelikka o’tishi, ya'ni ob'ektiv
voqelikni aks ettirishi muqarrardir.
Mantiqiy modallikdagi problematik hukmning xulosasi hali tajribada tekshirilmagan
bo’ladi. Shuning uchun ham narsa, xodisa va ular belgisi orasidagi bog’lanish tasdiq yoki inkor
problematik shaklda ifodalanadi.
Shuning uchun mantiqiy modallik shaklidagi problematik hukm: tasdiq shaklida
«ehtimol S – P dir» va rad etuvchi shaklda «ehtimol S – P emas» formulalaridan foydalaniladi.
b) Ishonchli hukmlar tafakkur premetlari uchun ma'lum xususiyatni – belgining
xos yoki xos emasligini aniqlaydi. Bunday hukmlar “S – P dir” yoki “S – P emas” formulalari
bilan ifodalanadi.
Murakkab hukmlar va ularning turlari.
Biz shu vaqtga qadar, sodda hukmlar, ya'ni bir sub'ekt va predikatdan iborat bo’lgan
hukmlar ustida fikr yuritdik. Agar hukm tarkibida birdan ortiq sub'ekt va predikat bo’lsa, u
murakkab hukm xisoblanadi. Mantiqiiy munosabatiga qarab murakkab hukmlar uch asosiy
qismga, ya'ni qo’shuvchi (kon'yunktiv), ayiruvchi (diz'yunktiv), shartli (implikativ), va
ekvivalentlik hukmlarga ajraladi.
a) qo’shuvchi (kon'yunktiv) hukmlar. Ikki yoki undan ortio` sodda hukmlarning
«va» bog’lovchisi yordamida qo’shiluvidan tashkil topgan murakkab hukmlar qo’shiluvchi
(kon'yuktiv) hukmlar deb yuritiladi. qo’shuvchi murakkab hukmlar formal mantiq fanida
qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: p(q Masalan, Alisher Navoiy va Z.M. Bobur o’zbek
mumtoz adabiyoti vakillaridir.
P
q
P
q
P
q
CHin
CHin
Xato
xato
CHin
Xato
CHin
xato
CHin
Xato
Xato
Xato
b) Ayiruvchi (diz'yunktiv) hukmlar. Bunday hukmlarning sub'ekti yoki predikati bir
necha narsalar, xodisalarni yoki ularning belgilarini ifodalashi mumkin. Uning formulasi formal
mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi: pvq. Ayiruvchi hukmlar formulasi qo’yidagi shakllarda
ifodalanadi:
«S yoki R yoki R1 yoki R2 dir»
Yoki «S yoki S1 yoki S2 – R dir».
Birinchi shaklda bir sub'ekt va bir predikat bo’lsa, ikkinchi shaklda, aksincha bir
necha sub'ekt va bir predikat bor.
Bo’lingan hukmlarda sub'ektga ta'luqli bo’lgan predikatlar ba'zan o’zaro
bog’langan va ba'zan esa bir-biriga zid bo’ladilar.
P
q
P
q
P
q
CHin
CHin
Xato
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
CHin
CHin
CHin
Xato
P
q
P
q
CHin
CHin
Xato
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
Xato
CHin
CHin
Xato
s) Shartli (implikativ) hukmlar asos va natija bog’lanishini shartli ravishda ifodalaydi.
Bunday hukmlar o’z tarkibida bir necha sub'ekt va predikatga ega bo’lib, ma'lum bir buyumni
tasdiq yoki inkor etadi. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi:
R → q
P
q
P
q
CHin
CHin
Xato
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
CHin
Xato
CHin
CHin
Shartli hukm tasdiqlovchi bo’lsa: «Agar S – P bo’lsa, unda S1 – P1 dir» inkor etuvchi
bo’lsa u « S – P bo’lmasa, S1 – P1 emas» formulasi bilan ifodalanadi va xokazo.
Shartli
hukmlar ham boshqa turdagi hukmlarga o’xshash chin yoki xato bo’lishi mumkin. Agar asos
uchun keltirilgan shart natijasi extiyoj bilan bog’liq bo’lsa, u chin bo’la oladi. Agar shartli
hukmda bir xodisaning ikkinchi bir xodisa bilan shartli munosabatda bo’lishi noto’g’ri aks
ettirilsa, u xato bo’ladi.
d) Ekvivalentlik hukmlar. Ekvivalentlik hukmlari “agar va faqat agar ... unda” mantiqiy
bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmlarning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Unda ikki
holatning mavjud bo’lishi bir-biri uchun zarurat hisoblanadi. Ekvivalentlik hukmlar formulasi
qo’yidagicha ifodalanadi: p(q
P
q
P
q
P
q
CHin
CHin
Xato
Xato
CHin
Xato
CHin
{ato
CHin
Xato
Xato
CHin
Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar.
Hukm o’z sifati va soniga ko’ra juz'iy tasdiq (J); juz'iy inkor (O); umumiy tasdiq (A) va
umumiy inkorga (E) bo’linishi yuqorida aytib o’tildi. Mana shu hukm shakllari o’zaro turlicha
munosabatda bo’ladi. hukm munosabatlari chin va xato hukmlar orasidagi holatni belgilaydi.
hukmlar
o’rtasidagi
munosabatlar
ham
tushunchalar
kabi
taqqoslanadigan
va
taqqoslanmaydiganga bo’linadi. Taqqoslanadigan munosabatlar o’z navbatida sig’ishadigan va
sig’ishmaydigan munosabatlarga bo’linadi. Mantiqda hukmlar o’rtasidagi munosabatlar
«Mantiqiy kvadrat» ko’rinishida ifodalanadi.
1.Qarama-qarshi munosabat umumiy tasdik (A) va umumiy inkor (E) hukmlar
O’rtasida bo’lib ular o’zlariga xos sub'ekt va predikatga ega bo’ladi. Bunday
munosabatga muvofiq agar bir hukm chin bo’lsa, unga qarshi bo’lgan hukm xatodir, ikki
qarama-qarshi hukm bir vaqtda chin bo’la olmaydi, ammo bir vaqtda xato bo’la oladi. Bu
qarama-qarshi hukmlarning (A yoki ye) xatoligidan ikkinchisining chin bo’lishi xaqida xulosa
chiqarish xatodir, u xato yoki chin bo’lishi mumkin.
2. Bir-biriga zid munosabatlar. Bunday munosabat umumiy tasdiq (A) bilan juziy
inkor (O) va umumiy inkor (E) bilan juziy tasdik (1) hukmlari orasida bo’ladi. Bu munosabat
qoidasiga muvofiq hukmlar chin va xato bo’la olmaydi; hamma vaqt biri chin va ikkinchisi esa
xato bo’ladi. Bunday bir-biriga zid bo’lgan hukmlar o’rtancha chin hukmning bo’lishiga yo’l
qo’ymaydi.
a) Bir-biriga zid munosabatda bo’lgan hukmdagi belgilar bir yoki bir guruhdagi
buyumlarga ta'lukli yoki ta'lukli emas. Shuning uchun ham bir vaqtda chin yoki xato bo’la
olmaydi. qarama-qarshi hukmda esa buyumdagi belgi ta'lukli yoki ta'lukli emasligiga qarab
birdaniga xato bo’lishi mumkin.
b) Qarama-qarshi hukm o’rtancha holat bo’lishi mumkinligini bir-biriga zid hukm esa
o’rtancha holat bo’lmasligini ko’rsatadi. qarama-qarshi hukmlar sub'ekti bir sinfdagi buyumning
xajmini o’z ichiga oladi. Bir-biriga zid buyum sub'ekti to’la xajmini o’z ichiga olmaydi.
3. Qo’yi qarama-qarshi munosabat juz'iy tasdik (J) va juz'iy inkor (O) hukmlar orasida
bo’ladi. Bunday hukmlar formulasi «Ba'zi S - P» va «Ba'zi S – P emas» shaklida ifodalanadi.
qo’yi qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar juz'iy bo’lib, biri tasdiq ikkinchisi inkor hukmdir.
qo’yi qarama-qarshi munosabatdagi hukmlar qarama-qarshi munosabatdagi hukmlardan farq
qiladi. qo’yi qarama-qarshi hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi, ammo bir vaqtda xato bo’lmasligi
mumkin.
4. Buysunuvchi munosabatdagi hukmlar. Bu hukmlar umumiy tasdiq (A) va juz'iy
tasdiq (J) hamda umumiy inkor (E) va juz'iy inkor (O) hukmlari orasida bo’ladi. Ikkinchi xil
qilib aytganda, A – J va ye – O munosabatlaridir. Bunday vaqtda umumiy hukmlar itoat
buysuntiruvchi va juz'iy hukmlar esa itoat buysunuvchi bo’ladi. Umumiy hukmlarning chinligi
juz'iy hukmlarning chinligiga olib boradi.
Savol va javob. Norma va hukm.
Savol va javob orqali bilimlarimiz predmetlar haqida avval hosil qilingan hukmlardan
ularni to’ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab boradi. Bu jarayon savolni
qo’yish va javobni topish orqali amalga oshadi. Savollar so’roq gap orqali ifodalanganligi uchun
hukmni ifodalamaydi. hukm predmet xaqidagi ma'lum bilimni qayd qilsa, savol uning yangi
xossa va munosabatlarni aniqlashga qaratiladi.Savolning qo’yidagi xususiyatlari
mavjud.Birinchidan,savolda ma'lum bir boshlang’ich bilim mavjud bo’ladi; ikkinchidan,
savoldagi asosiy bilim noaniq bo’ladi; uchinchidan, savolda predmet haqida to’laroq bilimga
ega bo’lish ehtiyoji bo’ladi.
Demak, savol bilimdagi noaniqlikni yo’qotish hamda aniq va to’la bilim hosil
qilishga qaratilgan fikrlash vositasidir.Savolning asosi (datum questioins ) unda
mujassamlashgan bilimdir.
Savolning qo’yidagi turlari mavjud:
To’g’ri va noto’g’ri savol.
Aniqlovchi va to’ldiruvchi savol.
Oddiy va murakkab savol.
Masala – savolning alohida bir turi bo’lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan
o’zgartirishni, yetishmayotgan ma'lumotlar bilan to’ldirishni, muhim jihatlarini ajratishni,
muhim bo’lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.
Savol qo’yishning qoidalari:
Savol til talablariga javob berishi kerak.
Savol aniq va qat'iy ifodalanishi kerak.
Savolning asosi chin hukmlardan iborat bo’lishi kerak.
Javob – predmet haqidagi avvalgi qo’yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtirilgan
yangi hukm. Javob savolni asosiga tayangan holda yangi bilim hosil qiladi. Javobni maqsadi
savoldagi noaniqlikni aniqlashdir.
Javobning turlari:
Bevosita javob – savolda ko’rsatilgan noma'lum sohaga taaluqli mulohaza.
Bilvosita javob – javobni qidirish sohasidan chetlashib, qo’shimcha ma'lumotlarga
murojaat qilish orqali hosil qilingan mulohaza.
To’liq javob – o’zida savolning barcha elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan
mulohaza.
To’liqsiz javob - o’zida savolning ba'zi elementlari haqidagi bilimni mujassamlashtirgan
mulohaza.
Chin javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq keladi.
Xato javobdagi mulohazalar borliqqa muvofiq kelmaydi.
qisqa javob “ha” yoki “yo’q” tarzidagi tasdiq va inkor shaklida bitta so’zdan iborat
bo’ladi.
Batafsil javob savolning har bir elementini takrorlaydigan mulohaza.
Aniq javob – to’g’ri qo’yilgan savolga bildirilayotgan fikr bo’lib,undagi so’zlar
mazmuni aniq bo’ladi.
Noaniq javobda ikki xil ma'noni anglatuvchi so’zlar ishtirok etadi.
Javobning to’g’ri bo’lishi qoidalari:
Javob aniq varavshan bo’lishi kerak.
Javob mantiqan ziddiyatsiz bo’lishi kerak.
Javob yetarli asosga ega bo’lishi kerak.
Javob savoldjagi noaniqlikni kamaytirishi kerak.
Norma amalga oshirilishi lozim bo’lgan yoki istisno qilinadigan hatti-harakatlardir.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. hukmni ifodalagan gapni toping va hukm terminlarini ko’rsating.
Masalan: O’zbekiston(S)Markaziy Osiyoda joylashgan mustaqil davlatdir (P).
Kit yer yuzidagi eng katta hayvondir;
inson faoliyati mahsuli bo’lgan til tafakkur bilan uzviy bog’liqdir;
Germaniya yevropaning markaziy qismida joylashganmikan?
odami ersang demagil odami (A. Navoiy);
qaysi talaba imtihondan a'lo baho olishni hohlamaydi;
dunyoda har doim tinchlik va barqarorlik bo’lsin;
axborot asri bo’lgan XXI asrda internet tarmog’ining mavqei oshadi;
inson uchun qimmatbaho bo’lgan sog’liqni asrash kerak.
2-mashq. hukmni turini aniqlang, atributiv va munosabat hukmlarni
sxemasini keltiring hamda munosabat va mavjudlik hukmlarni
atributiv hukmga aylantiring.
Masalan: Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan. S-Pdir.
Navoiy viloyati hududi boshqa viloyatlarnikidan kattadir-munosabat hukm,
xRy. Atributiv hukmga aylantirsak: Navoiy-hududi bo’yicha boshqa viloyatlardan katta bo’lgan
viloyatdir. O’zbekiston o’zining avtomobil sanoatiga ega-mavjudlik hukmi. Atributiv hukmga
aylantirsak: o’zbekiston-avtomobil sanoatiga ega davlatlardan biridir.
terrorizm-jamiyat taraqqiyoti tahdid soluvchi fenomen;
Alisher Anvardan katta;
O’zbekistonning shimolida qozog’iston joylashgan;
Ulug’bek Amir Temurning nevarasi;
Toshkent shahrida drama teatri bor;
I. Kant – nemis klassik falsafasining vakili;
Osiyoning hududi yevropanikidan katta;
iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarning ko’pchiligi yevropada joylashgan.
3-mashq. Qo’yidagi mavjudlik hukmlarning sub'ekti, predikati va
bog’lovchisini toping. hukmlarning soni va sifatini aniqlang,
kvantor so’zlarni ko’taring.
Masalan: Barcha (kvantor so’z) davlatlar (S) o’zining huquqiy
normalariga (P) egadir (bog’lovchi)-soniga ko’ra umumiy,
sifatiga ko’ra tasdiq.
Hech bir sporchi mag’lubiyatni istamaydi;
ba'zi talabalar a'lo bahoga o’qishadi;
ba'zi daraxtlar mevalidir;
O’zbekiston iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatdir;
ba'zi sut emizuvchi hayvonlar yirtqichdir;
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng katta shahardir;
“Avesto” zardo’shtiylik dinining asosiy manbasi hisoblanadi;
barcha halqlar tinchlik tarafdoridir;
gap grammatik kategoriya hisoblanadi.
4-mashq. hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasini bering, ularni
chizma va harflar bilan belgilanashini ko’rsating.
Masalan: Barcha tadbirkorlar ko’proq daromad olishga intilishadi. hamma S-P dir-
umumiy tasdiq (A).
hech bir dengiz suvsiz bo’lmaydi;
ba'zi qo’shiqchilar opera ijrochilaridir;
ba'zi hayvonlar suvda yashaydi;
ba'zi mutafakkir olimlar o’rta asrlarda yashagan;
barcha ilmiy nazariyalar isbotlangan bo’ladi;
barcha ilmiy gipotezalar isbottalab qiladi;
hech bir muvofaqqiyat mashaqqatsiz qo’lga kiritilmaydi;
ba'zi kasb egalari sanoat ishlab chiqarishida ishlaydi;
dangasalarning barchasi osonlik bilan boylik orttirishga intilishadi;
internetdagi ba'zi ma'lumotlar o’zbek tilida berilgan;
ba'zi davlatlar o’z parlamentiga ega emas.
5-mashq. hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasini bering, terminlar
o’rtasidagi munosabatlarni Eyler doirasi bilan ifodalang, sub'ekt bilan
predikatning taqsimlanishini aniqlang.
Masalan: Olma mevali daraxtdir.Umumiy tasdiq hukm (A). S-taqsimlangan P-
taqsimlanmagan.hech bir jinoyat to’la oqlanmaydi;
barcha yolg’on fikrlar o’zining yetarli asosiga ega bo’lmaydi;
guruhimizning ba'zi talabalari ingliz tili to’garagida ishtirok etishadi;
jahonda sodir bo’layotgan barcha siyosiy jarayonlar ma'lum darajada tarixiy
taraqqiyotga o’z ta'sirini o’tkazadi;
ba'zi hayvonlar qizil kitobga kiritilgan;
tabiatda ro’y berayotgan ba'zi ekologik o’zgarishlar inson faoliyati natijasida sodir
bo’lmoqda;
O’zbekiston Respublikasi hududida turli millat vakillari istiqomat
qilishadi;
h) barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlar tabiiy resurslar uchun ehtiyoj
sezishadi;
i) o’z sog’lig’i haqida qayg’uradigan kishilar doimiy vrach ko’rigidan o’tib
turishadi;
j) ilmiy induktsiya metodlari tabiiy fanlarda ham qo’llaniladi;
k ) terroristik harakatlar insoniyat sivilizatsiyasi uchun tahdid saladi.
6-mashq. qo’yidagi hukmlarda terminlar o’rtasidagi munosabatlarni
Eyler doirasi bilan ifodalang.
Masalan: Iikkinchi kursda mantiq fani o’tiladi.
Mantiqga oid qarashlar dastlab qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan;
genetikaning muammolarini o’rganish hozirgi zamon fani oldida turgan dolzarb
muammolardan biridir;
c) paxta O’zbekistonda eng ko’p ekiladigan texnik o’simlik;
d) Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasining parlamentidir;
e) buyuk davlatchilik shovinizmi g’oyasi bugungi kunda ko’p tarqalgan geosiyosiy
qarashlardan biridir;
f) ba'zi talabalar pedagogika institutida o’qishadi;
g) hamma talabalar ham o’tilgan mavzuni to’liq o’zlashtirisha olmaydilar;
h) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’z samarasini bermoqda;
i) Farobiy Sharq falsafasining yirik vakillaridan biridir;
j) institutimizning barcha fakultetlarida mantiq fani o’tiladi.
7-mashq. Murakkab hukm turini aniqlang, uning tarkibidagi oddiy
hukmlarni ajratib ko’rsating hamda hukmlarni mantiqiy bog’lovchilar
yordamida simvollar bilan ifodalang.
Masalan: munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli yoki ta'luqli
emasligini ifodalaydi – diz'yunktiv (ayiruvchi) hukm. Uning tarkibidagi sodda hukmlar:
munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli ekanligini ifodalaydi
munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli emasligini ifodalaydi.
p q
a) zilzila, vulqon otishi va suv toshqini tabiiy ofatlar hisoblanadi;
b) o’z sohasini yaxshi o’zlashtirgan hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirgan bo’lajak o’qituvchilar maktabda o’quvchilarga chuqur bilim bera olish
imkoniyatiga ega bo’lishadi;
c) harakat vaqt va fazo bilan uzviy aloqadadir;
d) hech bir inson o’ta aqlli yoki aqlsiz bo’lib tug’ilmaydi;
e) har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi nafaqat
tabiiy resurslarga, balki tashabbuskor va intelaktual
salohiyatga ega shaxslar faoliyatiga ham bog’liq;
f) agar fuqaro 18 yoshga tulgan bo’lsa O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga muvofiq saylash huquqiga ega bo’ladi;
g) bizning fikrimiz agar quruqlikda yashaydigan eng yirik
hayvon haqida bo’lsa, u albatta fil haqida bo’ladi;
h) Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda So’g’d, Baqtriya va
Xorazm davlatlari bo’lgan;
i) ushbu o’yinni “Paxtakor” jamoasi mag’lubiyat yoki durang bilan
yakunlasa shu mavsumda O’zbekiston chempioni bo’la olmaydi.
8-mashq. hukmlarni tahlil etib uning turini aniqlang va simvollar
yordamida ifodalang.
Masalan: 1) Abdurahmon Jomiy o’rta asrlar mumtoz adabiyotining yirik vakili hamda
buyuk mutafakkir va shoirdir. (p q r)
2) Agar kasallikni vaqtida oldi olinmasa yomon asoratlar qoldiradi va inson
hayoti uchun xavf tug’diradi. (p q r)
3) ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib
qatnashishi ishtirokchilik deyiladi.
tinchlik va barqarorlik jamiyat taraqqiyoti kafolatidir;
qonunbuzarlik holati jinoyat yoki ma'muriy javobgarlik kodeksi bilan jazolanishi
mumkin;
agar fakultetimiz talabalari fan olimpiadasining institut bosqichida o’rin egallashsa
respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi;
har bir fuqaro o’zi yashaydigan mamlakat qonunlarida nazarda tutilgan huquq va
majburiyatlarni rioya etishadi;
halqaro shartnomalar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan ma'lum muddatga va
biron-bir maqsadni ko’zlab tuziladi;
agar talaba surunkali tarzda darslarga ishtirok etmasa va fanlar bo’yicha materiallarni
o’zlashtirmasa reyting nazoratlarini topshirishda qiyinchiliklarga duch keladi;
talaba Ahmedov Farobiyning “Falsafani kelib chiqishi” yoki Aristotelning
“Kategoriyalar” asarlaridan birini o’qishga ahd qildi;
agar ikki yoki undan ortiq hukmlar asosida xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish
deyiladi;
etika, estetika, mantiq va sotsiologiya fanlari falsafa bilan uzviy bog’liq;
predmetning begisini bildirib qanday? va qanaqa? Savollariga javob bo’ladigan so’zlar
sifat deyiladi.
9-mashq. qo’shuvchi va ayiruvchi hukmlarni gap tarkibidan ajratib alohida ko’rsating
hamda ularni sitmvollar bilan ifodalang.
Masalan: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda fan va madaniyat
antik davr fani va madaniyati asosida rivojlandi
1)Yaqin Sharqda o’rta asrlarda fani antik davr fani asosida
rivojlandi;
2)Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda fan antik davr fani asosida
rivojlandi;
3)Yaqin Sharqda o’rta asrlarda madaniyat antik davr madaniyati
asosida rivojlandi
4)Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda madaniyat antik davr madaniyati asosida
rivojlandi
hukmlarning inkor qilinishi.
10-mashq. qo’yidagi hukmlarni inkorini keltiring hamda chin va
xatoligini ko’rsating.
Masalan: A – Barcha talabalar tarix fakultetida o’qiydi (xato).
O – Ba'zi talabalar tarix fakultetida o’qimaydi (chin).
I – Ba'zi hayvonlar quyosh yuzida yashaydi (xato).
ye – hech bir hayvon quyosh yuzida yashamaydi (chin).
barcha halqlar o’z tarixiga ega (chin),
ba'zi mamlakatlar Avstraliyada joylashgan,
hech bir sabab oqibatsiz emas,
barcha binolar o’z poydevoriga ega,
bugun dars yoki imtihon bo’ladi,
ba'zi transmilliy kompaniyalarning ishlab chiqarish
korxonalari faqat bir mamlakatda joylashgan,
g) ba'zi tarixiy asarlar o’rta asrlar tarixi haqida hikoya
qiladi,
h) hech bir metall oksidlanmaydi,
i) ba'zi hukmlar o’rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilik va
zid bo’ladi,
j) barcha cherkovlar gumbazli binolar.
11– mashq. quyidagi kon'yunktiv va diz'yunktiv hukmlarni inkor qiling hamda
simvollar bilan ifodalang.
Masalan: 1) ayiruvchi tasdiq hukmni inkor qilish:
Bugun guruhda Nargiza yoki hilola navbatchi. Bugun guruhda Nargiza va Hilola
navbatchi emas.
2) ayiruvchi inkor hukmni inkor qilish:
Jinoyat sodir etmagan yoki biror marta qonunga xilof harakat sodir etmagan shaxslar
huquqbuzar emas. Jinoyat sodir etgan yoki biror marta qonunga xilof harakat sodir qilgan
shaxslar huquqbuzardir.
3) birlashtiruvchi tasdiq hukmni inkor qilish:
qishda qor va yomg’ir ko’p yog’adi. qishda qor va yomg’ir ko’p yog’maydi.
4) birlashtiruvchi inkor hukmni inkor qilish:
Arzon va sifatli bo’lmagan maxsulotlarga bozorda talab katta bo’lmaydi. Arzon yoki
sifatli bo’lgan maxsulotlarga bozorda talab katta bo’ladi.
a) ayiruvchi tasdiq hukmni inkor qiling:
1) ushbu guruh talabalari falsafa yoki dinshunoslik to’garagiga qatnashishadi;
2) tayyorlangan taom shirin yoki sho’r bo’ladi;
3) jahon dinlari politeistik yoki monoteistik bo’ladi;
4) fizikaga oid bilimlar asosan tajriba yoki kuzatish orqali qo’lga kiritiladi.
b) ayiruvchi inkor hukmni inkor qiling:
1) shifokor ko’rsatmalariga rioya qilmaydigan va o’z sog’lig’i haqida doimiy
qayg’urmaydigan bemorlar kasallikdan tez forig’ bo’lishmaydi;
2) jamiyat taraqqiyotiga va inson manfaatlariga xizmat qilmaydigan g’oyalar ijtimoiy
ahamiyatli emas;
3) sig’ishadigan yoki sig’ishmaydigan munosabatda bo’lmagan tushunchalar
taqqoslanmaydi;
Dostları ilə paylaş: |