www.ziyouz.com kutubxonasi
27
— Katta ona, nega yig‘laysiz?
Fotimaxonim oldinroq harakat qildi:
— Yig‘lamasinlarmi o‘g‘lim, qara, katta enang xasta-ku?
Odila Fotimaxonimning kuchog‘ida, Husayin esa buvisining o‘rnida o‘tirardi. Momo bemor
bo‘lishiga qaramasdan Fotimaxonimning bolalarga munosabatini ko‘zdan qochirmasdi.
To‘g‘risini aytganda, Fotima bolalarni o‘ziga jalb etishni uddalardi. Husayinning «ona»
deyishiga «labbay, onasining joni” deya javob berishi bunga misoldir.Unga “nima
deysan” va hatto «jim, suhbatlashayapmiz» deya olishi mumkin edi. «Onasining joni»
derkan, bunda o‘zini ko‘rsatishdan asar ham yo‘q, gapirishidan, ovoz ohangidan
sezilmasdi. Aksincha, haqiqiy ona mehri, muomalasi bor edi unda. Kelganlar yana
kelishni va’da etib hayrlasharkan,katta onaning ko‘nglida bir chimdim xuzur va
xotirjamlik qoldirardilar.
fotimaxonim birinchi kelganidan keyin Odilbekning ruxsati bilan yana bir necha bor keldi,
har kelishida katta ona ko‘ngli yanada iliy boshladi. Mana bugun yana boryapti.
Momoning ko‘nglini olishni o‘ziga burch deb bildi. Bemor buvi biroz tuzalgan, ularni turib
qarshi oldi:
— Marhamat qizim, xush kelibsiz, — der ekan, ovozi bu tashrifdan mamnunligini
bildirardi. O’tirdilar, hol ahvol so‘rashishdi, suhbatlashishdi.
— Fotima qizim, mana bu yerda ikkita olma bor. Birini o‘zingaz oling, birini bolalarga
bo‘lib bering.
Fotimaxonim turdi, olmalarni oldi. Kesdi. Bolalarga bo‘lishdi.
— O’zingiz nega olmadingiz,
— Shular yesa, men yegandayman.
Bnrozdan so‘ng bolalar boqqa chiqib ketishdi. Ular chiqib ketishi bilan buvi:
— Fotimaxonim, to‘g‘risini aytganda, kuyovimning uylanishi meni o‘lguday xafa qildi.
Qizim vafot ztganiga nihoyat bir yil bo‘ldi. Uning o‘rniga, bolalar boshiga o‘gay ona
keltiradi deb o‘zimni yeb ado qildim. Bu yerga ilk kelmoqchi bo‘lganingizni Odilbekdan
eshitganimda, kelmasin, ko‘zim ko‘rmasin, dedim. Ammo men yanglishgan ekanman,
qizim. Har kelganingizda birozdan sizga ilib bordim. Ilk kelib-ketganingizdayoq
kechgacha xafachiligim yengillashdi, Ularga o‘z bolangizday qarashingizda kamchilik
yo‘q.Albatta, bolalarni ko‘iganimda rahmatli farzandimni xotirlamay bo‘lmaydi.
Chidayolmayman, ammo bu uning o‘limi tufayli paydo bo‘lgan g‘ussadir. Go‘daklarimni
boshi egik holda qoldirmadingiz, yetim ekanini bildirmadingiz, ularga o‘gay
bo‘lganingizni sezdirmadingiz. Men ularni yig‘latasiz, deb o‘ylasam ko‘zyoshlarini
artdingiz. Dardlariga dard qo‘shadi deb taxmin etsam, siz dardini oldingiz,hamdadard
bo‘ldingiz, dardlariga darmon bo‘ldingiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ikki dunyoda
uyaltirmasin, Bu daraja ayollik — insoniylikni sizdan kutmagandim, to‘g‘risi.
— Rahmat, sog‘ bo‘ling hola. Sizdan ham Alloh rozi bo‘lsin! Kuyovingizga turmushga
chiqishimning eng asosiy sababi shu ikki go‘dakka qarash edi. Balki ishonmassiz, ularni
o‘z farzandimday yaxshi ko‘raman. Hozir bog‘da o‘ynayaptilar, ammo mening xayolim
ularda, yiqilib, bir yeri lat yemasin, og‘rimasin deb ich-etimni yeyman. Ertaga mavllud
o‘qitmoqchiman, borsangiz juda mamnun bo‘lardim.
— Yana biroz tuzalsam, boraman. Xayriyam vafot etgan uyga kirmagandim. Endi qanday
kiraman, bilmadim.
— Endi men qizingizman. Qarang, nevaralaringiz bor.Mavludni Xayriyaxonim ruhiga
bag‘ishlash uchun o‘qitmoqchiman. Boring. Meni ranjitmang. Kutaman.
Bolalar o‘yinga berilib ketdilar. Fotimaxonim derazadan chaqirdi:
— Xusayin! Singlingni olib kel, ketamiz.
— Yana biroa o‘ynaylik, ona. Xo‘pmi?
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |