www.ziyouz.com kutubxonasi
26
— Qani, o‘g‘lim, otangdan mening otimni so‘rachi? —dedi
— Ota, onamning oti nima? — dedi.
— Fotima, o‘g‘lim.
— Boshqa oti bormi onamning?
— Bor, bir oti — Xayriya. Ammo biz ko‘pincha Fotima deymiz. Nega so‘rayapsan,
qo‘zim?
— Bugun bir xotin meni yetim, dedi.Onang tirik yursa shunday bo‘larmidi, dedi. Onam
Xayriya ekanini aytdi.
— Xo‘sh, sen ishondingmi, Husayn?
— Yo‘q, ishonmadim. Mening onam sog‘ dedim.
—Xo‘sh?
— «Bu sening o‘gay onang, seni aldashyapti», — dedi
— Onangning o‘lib-o‘lmaganini men bilmay, ular bilib qolibdimi? Inson bir yil kasal yotsa,
darhol o‘ladimi? Mana, ko‘rmayapsanmi, tuzalib keldi.
Dasturxon atrofidan turdilar. Fotimaxonim xonadan chiqshi bilan Odilbek Xusayinni
yoniga o‘tqazdi?
— O’
G
‘
LIM
,
onang seni uryaptimi?
— Yo‘q, ota.
— Yomon so‘z aytadimi?
— Aytmaydi.
— Sizlarni yaxshi ko‘radimi?
— Juda yaxshi ko‘radi.
Xo‘sh, o‘gay ona bo‘lsa, shunday qilarmidi?
* * *
Bir kun ishdan keyin Odilbek do‘konga ketayotganda Fotimaxonim:
— Ruxsat etsangiz, bolalarni znasiga olib borib kelsam,-dedi.
— Mayli, boringlar. Mendan ham salom denglar. Odilbek ketgach, Fotimaxonim bolalarini
chiroyli kiyintirdi. Yuz-ko‘llarini yuvdi, sochlarini taradi. Ikkisini yoniga olib yo‘lga chiqdi.
O’n-o‘n besh kunda bir kelib bu bemor ayolni ziyorat qilib, hatto uy ishlariga qarashar,
bu bordi-keldi bilan nevaralarini unga ko‘rsatib ketardi.
Odilbek qaynonasidan Fotimaning kelib turishiga ilk bor ruxsat so‘raganida u rozi
bo‘lmadn. «Qizim o‘rniga kelgan xotinga qanday qarayman?! Kelmasin, ko‘rmayin —
dedi. Odilbek:
— Bolalarni o‘z bolasiday yaxshi ko‘radi, o‘z bolasiday qaraydi. Bu yoqqa kelishdan
maqsadi nevaralaringazni sizga ko‘rsatish, sizning qo‘nglingizni olish. Nevaralari o‘gay
ona ko‘lida qoldi deb xafa bo‘lmang, o‘zingiz ko‘ring. Balki, bolalar ham sizni
sog‘ingandir,-degach, u rozi bo‘ldi.Va to‘ydan o‘n besh kun o‘tgach, uni ko‘rgani keldilar.
Ayol ularning kelishiga chidayolmadi,ko‘zyoshlarini tutolmadi. Bu kuyovi, bu nevaralari,
ammo mana bu kim? Qani Xayriyasi? Qani, besh-olti yil avval yopinchiq yopinib kelib-
ketib turadigan jigargo‘shasi? Yoshlik zavqiga to‘ymagan, dard ustiga dard chekkan,
nihoyat ikki ma’sum go‘dagini qoldirib ketgan gul yuzlisi qani? U bir uyum tuproq bo‘lib,
uning o‘rniga kelib o‘tirgan, bolalari uyiga ega chiqan bu xotin kim bo‘ldi? Ne yuz bilan
bu uyga qadam qo‘ydi? Qizini esiga tushirib, «qara, qizingning hamma narsasiga men
ega bo‘ldim», degani keldimi bu yerga? Ortiq o‘ylashga fursat bo‘lmadi. Shundoq o‘rniga
to‘g‘ri kelib qo‘lini o‘pgan bolalariga «rahmat, sog‘ bo‘ling!» derkan, orqalaridan
Fotimaxonim:
— Qalaysiz, yaxshimisiz, ona? — deb qo‘lini o‘pdi. Ayol yig‘lab yubordi.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |