www.ziyouz.com kutubxonasi
34
u ham marhamat yoshlarini to‘kdi. Husayin ikki uch-qadamcha naridan bu hayajonli,
achchiq manzaraga qarab qolgandi. Hayratlar ichida edi. Hozir Yilmaz his etganlarni u
his etishi yoki unga his ettirish mumkin emasdi. Tomdan yiqilib tushganning holini faqat
tomdan yiqilib tushgan biladi. Kim bilsin, bechora bola ona deyishni qanchalar orzu
qilgan, qancha vaqtlar, qancha yillar “bolam» degan so‘zni eshitmoqqa zor bo‘lgan.
Birozdan so‘ng Fotimaxonim ko‘z yoshlarini artdi.
— Sen uyda onangni nima deysan, ona demaysanmi, o‘g‘lim.
— Yo‘q. So‘ng xo‘rsnnib ko‘shib qo‘ydi: — o‘zi aytkizmaydi.Bir marta unga ona dedim.
«Nega onang bo‘lay,men tug‘dimmi seni?Bor, anavini ona degin»,—deb mozorot
tomonni ko‘rsatdi.
— Men ham shundan keyin uni ona demadim. Hiqillay-hiqillay bularni so‘zlagan Yilmaz,
gapirib bo‘lgach, yana yig‘lashga tushdi. Fotimaxonimning dardi yana oshdi.
— Bundan keyin meni ona degin, maylimi?
Fotimaxonim uning ko‘zyoshlarini artdi, kuchi yetgancha tasalli berdi. Faqat qisqa bir
vaqtda, uning mushtday qalbida yillar osha yig‘ilib qolgan dunyoday dardni ketkazishi
mumkinmi? Doim qon tomib titrgan jarohat bir onda qanday tuzaladi? Har qun vayron
bo‘lgan ko‘ngil bir zumda qanday tiklanadi?
Birozdan so‘ng u o‘zi uchun zindon bo‘lgan uyga ketarkan, yana eski holiga qaytadi.
Dunyoda Yilmazga ochiladigan yolg‘iz uy, ota uyi.... Ammo uning uchun eng yoqimsiz uy
ham shu. U zindon bo‘lmay nnma? Mashaqqat makoni! Azob uyasi! Ne qilmoq kerak?
Yilmaz bu uyda, hatto tushida bo‘lsin, loaqal bir-ikki soatgina halovat topmoqqa rozi...
Ammo u yerda ko‘rgan tushlari ham dahshatli, terlarga g‘arq bo‘lib uyg‘onadi. Bir
muddat zulmat ichra ko‘zlarini katta-katta ochib shiftga tikiladi, mavhum xatar,
noma’lum qo‘rkuv aro chap-o‘ngga ag‘dariladi. Yana shu qo‘rquv ostida sekin-sekin
ko‘zlariga uyku cho‘kadi... Kechasi kunduzidan totsiz, kunduzi kechasidan qorong‘u bu
uyda yashashdan ne foyda, yashamaslikdan ne zarar? Ichidagi havo, devoridagi
toshlardan qattiq bu uyda Yilmaz uchun ko‘rishi mushkul bo‘lgan, ko‘rishi mumkin
bo‘lmagan, yo‘q narsa bor: saodat...
* * *
Sodiyaxonim anchadan beri o‘gay o‘g‘li Yilmazda bir qancha o‘zgarishlar seza boshladi.
Bir kun liboslari tikilgan holda keladi, boshqa kun Yilmazda anglashilmas xushnudlik
ko‘rinadi. Aslida undan biron narsa so‘rashga hech qachon jur’at qilmagan bu bola
o‘zidan yana ham uzoqashganini, biroq qoniqish holatidae kanini sezganday bo‘lardi.
Buning sababi bo‘lishi kerak edi. Uch-to‘rt kun avval yirtiq shimini tikilgan, yuvilgan,
dazmollangan ko‘rishi uni yerga urganday bo‘ldi:
— Bugun qayokda qolding?
— Dars tayyorladim.
— Kimlarnikida tayyorlading?
—Husayinlarnikida.
— Husayin kim?
— Sinfdoshim.
— Xo‘sh, shimga nima bo‘ldi?
— Onasi dazmolladi.
— Nega dazmollatding?
— O’zi dazmollayman dedi, berdim.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |