www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Yilmaz bosh ko‘tarmay ming‘irladi:
— Istayman, ustoz.
— Juda yaxshi. Modomiki, istar ekansan, ertadan boshlab seni gulday ko‘rayin. Uyga
borishing bilan onangga ayt, men uyalyapman, o‘qituvchi menga tanbeh berdi de.
— Men bunday deyolmayman, janob muallim.
— Nega aytolmaysan?
O’qituvchi asabiylashganday bo‘ldi. Yilmaz javob beravermagach, yengilgina, astagina
kulog‘idan tutdi:
— Buni qaranga! Ham toza bo‘lmoqchimish ham aytolmasmish.
So‘ngra yana biroz dag‘allashdi:
— !... ...
Yilmazning ko‘zidan sizilgan ikki tomchi yosh muallimga ta’sir qildi shekilli, yumshadi,
qulog‘ini sekinroq ushladi. Otasini uzoqdan tanirdi, orqavorotdan bilardi. Boy bilan
o‘rtahol orasidagi bir odam edi.Bolasiga yangi liboslar olib berish unchalik qiyin bo‘lmasa
kerak. Uning boshini silab:
— Boshqa bunday adabsizlik qilma, Yilmaz va bolalarga murojaat qildi:
— Yilmazning uyini biladigan bormi?
— Bor,ustoz.
Uch qo‘l barobar ko‘tarildi.
— Bugun ketishda Yilmazlarniknga uchrab, mening aytganlarimni aytasiz.
Aytmasinlar, janob muallim.
— Aa-a-a? Haddingdan oshyapsan, Yilmaz... Nega aytmasinlar? Sababi nima?
— Chunki, aytsalar, tayoq yeyman, ustoz. Mening o‘z onam yo‘q,mening
onam o‘gay.
Yilmaz bu gaplarni aytar ekan yig‘lay boshladi. Yig‘i aralash qo‘shib ko‘ydi:
— Aytganlari bilan bajararmidi? Battar uradi.
Yana yig‘lashga tushdi. O’qituvchi bu qadar qattiqko‘llik qilganiga pushaymon bo‘ldi.
Ahvol bunday bo‘lib chiqishini o‘ylamagandi. Yilmaz to‘xtamasdan yig‘lardi,
— Yilmaz, yig‘lama. Azamat yigitsanku o‘zing. Tashqariga chiqib, yuzingni yuv! Husayin,
do‘stingga yordamlash!
Husayin Yilmazning ko‘lidan tutdi, Yonma-yon sinfdan chiqishdi.
Chashma boshida — ikki bola. Biri o‘gay ona zulmini,etimlik mashaqqatlarini totgan,
ikkinchisi yetimligini bilmagan, ona mehrini ko‘rayotgan yetim.
Yilmaz yuz-qo‘lini yuvgach, ko‘llarini shimiga surtdi:
—
Ro‘molcham yo‘k. O’zi bermaydi, menham so‘ramayman. So‘rasam, yomon so‘zlar
aytadi. Sen o‘lmading, men kutuladim, deydi. Bechora onamga ham til tekkizadi.
Xusaynn cho‘ntagidan ro‘molchasini chiqardi:
— Ol, Yilmaz. Seniki bo‘lsin.
— Olmayman, Husayin.
— Olmasang, xafa bo‘laman.
Yilmaz po‘molchani oldi. Cho‘ntagiga soldi. Birga sinfga kirdilar. Tushdan so‘ng
maktabdan uyga qaytgan Husaynda parishonlik sezilardi,
— Bolaginam, nega xafa ko‘rinasan, birov bilan urishdigmi yoki boshqa bir hodisa ro‘y
berdimi, — deya ahvol so‘radi Fotimaxonim.
— Yo‘q, ona, hech narsani o‘ylaganim yo‘q.O’qtuvchim meni bolalarga ko‘rsatib,
Husayndek bo‘linglar, dedi.
— Ofarin, o‘g‘lim. Ammo sen yana nimanidir o‘ylayapsan?
— Yo‘q, ona, hech narsani o‘ylaganim yo‘q.Sinfimizda Yilmaz degan bola bor. Usti boshi
kir, yirtiq...
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |