www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Husayin sinfda bo‘lgan voqeani boshidan hikoya qilib berdi.
— Ona, juda achindim, unga ro‘molchamni berdim, jahlingiz chiqmas.
— Obbo bolamey, yaxshilik qilsang, nega jaxlim chiqsin?! Juda yaxshi qilibsan. Ertaga
do‘stinni aytib kel.Onam so‘tilgan kiyimlaringni tikmoqchi de. Albatta olib kel, xo‘pmi?
Senga ham savobi tegadi. Yetimga yordam qilganing uchun Alloh senga savob beradi.
Ertasi kun Husayin onasining aytganini qildi. Bir bolani ergashtirib keldi. Bu bolaning
o‘gay ona zulmi ostida, qarovsiz o‘sganini anglamoq uchun axmoqning y ikki bor
qarashiga hojat yo‘q. Fotimaxonim ularga ovqat berdi. Ular ovqatlanayotgan paytda
kiyimlarini tikdi, tozaladi, dazmolladi.
Bir soatdan so‘ng ko‘chaga chiqqan bola mening ham shunday onam bo‘lsaydi degan
orzu bilan o‘gay onasi bo‘lgan uyi tomon yo‘l oldi. U ketishi bilan Husayin
Fotimaxonimning bo‘ynidan quchokdadi:
— Bir dona onam, dono onam, bularni men uchun qildingizmi?
— Albatta, o‘g‘lim, yana olib kel, kutaman, yana shunday qilaman.
* * *
Uch-to‘rt kundan keyin Yilmaz Husayinning qistovi bilan yana keldi. Aslida qistashiga
ham hojat yo‘q edi. Uyida ko‘rgan yomonlik, zulm «hamma endi menga shunday
muomala qiladi, hech kim yaxshi ko‘rmaydi, hamma mendan nafratlanadi», degan
ishonchni paydo qilgan edi. Yilmaz kimning yoniga bormayin, xo‘rlik, haqorat va
ko‘raman, deb o‘ylardi. Bir gal Husayinning onas o‘g‘lim dedi, ammo bu safar ham
shunday deydimi, ya ganidan mamnun bo‘ladimi?
Dard ustiga dard — yana shuncha o‘gay ona ham bor. O’gay onalarga topshirgan
bolalarining yuzidagi mahzunlikni uqolmaydigan, ojiz, o‘ysiz, beg‘am qancha otalar va
nihoyat guldek bolalari chekkan aziyatdan suyaklari sirqiragan necha-necha marhuma
onalar bor.
Fotimaxonim qo‘zlarining namlanishidan hech narsa tushunmagan Husayin, xafa
qiladigan gap aytdimmikan, deya o‘ylarkan, Fotimaxonim:
— Ayt, o‘g‘lim, ayt, u ham meni ona desin. Tushdan keyin olib kel, maylimi?
Tushdan keyin Yilmaz keldi. Ko‘zlarini yerdan olmas,uyalardi.
— Qani Yilmaz, ona desangchi, onamga! Husayin uchun bir kalimadan iborat ona degan
so‘zni aytish qanday qiyinligini, bu so‘zning naqadar qimmatli ekanini Yilmazdan so‘rash
kerak edi. Fotimaxonim xuzurida ikkita yetim bor edi. Biri dunyoning barcha alam va
qayg‘usini totib ko‘rgan Yilmaz ismli bechora bola; ikkinchisi esa ayni holatdan Allohning
marhamati bilan Fotimaxonimning duch kelishi natijasida kutulgan bax-tiyor bola,
Ikkisining ham onasi o‘gay. Ammo biri marhamatsiz, toshday hissiz, bergan aziyatidan
zavq oladigan vijdonsiz; ikkinchisi esa, o‘z bolalariga qarashda onalarga o‘rnak
bo‘ladigan, ya’ni onalar o‘z tuqqan bolasiga mana shu o‘gay onachalik qarashni, mehrli
bo‘lishni havas qilishiga sazovor bo‘lgan.
Fotimaxonim Yilmazning ro‘parasiga cho‘kkaladi. Bir necha tengdoshi toqat
qilolmaydigan mashaqqatlar boshiga tushgan yetti-sakkiz yoshlardagi bu bolaga,
mahzun chehrali jajji bu insonga mehr to‘la ko‘z bilan qaradn.
— Qani, onadeginchi, menga o‘g‘lim. Endi men sening ham onangman. Husayin qanday
o‘g‘lim bo‘lsa, sen ham shunday o‘g‘lim bo‘lasan. Xafa qilma meni, ona deginchi,
o‘g‘lim...
Bu orada ko‘zlari yoshga to‘lgan Yilmaz birdan o‘zini Fotimaxonimning bag‘riga otdi.
Ona, onam... —deb faryod qildi. Fotimaxonim uni haqiqiy onalik bag‘riga bosdi,
quchoqladi. Umrida ona shafqatidan mahrum, ona mehrini ko‘rmagan bu bola qarshisida
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |