www.ziyouz.com kutubxonasi
36
haqorat ekanini tushunar, biroq uning shimini dazmollash lozimligini aqliga
sig‘dirolmasdi.
Shu paytgacha xohlagan tarafiga osongina egiladigan eri bugun negadir uning xoxishiga
mos suhbatlashadiganga o‘xshamasdi. Vajohati shuni ko‘rsatib turardi. Zotan, ota-o‘g‘il
bir bo‘lib o‘ziga zulm qilish rejasini pishitib olganlarini, bulut kelishidan yomg‘irni
sezganday erining holatidan sezgan va yana o‘zi haq bo‘lib chiqishi uchun gapni shunday
boshlashni lozim topgandi. Haqiqatan, Maxmudbek:
— Qani,Xonim, avval aytingchi, shu uyga kelganingizdan buyon bu bolaning shimi necha
marta dazmollandi? Bola maktabga — odamlar orasiga boradi, parishon qiyofada
chiqmasin deb chiroyli kiyintirib jo‘natgan kuningizni eslaysizmi? Unga ona bo‘lib aziyat
chektirmasdan, yomon so‘zlamasdan, kaltaklamasdan yoki kaltaklatmasdan, yaxshi
muomala qilgan, ko‘nglini olgan, bolam deb bag‘ringizga bosgan kuningiz bo‘ldimi?
Masalan, hatto bayram kuni o‘z bolangizday quchib, o‘pganingizni kim ko‘rdi? Albatta,
birovlarga boradi. Bundan g‘azablanish o‘rniga biroz o‘ylab ko‘rsangiz qanday bo‘lardi?
— deyishi ahvol u o‘ylagandek bo‘lib chiqqayaini anglatardi.
Mahmudbekning nogoh sizlab, vazmin gapirishidan Sodiyaxonim dovdirab qoldi. Aslida
bir gapini ikki qilmagan eridagi bu holatga biror ma’no berolmadi. Kunduz Yilmazni
ushlab qolmagan xotin ham nimalar demadi.Demak bu ishda bir sir bor. Ammo
Sodiyaxonim osonlikcha bu sirning tagiga yetolmasdi.
Kunduz Yilmazning tutilishini istamagan kampir Sodiyaxonimga aytadiganini aytib,
qolganini to‘kib solish uchun Mahmudbekning do‘koniga to‘g‘ri bordi va u yerda nafasini
rostladi. Mahmudbek mahallada keksa ayollar orasida xurmatli bo‘lgan Faridaxonimni
yaxshi qutib oldi, nima xizmatlari borligini so‘radi. Faridaxonimning rangi o‘zgarib kettani
dilida to‘kib soladigan gapi borligini bildirib turardi. O’rindiqqa o‘tirgach, bir-ikki lahzatin
olishni kifoya bilib so‘z boshladi:
— O’g‘lim Maxmudbek eshigingiz oldidan o‘ta turib.., — deya hodisani anglatgach,
xulosa qilib maqsadini aytdi. — Biroz avval mendan biror xizmat, iltimosim, amrim bor-
yo‘qligini so‘rading. O’rtada bajarishga majbur bo‘lganing — Alloh amri bor. Zero, ado
etilishi lozim bo‘lgan eng sharafli amr Alloh amridir. Alloh bolaga, yetimga yaxshi
qaramoqni amr etgan. Ana shu amrni ado etmasdan, mening xohishimni o‘rinlatishdan
senga nima foyda bor? Ikkinchi uylanganingdan buyon Yilmaz yomon so‘z eshitishdan,
ezilishdan, tayoq yeyishdan boshqa narsa ko‘rgann yo‘q. sizningcha, shu Alloh amrini
ado etishmi? Senda otalik mehfi bo‘lsaydi hamma Yilmazga achingan bir paytda va bu
gap menday kampirning qulog‘igacha yetib kelmasdan burun o‘g‘lingga achingan
bo‘larding va uni butunlay Sodiyaxonimning ixtiyoriga tashlab ko‘ymasding. Yo rahmatli
xotiningdan qolgan omonatni shunday xor-zor qilib saqlash uchun uylangandingmi?
Xotiningni bu qadar mamnun etishga urinishing yaxshi, biroq Allohning xuzurida qanday
javob berishingni ham ozgina o‘ylab ko‘rmadingmi?
Eshikdan kirgan xaridorni ko‘rgan Faridaxonim gapirishdanto‘xtad Maxmudbek eshitgan
achchiq so‘elar ta’sirida terlarga botdi, yer yorilsa, kirib ketsam, deydigan holga tushdi.
Xaridorning kirishi unga quyosh tig‘ida terga botgan odamga salqin xavoning tegishidek
ta’sir qildi. Turib,xaridor bilan muomala qildi. Ikki daqiqadan so‘ng, xaridor ketgach,
yana mehmoni ro‘parasiga vijdon hisobini bermoq uchun qaytdi. Faridaxonim bu ikki
daqiqa ichida biroz tinchlandi, yana qancha achchiq so‘zlar aytib yuborishi mumkin
ekanligani o‘ylardi. Ammo ortiqcha so‘zga ehtiyoj yo‘q edi. Tushunganga shunisi ham
ziyoda, yaxshi otga — bir qamchi. Xonim so‘zini anchayin qattiqroq ohangda davom
ettirdi:
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |