www.ziyouz.com kutubxonasi
38
bo‘lgani va tomog‘iga tiqilgani to‘g‘risidagi hodisani, hech kim, loaqal Odilbek ham
eshitmadi. Fotimaxonim matonat ko‘rsatdi, sabr qildi. Birovlar eshitishining hech qanaqa
foydasi yo‘q edi. Qo‘lida o‘z bolasi bo‘lishiga qaramasdan Fotimaxonim Husayinni
ikknnchi sinfga ham avvalgiday pokiza holda jo‘natardi.
U fazilat yo‘lida yuksalardi, bunga ters o‘laroq razolat yo‘lida tashlanayotgan qadamlar
ham yo‘q emas edi.
Samoxatxonim qatnashgan bir suhbatda, o‘zi yo‘q qo‘shnilar g‘iybat qilinib, navbat
Fotimaxonimga yetdi. Fotimaxonimning ishlari boshdan-oyoq riyokorlik emish. O’zini
ko‘rsatish uchungina bolalarga yaxshi qararmish. Bunday ichi sirti bilan, tili dili bilan,
so‘zi ishi bilan bir bo‘lmagan kimsalar aslida juda xavfli ekanlar. Zotan, ikkiyuzlamachi
bo‘lish, yaxshilik qilyapti deyishlari uchungina yaxshilik qilish axloqsizlik bo‘lmay nima?
Qanchadan-qancha shunga o‘xshash axloq qoidalari sanaldi. Natijada Fotimaxonim
haqida tamomila teskari hulosalar chiqarildi. Ular orasida vijdoniga quloq soladigan
yolgiz Samoxatxonim edi, u eshitgan so‘zlariga e’tiroz bildirdi:
— Singlim, inson o‘zini ko‘rsatish uchun yegimlarga bunchalik mehribonlik qilishi qiyin.
Bolalarning ahvolini ko‘rmayapsizmi? Har qun toza kiyintirib chiqaradi. Necha bor o‘zim
ko‘rdim: bolalar yiqilib,hammayog‘ini loy qilib uyiga ketishadi va besh daqiqa o‘tib, yana
top-toza chiqib kelishadi. Mayli, bizga hammaamallari sezilmasin ham deylik, lekin
qo‘shnilar bu xonimning bolalarga baqirib-chaqirganini, qarg‘aganini eshitishlari
kerakku? Yoki tarsaki tushurganini ko‘rmaydilarmi va ularning yig‘laganlarini
eshitmaydilarmi? Na sen, na men uning qilganini qila olamiz. Yuz-qo‘limizni
bulg‘amaymiz. Bizga o‘tirib olib g‘iybat qilish qulayroq. Hech bo‘lmasa unga til
tegizmaylik.
— U bularning barini o‘zini ko‘rsatish, namoyishkorlik uchun qiladi-ku!
— Qayokdan bilasan? Tashqaridagilarga o‘zini ko‘rsatishi mumkin, ammo uyda
kechgacha hech kim bo‘lmaydiku, kimga namoyishkorlik qiladi? Atrofidagi to‘rt
devorgami? Mayli, Fotimaxonim o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshilik qilayotgan bo‘lib
chiqaqolsin. Ammo bundan bolalar huzur-halovat topyaptilar, o‘gay ona nimaligini
bilmayaptilarku, shuning o‘zi yetmaydimi?! Koshki, barcha o‘gay onalar ham u kabi
ko‘rgazmaga bo‘lsada, yaxshilik qilsalar!
Samohatxonim to‘g‘ri gapirdi. Ammo to‘g‘ri gapni tan olish osonmi? Tug‘ri so‘zga
moyillik bildiruvchi topiladimi? Ularga har qancha asossiz bo‘lmasin, o‘rtada g‘iybat
qilishga yaragulik mavzu bo‘lsa bas. Qilingan yoki qilinmagan gunohlari uchun
kimlarningdir po‘staklarini koqishlari kerak. Saqichday chaynab g‘iybat qilishlari kerak.
Fotimaxonimning bir qusuri bor edi. Uning bu ayollar orasiga ko‘shilganini, umuman
gap-gashtaklarga chiqqanini hech kim ko‘rmagan, shunchaki kelib-ketib yuraversa
bo‘lardi, aslida. Mahalladagi ayollarning ko‘pchiligi uning yuzini durustroq ko‘rganlari
ham yo‘q edi. Bu uning kibriga ishora emish. Inson o‘zini bunchalar katta tutmasligi
kerak ekan. Alloh bunday insonni dovdiratib qo‘yarmish. O’zini shunday katta tutganidan
keyin ikki bolalidan boshqa kim tan olardi?! Keyin Xayriyalarnikiga onasi huzuriga
borgani nimasi? Qizingning o‘rnini men egalladim, deganimi?! Shuham odamiylikmi?!
Samohatxonim yana gapga aralashdi.
— Orangazga kelib nimaga erishadi. Birovga loy chaplash, birovni yomonlashni
o‘rganadimi? Xayriyaning onasi huzuriga yemon niyatda bordimi? Borishidan xafa bo‘lsa,
Fotimaxonim buning chorasini topib, ko‘nglini olsa kerak menimcha, Xayriyaning onasi
nevaralarining ahvolini bilib xursand bo‘ladi. Agar xafa bo‘lsa edi, Fotimaxonimnin
gziyoratiga kelarmidi?! Ko‘ryapsizki, ora-sira o‘z xohishi bilan kelib-ketib turibdi.
Bunisiga nima deysiz?!
Ayollardan biri qattiq suqildi.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |