www.ziyouz.com kutubxonasi
46
— Husayin, bizga ikkita choy keltir.
Husayin chiqdi. Odilbek joy ko‘rsatdi va gap boshladi:
— Bu bola mening o‘g‘lim. Boshlang‘ich maktabni a’lo baholarga bitirdi. O’tgan kun
muallimi keldi.,.
Odilbek masalani tafsiloti bilan tushuntirdi. Onasining fikrini, o‘z tushunchasini aytdi.
— Iltimos, menga shu masalaga oydinlik kiritishda yordam bersangaz.
Masalani oxirigacha diqqat bilan tinglagan yigit:
— Amaki, bu muallimning gaplari isbotlash mumkin bo‘lmagan, qiymatsiz so‘zlar. Sizga
vaziyatni bilganimcha izohlashga harakat qilaman: avvalo Imom Xatib maktabi jangari,
qo‘pollarni yetishtirmaydi. Dinli, imon-e’tiqodli, axlokli bir inson bo‘lish bilan jangarilik
orasida qanday aloqa bor?! O’g‘lingiz u yerda ota-onaga hurmat, qarindosh-urug‘ga,
hamsoya-haq, qo‘ni-ko‘shni, mahalla-qo‘yga yaxshilik va xalqqa xizmat qilish fazilatlarini
o‘rganadi. Allohning amrlarini, payg‘ambar ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lni shu maktab orqali
bilib oladi. Vaqtini oqshomlari yarim kechagacha qahvaxonalarda, qimorxonalarda
sarflash o‘rniga, kitoblar ustida o‘tkazish zavqini shu maktabda o‘rganadi. Ham Allohiga
kul, ham millatiga xizmatchi bo‘lmoq menimcha, qoloqlik yoki jangarilik emas. Biz u
yerda arablarning tilinigina o‘qimaymiz. Arabchani o‘rgansak bundan murod Allohning
kitobini yaxshi anglashdir, payg‘ambarimizning hadislarini o‘z tilida o‘rganmoqdir.
Behayolikni qarang!
Buni aytayotib do‘kon oldidan o‘tayotgan erkak va ayol sayyohni ko‘rsatdi, Erkakning
sochi bir qarichdan uzun, bir-biriga qorishgan, yuvuqsiz, kir holda. Tizzasidan bir qarich
baland, kirligidan asl rangi bilinmaydigan shim, yelkasida irganch to‘rva. Oylab hammom
yuzini ko‘rmagani bir qarashda bilinadi. Ter va sho‘r otib ketganini ta’riflash mushkul.
Ayolning ham erkakdan qolishadigan jihati yo‘q. Qisqasi, egasiz hayvon bulardan
tozaroq. Bularni ko‘rganlar ko‘ppaklarga rahmat deyishi shubhasiz. Orqasidan ularni
tomosha qilib kelayotganlarga bee’tibor ilgarilayotgan bu janob va xonim afandiga(!)
Odilbek bir ko‘z tashlab olgach, mehmoniga qaradi. Yigit so‘zida davom etdi:
— Agar til shu tilda so‘zlashganlarga o‘xshash uchun o‘rganiladigan bo‘lsa, bularning
tilini o‘rganishdan nima foyda bor? Inglizcha va frantsuzcha bular bilan suhbalashish
uchun emas, bularning ilmu fanini egallamoq uchun o‘rganiladi. Demak arabchani ham
insoniyatga abadul-abad to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan Alloh kitobi va payg‘ambarimiz hadislarini
o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun o‘qiymiz. Qolaversa, biz nega tilanchilik qilar ekanmiz?!
Biz ham ular kabi ma’muriyatga kiramiz, ularday maosh olamiz. Faqat, ularga o‘xshab
tirikchiligimizdan shikoyat etish o‘rniga, yanada yomonroq ahvolga tushmaganimiz
uchun Allohga shukr aytamiz. Ha, bugun imom va muazzinlarning maoshi idora
xizmatchisinikidan ozroq. Boyvachchalarning tamakiga sarflaydigan pulichalik maoshga
sabr qilgan inson nafsiga kul bo‘lmasa, masalan, pora olmasa, har holda bu fazilatdan
darak bo‘lsa kerak. Imomdan o‘n barobar ziyod maosh oladigan noib, bolalarimni
boqishga pulim yo‘q deb turganda, imomning ahvolini tushunish mumkindir, har holda.
Bilim jihatidan ulardan past ekanimizni tan ololmayman. Imom Xatib maktablar
o‘rtasidagi har yilgi munozaralarda mag‘lub bo‘lmasligi so‘zimning bir dalilidir.
Yigitchaning so‘zlari Odilbekka keragicha ta’sir ko‘rsatdi. Bir necha kun ichida sodir
bo‘lgan bu ikki hodisa unga Erdolbekning so‘zlari haqiqatga qanchalik yaqin ekanlligini
yaxshigina anglatdi.
Odilbek ahmoq odam emasdi. Ko‘z oldida ro‘y bergan bu ikki hodisadan xulosa chiqara
olishga qodir edi. Agar bu maktabning o‘quvchilari tilamchi bo‘lishsa, nechun o‘sha
domla notanish ayolga «men uchun bir faqirga berarsiz», deb yetti yarim lira baxshida
etdi, nega bu azamat yigit Odilbek adashib berib yuborgan bir lirani uchqundan so‘ng
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |