Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

45

do‘stiga qarz bergan, ertaga qaytib olishiga aniq ishongan qyofada edi. Haydovchining 



yordamchisi: 

— Qani yur, ketdiq — degach, avtobus qo‘zg‘aldi. Odilbek yonida jimgina ketayotgan 

hamrohiga qaradi: 

— Majido‘zudanmisiz, inim? 

— Yo‘q. 

— Aybga buyurmaysiz, nima ish qnlasiz? 

— Imom Xatib maktabida muallimman. 

— Siz bilan o‘tirib biroz suhbatlashmoqchi edim. 

— Sizni mamnun qilishni judayam isgardim. Afsuski, shoshilinchroq ishim bor, Agar uch-

to‘rt soat keyin suhbatlashsak bemalol. 

Holbuki bu payt Odilbekning rejalariga ham to‘g‘ri kelmasdi. Avtobus to‘xtab yo‘lovchilar 

tusha boshlashdi. Yigit qo‘lida sumkasi bilan uzoqlashdi. 

Ko‘z oldida bo‘lib o‘tgan bu voqea Odilbekni o‘ylantirib qo‘ydi. Yo‘ldoshi bir faqirga 

berarsiz deb hech tanimagan ael uchun yo‘l haqi to‘ladi. O’zi umri davomida bunday ish 

qilganini eslay olmadi, yo‘q qilmagan, bunday qilishni o‘ylab ham ko‘rmagan. 

Yo‘lovchilarning ham har biri shu holda edi. Ishning g‘alati tomoni: yigit bu yaxshiligini 

gapirmagan, hatto ko‘rinishidan ham hech qanday g‘urur sezilmasdi. Go‘yo bu 

yaxshilikni boshqa birov qilganday. Mana, bir imom hatib maktabining o‘qituvchisi. 

Tilanishning o‘rniga tang qolgan insonga yordam bermoqda. Obbo Erdolbek mana kelib 

ko‘r, tilanishni... 

Odilbek shularni o‘ylab olomonga aralashib ketdi. So‘ngra tasavvurida mutaassib timsoli 

jonlandi. Bu domlannng nimasi ko‘pol?! Agar qo‘pollik shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Odilbek 

ham «mutaassib, qoloq va qo‘pol» bo‘lishni juda-juda istardi. 

Odilbek uch-to‘rt soatdan so‘ng yana Cho‘rumga qaytarkan bu hodisani Fotimaxonimga 

aytib berishni o‘ylardi. U xotinining: men nima degandim, deya ta’na qilib, o‘zini 

maqtaydigan ayollar toifasidan emasligini bilardi. Muhimi haqning o‘rtaga chiqishi. Bu 

haq xoh Odilbek tarafidan, xoh o‘zi tarafidan bo‘lsin, farqi yo‘q. Hatto ba’zan Odilbek hak 

chiqishini, bu sabab bilan ko‘ngliga bir kibr kelmasligani istaydi. Ba’zan o‘z so‘zi to‘g‘ri 

chiqqanda, bu to‘g‘rilik sening lutfingdan boshqa narsa emas, mendan emas, meni 

nafsimga asir bo‘lib, g‘ururga ketmoqdan o‘zing saqla, — deya duolar qilardi. 

Ikki kun keyin edi.., 

O’n sakkiz-o‘n to‘qqiz yoshlarga knrgan yigit do‘konga kirib, Odilbekka bir lira uzatdi. 

— Uch kun avval ikki kilo qand oluvdim. Qaytimini noto‘g‘ri beribsiz... Borib bir lira 

haqingiz menga o‘tganini bildim. Uzr», ertaroq olib kelishning imkonini to-polmadim, — 

dedi. 

Odilbek pulni oldi. 



Katta rahmat, tashakkur! Pulni keltirganingiz uchun emas, to‘g‘riligingiz uchun 

minnatdorman. 

— Rahmat, salomat bo‘ling! 

— Har holda talaba bo‘lsangiz kerak? 

— Ha, talabaman. Nasib bo‘lsa, bu yil bitiraman. 

— Qaerdao‘qiysiz? 

— Imom Xatib maktabida. 

— Yana!.. 

Odilbekning og‘zidan chiqqan bu xayrat nidosidan yosh yigit hayratlandi. Faqat Odilbek 

o‘zini tezda o‘nglab, tutib oldi: 

— Agar o‘tirib, bir piyola choyimni ichsangiz xursand bo‘lardim. 

Bu orada Husayin do‘kondan ichkari kirgandi. 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin