* * *
Bugun maktablar ochnladi. Husayin hayajonda. Azonlab onasi tayyorlagan nonushtadan
chala-chulpa yeb, dasturxondan ko‘zg‘aldi.
— Yesang-chi qo‘zichog‘im!
— Yeyolmadim, ona. Butun hayajondaman. Fotimaxonim Husayinning kiyimlarini o‘z
ko‘li bilan tuzatdi. Sumkasini ko‘liga tutqazdi. So‘ng ro‘parasiga o‘tnb unga qaradi. Endi
o‘n uchga kirgan ma’sum chehrali yetimiga bu ko‘rinish juda yarashgandi. «Rahmatli
onasi ko‘rsaydi... Qanchalar sevinardi! — deb o‘yladi. — Ona, men ketdim.
— Qo‘limni o‘pmasdanmi, o‘g‘lim?
Husayin sumkasini ko‘yib, onasining qo‘lini o‘pdi. Fotimaxonim uni quchib, bag‘riga
bosdi,
— Mening oy yuzli bolam, shafoatchi bo‘lasan menga, dunyodan o‘tsam o‘qib, duo
qilarsan, farzandim. Shu kunla-ringni ko‘rsaydim! Shaqodatni ko‘tarib kelgan kuningga
yetsaydim.
Fotnmaxonim so‘zlarkan ko‘zlarida paydo bo‘lgan yosh-lar ko‘nglidagi samimiy
sevinchdan boshqa narsa emasdi. Husayinning yualaridan bir-bir o‘pdi.
— Meni uyaltirma, o‘g‘lim! Husayin sinfda qoldi, degan gap bo‘lmasin, tinmay harakat
qil, o‘qi!
— Harakat qilaman, ona.
Husayin maktabga ketdi. Peshinda makggabdan qayttan bolasini Fotimaxonim
boshlang‘ich maktabda bo‘lganidan ziyoda sevinch va buyuk hayajon bilan kutib oldi.
Maktabini yaxshi ko‘rnshini aytganida yuzlaridan nur tomgan ona uni duolar qildi, unga
ikki dunyo saodatini Parvardigordan so‘radi.
Husayik o‘qishni shunday hislar bilan boshladi. Kunlar, ularning ketidan oylar shunday
tuyg‘ular ichra kechdi.
Imom Xatib maktabi Husayinga nima berishi mumkin?
Avvalo har maktab, xar bir o‘qish o‘z talabasiga nima bersa, bu maktab ham shuni
beradi. Bundan ziyoda Yarat-ganni va o‘ziga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan payg‘ambarni
tanlamoq, uning yo‘lida yurishning har xil kibr va shuhratdan holi viqor va vazminlik
tuyg‘ularini baxsh etishini, qisqasi, komil inson bo‘lishni tashviq etadi.
Husayinning bu maktabda o‘tkazgan ilk ikki yili — bolalikning so‘ngi bo‘lib, bolalarcha
kechdi. Qisqasi, bu ikki yilda Fotimaxonim Husayinga boshlang‘ich maktabda bo‘lgani
kabi imkoni boricha yordamlashdi. Bundan maqsad Husayinga dars o‘rgatishdan ko‘ra
ko‘proq uni dars tayyorlashga undash, kirishtirish edi. Shu bilan birga Husayinning
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |