www.ziyouz.com kutubxonasi
47
qaytarib olib keldi?! Nonning narxi ellik qurushga chiqqan kunlarda yetti yarim lira
kichkina pul emas.
Natija — Husayin Imom Xatib maktabiga yoziladigan bo‘ldi . Fotimaxonim Husayinni
yoniga o‘tqazib Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatar, kelajakda o‘g‘limga qulay va oson
bo‘lsin deb o‘ylardi.
Bir kun Husayin uyga o‘ychan holda keldi. Fotimaxonim:
— Bir dona bolam, nega o‘ychansan bugun?
— Imom Xatib maktabida dars ko‘pmish, ona. Sen u yerda o‘qiyolmaysan, deyishyapti.
Boshqa maktablarning darslari oz emish.
— Nega ko‘p bo‘ladi, bolam. Ular ham boshqa maktablardagidek dars o‘tishadi,
boshqalarday boshlab, ularday tugatishadi. Ko‘p bo‘lsa yo ulardan oldinroq boshlashardi,
yo keyinroqtugatishardi. Bilmasdan gapirishadi, o‘g‘lnm. Agar sen onamning ko‘ngli
qolmasin desang, bunday so‘zlarga ishonma. Sen shu maktabga borasdn!..
Dostları ilə paylaş: |