Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

44

borish masalasini bir kechada hal qilish judayam shart emasdi. Bunga hali vaqt bor. Bir 



bolaning kelajagi bir kechadayoq hal bo‘ladigan oddiy masala emas. Hali bu xususda 

yanayam atroflicha o‘ylab ko‘rish, Fotimaxonim aytganidek boshqa o‘qituvchilardan ham 

so‘rab ko‘rish uchun bu bahsga vaqtincha nuqta qo‘yildi. 

Fotimaxonim Husayinning qaysi maktabda o‘qishiga kuyinishi o‘z bolasiga kuyingan 

onaning mehribonlngidan ziyodaligi diqqatga sazovordir. Erdolbek kelishidan bir kecha 

avval bu mavzuda bahslasharkan, Odilbek: 

— Xonim, bilaman... bu bolalar uchun qayg‘u, ozor chekdingiz, ammo... —deyishi bilan 

Fotimaxonim: 

— Ozor chekkanim yo‘q. Har ona bolasiga ne istasa, shuni istadim.Tabiiyki, mening ham 

haqqim bor, —deb javob qildi. Bu so‘zlarni o‘gay ona emas, haqiqiy onaga munosib 

Fotimaxonimning o‘z og‘zidan eshitganimizda yanada yaxshiroq tushungan bo‘lardik. 

Menga nima,o‘zining o‘g‘li, ne istasa, shuni qilsin, deyishi mumkin edi. Hatto 

o‘qitmaslikka chora izlab, yo‘liga g‘ov bo‘lardi. Faqat uning bu tiynatda emasligi yillar 

davom etgan o‘gaylik-o‘zlik imtihoni natijasida ma’lum bo‘lgan, u o‘gay degan o‘y 

allaqchonlar mahalladoshlari xotirasiga kelmay qo‘ygandi. O’gay deyilganda, u xaqiqiy 

ona ekanligini isbot etdi. Ozor chekasan deyilganda, u zahmatlar rahmatga yuz 

burajagiga ishondi, sabr-matonat ko‘rsatdi. Unashtirilgan kunlarda, hamma bunday 

turmushdan qaytarmoqchi bo‘lgan paytlarda, «qizim insonlik sharafi yaxshi qaror qabul 

qilishgina emas, balki aziyatlarga sabr qilib, o‘sha qarorda sobit turmoq va davom 

etmoqdadir» degan ayol nasihatiga munosib, muvofiq harakat etdi. Kim nima desa-

desin, Xusayin endi o‘z o‘g‘li edi. Unda bir onaning o‘z o‘g‘liga bo‘lgan haqqi qadar haqqi 

bor edi. Bu xaq yaxshiliklarini yuzga solish, kimlargadir aytib yurish ma’nosida emas, 

balki unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish va yo‘llash ma’nosidagi haqdir. 

Hozir ham o‘g‘lining Imom Xatib maktabida o‘qishi uchun aynan shu xaqni qo‘llamoqda 

va shu haqqa rioya etmoqda. 

Ikki kun o‘tgach, Cho‘rumningyaqsh tumanlaridan Majido‘zuga qatnaydigan avtobus 

ichidagi yo‘lovchilar orasida Odilbek ham bor edi. Shaharchaga kiraverishdagi 

qabristondan o‘tar-o‘tmas o‘ttiz besh yoshlardagi bir ayol tushishini aytdi va avtobus 

to‘xtadi. Ikki bolasini tushirgach, haydovchiga yigirma lira uzatdi: 

— Mana shundan olib qoling, uka. 

— Mayda bering, opa, mayda pulim yo‘q. 

— Menda ham yo‘q, inim. Avtobusdagilardan hech biri yigirma lirani maydalay demasdi. 

Mayda pullari bor edi, lekin birovning ehtiyojini qondirishni istashmasdi. O’zganing 

ehtiyojini qondirmoq buyuk insoniylik hisoblangan davrlar ortda qolgan, endi bu—ayb, 

ahmoqlik sanaladi. Vatan urushida shahid ketganlarning behuda qon to‘kkanligi 

ta’kidlanayotgan bir davrda odamlardan o‘ng‘aysiz holatga tushib qolgan 

xotinningehtiyojini qondirishni kutish kulgili, albatta. 

Ayol xijolat bo‘ldi. Bozor bo‘lsaydiki, pulini maydalatsa. Haydovchi shoshirardi. 

— Maydangiz yo‘q ekan, tayyorgarlik ko‘rib chiqmaysizmi? 

Bu orada yigirma beshlarga kirgan yigit xaydovchiga murojaat qildi: 

— Holaning haqi qancha? 

— Yetti yarim lira. 

Yigit cho‘ntagidan yetti yarim lira chiqarib uzatdi va ayolga yuzlanib dedi: 

— Siz uchun to‘layman. Siz ham maydalatsangiz, men uchun bir faqirga to‘lab 

yuborarsiz. 

Ayol duo qila-qila ketdi. Odilbek yarim soatdan beri yonma-yon o‘tirib kelayotgan 

yo‘ldoshiga shundagina diqqat bilan qaradi. U yana avvalgi holatida ketib borardi va 

go‘yo hozirgina sotib olgan narsasining pulini to‘lagandek bamaylixotir edi. Yoki bir 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin