www.ziyouz.com kutubxonasi
50
Bu kitoblarning mohiyati nima? O’qiganga qanday foydasi tegadi-yu, nimani o‘rgata
oladi?!
Bu kitoblarni o‘qiganlarda ota-onasiga mag‘rur ko‘rinishni sharaf sanash, janjalkashlikka
havas paydo bo‘lgani sezilardi, har holda bu kitoblar odob va axloq o‘rgatmasdi. Hali o‘n
beshga to‘lmagan, qiyofalarini qaroqchilarga o‘xshatgan bezorichalar og‘zilarida sigaret
bilan ko‘chada u yoq-bu yoqqa mag‘rur kezishadi. Bular o‘sha kitoblarni o‘qigan
falokatzoda bolalardir.
Bu kitoblarning nomidanoq to‘g‘ri emasligini, ularni xosiyatsiz ko‘llar hozirlaganini,
urush-janjal, tubanlik zavqi mevasi ekanligini, millat bolalarini o‘sha maktabga xos
bo‘lgan ulug‘ xususiyatlardan, buyuk vazifalardan hali kichikligadayoq mahrum etmoq
niyatida tayyorlanganini bemalol bilib olsa bo‘ladi. Ba’zan dunyoning eng kuchli
lashkariga bosh egmagan millatning bolalari tafakkur, ma’rifiy-ma’naviy jihatdan
shunday buziladiki, ko‘rib ishongangiz kelmaydi. Bu kitoblar ichida qaroqchilik,
axloqsizlik va shunga o‘xshash turli razolatlardan namuna topishingiz mumkin. Ammo
insonga insoniylik yo‘lida bir odim otdiradigan, uni milliy odat va an’analarga bir qadar
yaqinlashtiradigan biror narsani topish mumkin emas. Otalar bolam quvonsin deya olib
kelgan bu kitoblar o‘elariga qarshi bolalari ko‘liga tutqazilgan to‘pponchalardir. Balki
to‘plardir. Endi ko‘chalarini shu kitoblarga taqlidan bir-biriga to‘pponcha bilan hujum
qilgan kovboylar, niqoblangan qaroqchilar tuta boshlaydi. Bular erta dorilfununda bilim
oladigan bo‘lsalar, o‘sha bnlim-ni yaxshigina shaklda talonchilikda qo‘llay oladigan
badbaxt va zavolli bolalardir. Bu bolalarga shu tahdid kinolar nazariy jihatdan yordam
beradilar va axloqsizlik jihatini yana to‘ldiradi va quvvatlaydi. Bunga beparvo ota-onalar
bir kun haqiqiy, ulkan sovuq qurol zavqini(!) totib ko‘rishlari aniq.
Bu bolalar uchun ko‘cha— odobsiz so‘zlar dorilfununi. Faqat u yerda o‘qish-yozishni
o‘rganmaydilar. Ikki kun o‘tgach, boshlang‘ich maktabda o‘rgangan harflaridan
foydalanib ko‘chada o‘rgangan fahsh so‘zlarini hojatxonalarning devorlariga yozadilar. U
yerlarni kufrlarga to‘ldirib bezash ularga zavq beradi...
Husayinning do‘stlari tamomila o‘zlarini yo‘qotgan, yoshlik savdosiga sho‘ng‘ib, mutlaqo
beboshlik daryosida suzib ketadiganlardan emas. Yoki hali bu holga yetib kelganlaricha
Yo‘q. Faqat shu ahvolga yetib kelish uchun «bo‘l-bo‘l» qilishib suhbatlashishar,
chekishar, muallimlarni tanqid va mazax qilish bilan mashg‘ul bo‘lishar, ammo bu
ishlarini asosan maktabdan uzoqda qilishardi...
O’sha tun Husayin chekmadi. Taklifni qabul qilmadi. Oralarida: «Qaranglar, uning og‘zi
sasib qolarmish», — deb masxara qilganlar bo‘ldi. Zo‘rlab chektirmoqi bo‘lgan-lar bo‘ldi.
Qo‘llaridan kelmadi.
Husayinning jig‘iga tegardi. Uni mazax qilib, ko‘ngil ochmoqchi bo‘lardnlar. O’zlarini
katta olishib, uni bola ko‘rardilar. «Yigitchilik degani ayollarga o‘xshab chekmasdan
o‘tirish emas, — deyishardi. Husayin turib ketay desa, ortidan gap qilishadi. Qolaversa,
bu mutlaqo bolalarcha harakat bo‘lardi. Shuning uchun vaznyatni ko‘ngilsiz tarafga
burmadi, sabr etdi.
Husayin onasi bilan bo‘lib o‘tgan azondagi ko‘ngalsiz suhbatdan so‘ng ming bir o‘ylar
bilan maktabga keldi. Birinchi soat adabiyot darsi edi. Qora O’g‘lonning she’rlarini
o‘qishardi. Husayin oxiridan ikkinchi qitaga diqqat qildi. Munozara qilayotganlar
tinchlanmas va tinglashmasdi:
Murodim so‘zlamoq bunda nasihat,
Sizga munosibdir tinglamoq faqat,
Mehribon bo‘lganga ko‘rsatma zahmat,
Sevganning so‘zidan kechguvchi bo‘lma!
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |