www.ziyouz.com kutubxonasi
52
Xizmatiga yarasha jannatga yaqinlashadi. Bu aslida bir misol. Ona rozi qilinmaguncha
jannatga kirishga yo‘l yo‘q ma’nosidadir.
Husayin dustini tinglarkan, ertalab onasi bilan bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz suhbatni esladi.
Oldingi darsda do‘st haqida o‘zi aytgan so‘zlar xayolidan o‘tdi. Vijdoni o‘zini haqsizga
chiqardi. Onasi aytgan so‘zlarga e’tiroz bildirganini yana bir bora angladi.
Onasi do‘st haqida so‘zlarkan, o‘z manfaatini o‘yladimi? Husayin yaxshi do‘st orttirsa,
kimga foydayu, yomon do‘st topsa, kimga zarar? Avvalo o‘ziga emasmi? Shunday ekan,
onasi o‘zi uchun emas, o‘g‘li uchun so‘zlaganligiga qanday shubha bo‘lishi mumkin?
Husayin o‘sha kun darsda, tanaffuslarda o‘yladi. Bir tarafda — onasi, ikkinchi tomonda
— sinfdoshlari... Ich-ichidan onasini tan olmoqda edi, ammo uch yil birga o‘qigan
sinfdoshlariga nima deydi?
Uchinchi darsni tugatishardi. Dars yakuniga o‘n besh daqiqacha bor. Eshik taqilladi,
kutilmasdan ochildi. Oldinda maktab mudiri yordamchisi, izma-iz boshqa domla ichkari
kirishdi. Dars o‘tayotgan o‘qituvchiga yaqinlashib, astagina bir-ikki so‘z shivirladi.
O’qituvchi boshi bilan tasdiq ishorasi qildi. Mudir yordamchisi sinfga murojaat qildi:
«Bolalar, turinglar!» So‘ng:
— Hamma qo‘lini boshiga ko‘ysin! — deb buyurdi. Tintuv o‘tkazishmoqchi ekanligi
ma’lum bo‘ldi. Husayin hayratlandi. Oqshom chekkan sinfdoshlarining illatlari
ochilmoqda edi. Ko‘zining yoni bilan ularga qaradi. Ranglarida, tuslarida o‘zgarish,
xayajon sezilmaydi. Balki yonlarida yo‘qdir deb o‘yladi. Ayni paytda o‘zi g‘oyatda
hayajonda edi.
Tekshirish boshlandi. Uchalasi barobar izlashardi. Navbat chekadigan o‘rtog‘iga kelganda
Husaying‘a bir narsa bo‘ladiganday yuragi tez urib ketdn, hayajonlandi. Haqiqatan uning
orqa cho‘ntagidan tamaki qutisi olinib oldiga ko‘yilganda Husayin uyalib boshini egdi.
O’rtog‘i-chi, uyaldimi? Aslo. Na uyaldi, na hayajonlandi. O’zini xuddi cho‘ntagidan
qo‘rg‘oshin qalam yoki kundalik daftar topilgandek tutardi.
— Erto‘g‘on, bunima?
— Sigaret, janob.
— Yaxshi, bu holingdan hijolat chekmayapsanmi? Uyalmansanmi?
— Tamaki otamniki. Uyda unutib qoldiribdi, tushki dam olishda eltib bermoqchiman.
Agar uyalish kerak bo‘lsa, otam uyalishi kerak.
Shu javob bilan ish bitdimi? Albatta, yo‘q. Tartib-intizom majlisida masala ko‘rilib, hal
etiladi. Diqqatga sazovor jihati shuki, berilgan javob oldida Husayin qip-qizarib ketdi.
O’rtog‘ida topilishi shart bo‘lgan to‘g‘rilik va hayo tuyg‘ularining yo‘qligi qizartirdi uni.
Erto‘g‘on sigaret otasinikiligini aytganda, boshini burib qaradi. Parta ustida turgan
tamaki qutisi kechagi, tungi xotiralarni uyg‘otdi. Tanaffusga chiqqanlarida Husayin unga
yaqinlashdi:
— Nega sigaret otamniki deding, Erto‘g‘on?
Erto‘g‘on Husayinni esli-hushli ko‘rishni istaganday achinib qaradi.
— Go‘daksan, Husayin, — dedi va ketdi...
Dostları ilə paylaş: |