* * *
Husayinning tengkurlari haqiqatan yomon bolalarmidi?
Bir zamonlar bu bolalarning shu ahvolga tushishlarini aytgan odamni jinniga
chiqaradiganlar topilar yoki uning so‘zlaridan kulishar, bu pokiza go‘daklar haqida
bunday o‘ylagani uchun masxara qilishardi. Ammo oradan o‘tgan bir-ikki yilda ular juda
o‘zgardi, kecha farishtaday qo‘ringan go‘daklar bugun o‘zlarini farishtalarga o‘xshatgan
sifatlaridan judo qildilar.
Har kun maktabga odob bilan borib-keladigan bolalarga nimadir bo‘ldi. O’zlarini o‘zga
olamda ko‘rganday. Tungi ko‘ngnlxushliklar ularni qanoatlantirmay qoldi. Tungi lazzatlar
to‘ydirmas, endi yanada qoniqmoq uchun bugungacha xayollariga kelmagan yo‘llarni
axtarib topishardi.
Bir kun ko‘rilgan muqovasida qilichidan qon tomgan qaroqchilarning rasmi bo‘lgan kitob
bu bolalardan birini kira bilan ijaraga kitob o‘qitadigan bir do‘kon oldigacha sudradi. U
yerdan bir kitobni ijaraga olib qaytdi. O’sha kundan keyin ikki kunda bir, uch kunda bir
ijara kitob do‘koni oldida ko‘radigan bo‘lishdi. Har gal yangi kitob bilan qaytar, uyda dam
olish bahonasida alohida bir xonaga kirib, dars kitoblari ostiga qo‘yib, sarguzasht
romanni o‘qirdi. Agar birov kirib keladigan bo‘lsa, tezda dars kitobini romanning ustiga
qo‘yib o‘qiyverardi. O’g‘li dars tayyorlab charchaganini o‘ylagan ona, choy damlab
keltirganida, uni dars kitoblarini o‘qib o‘tirgan holda ko‘rar va sevinardi.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |