www.ziyouz.com kutubxonasi
41
juda ham kam tark etgan odatga aylanib qolgan Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lar,
uyini supirib-sidirib, orasta qilib qo‘yar, ortib qolgan vaqtida Husayinning darslariga
yordamlashardi. Ba’zan u bilan birga boshlang‘ich sinfdan esida turgan bilimlari
yordamida matematika darsiga kirishar, ba’zan adabiyotdan ko‘mak berar va Husayinni
o‘qilgan har parchadan saboq olishga, xulosa chiqarishga, axloqiy bilim qozonishga
o‘rgatardi. Masalan, o‘qish kitobidagi ot-arava bilan toshbaqaga ozor bergan bola
to‘g‘risidagi hikoyaga Husayin berilib ketardi. Bir bola toshbaqaga turli xil azobu
aznyatlar yetkazadi va oxirida yo‘ldan o‘tayotgan aravaning g‘ildiragi ostiga qo‘yadi.
Qari, cho‘bir ot—bir hayvon bu toshbaqani ezmaslik uchun yo‘lini o‘zgartib, zolim bolaga
menday ham bo‘lmadinga, deganday qarab o‘tadn. Bu hikoya uni o‘yga toldirardi.
Demak inson hayvondan ham past ketishi, tuban tushishi mumkin ekan.
— Qanchalar ayanchli-a, ona. Hatto cho‘bir ot ham achindi bu toshbaqaga.
— Sennngcha, bola yaxshilik qildimi yoki hayvon, Husayin?
— Hayvon yaxshi ish qildi, ona!
— Senga yana bir savol — shu bola bilan cho‘bir yonma-yon tursa, qaysi go‘zalroq
ko‘rinadi. Ya’ni bola chiroylimi yoki hayvon?
— Bola go‘zalroq.
— Yaxshi, endi aytchi, inson bahosi nima bilan belgilanadi, chiroyi bilanmi yoki qilgan
ishi, harakati bilanmi?
— Qilgan harakatlari, ishlari bilan o‘lchannshi kerakmasmi, ona?
— Albatta, o‘g‘lim. Qara, bu bola hayvondan chiroyli, biroq hayvon undan ko‘ra yaxshi
ish qilyapti. Demak inson ba’zan qilgan bitta axloqsizligi bilan o‘zini yerga uradi,o‘zini
hayvondan ham past holga tushirib ko‘yadi...
O’qish kitobida bir she’r bor. Bu she’rning ustki qismida rasm berilgan bo‘lib, unda yo‘lda
ketayotgan odam va yo‘lning chap tomonida do‘mpayib turgan kichik tepacha aks etgan.
She’r rasmdagi yo‘lovchiga xitoban bitilgan. Go‘yo kimdir g‘oyibdan yo‘lovchiga xitob
qilayotgandeq Yo‘lovchi ham bu sasga quloqtutgan va yonidan bexabar o‘tib ketayotgan
tepachaga e’tibor bergandi:
To‘xta yo‘lchi, bilmay qadaming qo‘yib,
Turganing yer bir davr botga nmakondir.
Egilib,
QULOQ
tutp, bu sassiz uyum
Bir vatan qalbini otgan makondir.
Kimsasiz, ko‘lkasiz yo‘lning so‘lida,
Ko‘rganing bu tepa Ona do‘lida,
Istiqlol jangida, nomus yo‘lida,
Jon bergan Mahmudlar yotgan makondir.
Bu uyum turarkan buyuk zilzila,
So‘ng vatan parchasi o‘tarkan qo‘lga,
Mahmudning dushmanin bo‘g‘gan bu selga
Muborak qonini ko‘shgan makondir.
O’ylaki, yig‘ilgan qon, suyak, etning
Uyumi bu do‘msak omonsiz, metin
Bir harbning so‘ngida butun millatning
Hurriyat zavqini totganmakondir.
(Najmiddin Xalil O’nan she’ri)
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |