Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

37

Bu bola chekkan azob, ehtimol, seningcha kamdir, ammo biz endi chidayolmaymiz. 



Agar xotiningning zulmini to‘xtatolmasang, bolani bizga ber, o‘z nevaramday qarayman. 

Yo‘qsa, biroz otalik burchingni ham bajar, yetimning chiroyi ochilsin. 

Faridaxonim so‘zlarini tugatib o‘rnidan turarkan, yana qo‘shib qo‘ydi: 

Achchiq gapirdim, Mahmudbek! Lekin yetimning haqqiga rioya qilmaganing, bu 

haqsizlikning oldini olmaganing uchun ertaga chekadigan azobing bundan anchayin 

achchikroq bo‘ladi. Butun pushaymon bo‘larsan, balki kutulish yo‘lini toparsan, ammo 

zrtangi pushaymon o‘zingga dushman bo‘ladi. 

Faridaxonim taklif etklgan choyni ham ichmasdan turib ketgach, Maxmudbekni chuqur 

o‘y bosdi. Eshitgan so‘zlari bag‘ini ezib yubordi. Ayol kishidan bunday haq so‘zlarni 

eshitish osonmi? Agar kichikligidan kattalarga xurmat ruhida tarbiyalangan bo‘lmasa edi, 

balki ko‘rsroq javob tsaytarib yuborardi. Ammo aytadigan so‘zlari nafsining himoyasidan 

boshqa narsa bo‘lmasdi. O’zini bu ayoldan himoya qilishdan, unga o‘zini haq deb 

qo‘rsatishdan nima foyda bor? Modomiki, ertaga aldab bo‘lmaydigan, har narsaning 

xaqiqatini ayon qiladigan, zolimdan mazlumning haqqini Olib beradiganning huzuriga 

borilganda mahallaning momosiga qiladigan dag‘dag‘asi Mahmudbekni qutqaradimi? 

Aslida aytilgan so‘zlar naqadar achchiq bo‘lmasin haq, emasmi?! To‘g‘ri aytmadimi 

momo? Uylanishidan murodi Yilmazninguzur-halovatini ta’min etishmasmidi? Qani u 

halovat, qani u xuzur?! 

Oqshom Sodiyaxonimga qarshi ilk bor achchiq gapirishining siri shunda edn. Tabiiyki, 

Mahmudbek Faridaxonimning do‘konda aytgan achchiq gaplaridan so‘z ochmadi. 

Sodiyaxonimga qarshi jangta chiqan Mahmudbek bundan keyin muvaffaqiyat 

qozonadimi? Yoki Sodiyaxonim Yilmazga qarshi hiylalarini boshqa yo‘lga, boshqa usulga 

almashtiradimi? Ta’qib etadimi? Javoblar taxmindan iborat. Vaqt ko‘rsatadi. Bunday 

savollarga munosib javobni dono hakam vaqt bergusidir. 

 

* * * 

 

Bironta mahallada mish-mish to‘xtadi deyish — bugun quyosh chiqmadi deyish bilan 



barobar. Buni ikki xotin uchrashganda beixtiyor qulog‘ingizga kirgan so‘zlardan ham 

bilishingiz mumkin. Buday suhbatlarda yaxshi-yomon do‘stlari ortidan faqat ezgu 

maqsadlar, odob va axloqdan so‘z ochgan fazilatli ayollar unchalik ko‘p emas. 

Fotimaxonim qanchalik yaxshi bo‘lmasin, u xakda xilma-xil so‘zlarni qalashtirib 

tashlaydiganlar oz emas. Odilbek uylanarkan, u xaqda hech narsani bilmasalarda: «Oh, 

bechora go‘daklar, o‘gay ona qahrini ko‘radigan bo‘lishdi», — deya bolalar chekadigan 

azoblardan fol ochadilar — bahs etadilar. Vaqt ularni haqsizlar safiga qo‘shdi. 

Fotimaxonim kelishi bilan qaqshab qolishi kutilgan go‘daklarning chiroyi ochilib

yomonlikka duch kelishlari o‘ylangan bolalar gulday pokiza holatga kirdilar. Bu safar 

Fotimaxonimning onalarcha xarakatlarini o‘zining bolasi yo‘qligiga bog‘ladilar. «O’zining 

bolasi bo‘lmagandan keyin hammaham shunday qiladida», —dedilar. «O’zining bolasi 

tug‘ilsin ko‘ramiz, bularning bir pullik qimmati qolarmikin», —deydiganlar ham topildi. 

Ajabo, bu gaplarni gapirganlarning o‘zlari ikki yetimga qarashi kerak bo‘lib qolsa, nima 

qilarkinlar?! O’z bolalariday qarash u yoqda tursin, Yilmaz yoki Ismoilga qaralgandan sal 

yaxshiroq tarbiyalay olishadimi? Haqiqat shuki, har kun yuzlab bolalar yetim qoladi. 

Ammo bulardan faqat bitta-ikkitasigagina Fotimaxonim nasib etadi. Haligi 

g‘iybatchilarning har biri Saniha, Sodiya bo‘la oladi, ammo Fotimaxonim bo‘la olishi 

gumon. 


Vaqt yana ularning yanglishganini ko‘rsatdi. Samiha tug‘ilgandan keyin ham Husayin va 

Odilaning ahvollari o‘zgarmadi. Hatto Odilaninguch oylik Samihaga no‘xat yedirmoqchi 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin