Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

28

— Yo‘q, oqshom bo‘ldi. Otang keladi, uyda bo‘lishimiz kerak. Xayrlashdilar. Momo ikki 



go‘dagini yetaklab, insoniy maqomning baland pog‘onasida, muruvvat cho‘qqilarida 

viqorli qadamlar tashlab ketayotgan bu xonimga ko‘ksida ajib tuyg‘ularga to‘lgan holda 

qarab qoldi. ko‘cha muyulishiga yetguncha kuzatib turdi. So‘ng ichkari kirdi. Endi ularni 

ko‘ngli bilan kuzatardi. Ko‘ngilning kuzatishi uchun ko‘zning ko‘rishi shart emas. Lablari 

pichirlab duo qildi: «Alloh sendan rozi bo‘lsin, qizim!» 

Tonglab Odilbek bozorga chiqayotganda Fotimaxonim unga picha pul berdi. 

— Bunga qand olib keling. Hozirlnk ko‘rayin. Odilbek pulni qaytardi. 

— O’zim ololmaymanmi, Fotimaxonim! Olib qo‘ying. 

— Mavludni men o‘qitaman. Qandini olish mening zimmamda. Xoxlasangiz siz ham 

uning ruhiga istaganingizni bag‘ishlang. 

Odilbek indamasdan pulni olib ketdi. 

 

* * * 



 

Mavludga kelganlar unchalik ko‘p emas. Xayriyaning onasi,Odilbekning ammasi va 

holasi, Fotimaxonnmning onasi, ko‘shnilardan to‘qqiz-o‘ntasi va mavlud o‘qiydigan 

otinoyi.  

Fotimaxonim ko‘pchilikni xohlamadi. Shovqin-surondan boshqa narsa bo‘lmaydi deb 

o‘yladi. 

Taklif etilganlar mavlud Xayriyaxonim nomiga o‘qilganini eshitgach, Fotimaxonimni 

tabrikladilar. Bir-birlariga “Xonimlik mana bunday bo‘pti-da», deyishdi. 

fotimaxonimning fikricha, bu mavlud Xayriyaxonim ruxi pokiga bag‘ishlanganini aytish 

lozim emas edi. O’zini ko‘rsatishni yaxshi ko‘rmasligini bilganlar — biladilar. 

Qadrlaydilar. Uning bu tushuntirishdan asosiy maqsadi nima ekanini bilganlar har holda 

uning bu harakatini ma’zur ko‘rsalar kerak.O’lgan kundoshiga chin dildan hurmat 

ko‘rsatgan xonimlar soni bir shahardagi mahalla boshliqlaridan ozrokdir. 

Fotimaxonimning shu guruhga mansubligi bnlinishi zarur. Bolalarga o‘gay onadek emas, 

o‘lgan qarindoshining bolalariga qaraganday qarashini mahalla ayollari bilishlari shart. 

Bilsinlar, toki bundan buyog‘iga bolalarning qulog‘iga yetim ekanini aytib, pichir-pichir 

qilmasinlar. Mana mavlud o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad va g‘oya. Yo‘qsa, 

Xayriyaxonimga sadaqa sifatida o‘qilishi kerakmidi? Fotimaxonim kelganidan beri biror 

kun uning haqiga duoi hadya etmakni unutgani yo‘q. 

Eshigiga kelgan faqirni sevintirarkan, ehsonini mutlaqo Xayriyaxonim nomiga atadi, 

kechgacha unga oid moldan o‘zi uchun sadaqa qilish muruvvatga zid ekanini har gal 

vijdonidan eshitib turdi.Daraxt soyasida dam olib mevasidan totib, ekkanni va 

yetishtirganni duo qilish insoniylikdan hisoblanganidek, Xayriyaxonimning mehlari 

singgan xonadonga kelib, ko‘nglida unga nisbatan yomonlik tuymadi. Tez-tez agar men 

o‘lib, bolalarim boshiga bir xotin kelib, ne qilsa mamnun bo‘lardnm deb ba’zan 

Xayriyaxonim parda ortidan bolalariga munosabatimni kuzatadi deya qabul qilish, faqat 

bularni Xayriyaxonim mamnun bo‘ladi deb emas, Alloh

 

rozi bo‘lishini tushunib, uning 



amrini ado etayotganini anglash, unga xos bo‘lgan va ayni o‘rinda ta’kidlanishi zarur 

xususiyatlardandir. 

Aytishga oson. Masalan, yuvib tozalangan kiyim yarim soat o‘tmasdan yana yuvadigan 

holga kelishi. Odilaning 

OV

qatlanishida peshband taqimiga ko‘nmay, ovqatni libosiga 



to‘kishi, Husayinning o‘ynayotganda yiqilib hamma yog‘ini loy qilishi kabi son-sanoqsiz 

hodisalar... Bular qarshisida sabru tahammul ko‘rsatib, bolalarni Ismoil, o‘zini Saniha 

o‘rniga qo‘ymaslik, hatto o‘z farzandini bu holda ko‘rib yomon so‘zlar aytadigan ayollar 

saviyasiga tuymaslik buyuklikning ifodasidir. 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin