219
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqning
to‘lovchilari kimlar?
2.
Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari
soliq solish obyekti
hisoblanadi?
3.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning
stavkalari kimning qarori bilan belgilanadi?
4.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning
stavkasi 2018 yilda necha foiz qilib belgilangan?
5.
Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha kadastr
qiymati bo‘lmasa soliq undirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
6.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq summasi
qaysi davlat organi tomonidan hisoblab chiqariladi?
7.
To‘lov xabarnomasi qaysi muddatgacha uchastka soliq
inspektorlari tomonidan soliq to‘lovchilarga etkaziladi?
8.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan
soliqdan kimlar
imtiyozga ega?
9.
Pensionerlar uchun qo‘llaniladigan soliqqa tortilmaydigan
maydon necha kvadrat metrni tashkil etadi
va uning mazmunini izohlab
bering?
10.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qanday
muddatdan kechiktirilmay to‘lanishi lozim?
11.
Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan,
buzib
tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning
mol-mulkiga solinadigan
soliqni undirish qanday muddatdan e’tiboran to‘xtatiladi?
12.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
summasini kechiktirib to‘lagan jismoniy shaxslarga
nisbatan qanday
chora qo‘llaniladi?
4.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer
solig‘i 1993-yil 6-mayda
qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «Yer
solig‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan 1994 yildan boshlab joriy etilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i mahalliy soliqlar tarkibiga
kirib, mahalliy byudjetga yo‘naltiriladi. U iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
Dostları ilə paylaş: