Yer solig‘ini to‘lovchilar,
soliq obyekti va bazasi
220
to‘g‘ri soliq hisoblanib, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan
mamlakatlarga xos soliq turi hisoblanadi.
Hozirgi kunda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining
davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i past bo‘lishiga qaramasdan
ushbu soliq soliq tizimida o‘z o‘rniga egadir. Yer solig‘i davlatga
daromad taminlash funksiyasi bilan birga daromad va mulk
taqsimotidagi nomutanosiblikni yo‘qotishda muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining davlat byudjeti
daromadlaridagi salmog‘ini quyida keltirilayotgan diagramma
ma’lumotlarida ham ko‘rish mumkin:
4.2.1-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining davlat
byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
53
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jismoniy
shaxslardan olinadigan yer solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi
salmog‘i o‘sish tendensiyasiga egadir. Uning ulushi 2004-2006 yillarda
0.6 foizni, 2008 yilda 0.7 foizni, 2010 yilda 0.6 foizni, 2012 yilda esa
0.8 foizni tashkil etgan. 2017 yilda soliqning tushum ko‘rsatkichi 1.2
foiz bo‘lmoqda. Bundan ko‘rinadiki, jismoniy shaxslardan olinadigan
yer solig‘ining salmog‘i 2017 yilda 2004 yilga nisbatan 0.6 foizli
53
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi “O‘zbekiston
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi
qarorlari asosida tayyorlangan
.
221
punktga oshgan. Bu holatni soliq stavkalarining oshirilishi hamda soliq
to‘lovchilar sonining ortishi bilan izohlash mumkin.
Soliq kodeksining 287-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik
qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer
uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs
tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari yer
solig‘ini to‘lovchilardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara
haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan
jismoniy shaxslarga yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan
imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq
etiladi.
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imorat va inshootlar meros
bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va
foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros
qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda
merosxo‘rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish
obyektidir:
1) dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan
umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan,
umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish
uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer
uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va
imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish
huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer
uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga
berilgan yer uchastkalari.
Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti
bo‘lmaydi, ushbu modda birinchi qismining 7-bandida ko‘rsatilganlari
bundan mustasno.
222
Soliq kodeksining 289-moddasiga muvofiq Ko‘chmas mulkka
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi
organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq
solinadigan bazadir.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun
fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer
uchastkalarining maydonlari bo‘yicha soliq solinadigan baza ushbu yer
uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari
bo‘yicha aniqlanadi.
Xizmat yuzasidan berilgan chek erlarning maydonlari bo‘yicha
soliq solinadigan baza o‘z xodimlariga yer uchastkalari bergan
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha
aniqlanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer
solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezident qarori bilan belgilanadi va soliq
to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi hamda uning
quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarga
etkaziladi.
Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy
shaxslardan yer solig‘i uch baravar miqdorida undiriladi.
Jismoniy shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini
to‘lashdan ozod etilgan), davlat xokimiyati organlari tomonidan
ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer solig‘i
jismoniy shaxslar uchun 3 koeffitsientini qo‘llagan holda to‘lanadi.
Davlat mahalliy xokimiyati organlari tomonidan ajratilgan
maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida
ko‘rsatilgan koeffitsientni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan
taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq
moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi.
Davlat mahalliy xokimiyati organlari tomonidan ajratilgan yer
uchastkalari maydoni yer berish to‘g‘risida davlat mahalliy xokimiyati
organlarining qarori, yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi
uchun davlat dalolatnomasi, yerni ijaraga olish shartnomasi, yer
uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi
guvohnoma va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan boshqa
hujjatlarga ko‘ra belgilanadi.
Yer uchastkasiga nisbatan mulk, egalik qilish yoki undan
foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, soliq
Dostları ilə paylaş: |