Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Jismoniy shaxslardan oli-



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Jismoniy shaxslardan oli-
nadigan daromad solig‘i 
bo‘yicha imtiyozlar


243
3) o‘z xodimlariga va ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) 
statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan 
to‘langan summalar, shuningdek yuridik shaxsning davolash va tibbiy 
xizmat ko‘rsatganlik, nogironlik profilaktikasi va nogironlarning 
salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olish uchun qilingan 
xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatganlik 
uchun yuridik shaxslar tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga naqd 
pulsiz haq to‘langan taqdirda, shuningdek sog‘liqni saqlash tashkilotlari 
tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan naqd pul mablag‘lari bevosita xodimga, xodim yo‘qligida, 
uning oila a’zolariga, ota-onalariga berilgan yoki mazkur maqsadlar 
uchun mo‘ljallangan mablag‘lar xodimning bankdagi hisobvarag‘iga 
kiritilgan taqdirda, ushbu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi; 
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan 
byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari 
va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar 
doirasida; 
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, 
agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan 
ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
6) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin 
xususiy korxona mulkdori, oilaviy korxona ishtirokchisi hamda fermer 
xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi; 
7) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul 
mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la 
beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik 
sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti va sovg‘alar;
8) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi 
uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti; 
9) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun 
tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar; 
10) jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli 
bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan:
- qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya 
qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik 
shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);


244
- yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni;
- ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida bir martadan ortiq 
bitim tuzilgan taqdirda, turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar 
mustasno. 
11) uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan 
hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va 
boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki 
qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, tabiiy va 
qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik 
mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali 
bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar 
soliq to‘lovchi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik 
shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya qilingan 
mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga 
ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan 
shakldagi hujjatni taqdim etgan taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi 
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa; 
12) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan 
buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati; 
13) yuridik shaxsdan soliq davri mobaynida eng kam ish haqining 
olti baravari miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi:
- xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alar;
- ilgari mazkur yuridik shaxsning xodimlari bo‘lgan ishlamayotgan 
pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, vafot etgan 
xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg‘alar va boshqa 
turlardagi yordam.
14) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek 
tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot 
va san’at asarlarining, adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining, 
shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining 
merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari 
mustasno; 
15) davlat zayomining obligatsiyalari bo‘yicha yutuqlar, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha 
foizlar, lotereya bo‘yicha yutuqlar; 
16) jamg‘arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha 
daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlar hamda 
yutuqlar;


245
17) xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakil qilingan 
organning xulosasi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-texnika 
hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida bevosita jismoniy 
shaxsning grant beruvchidan olgan granti summasi. 
18) mehnat shartnomasi bekor qilinganida eng kam ish haqining o‘n 
ikki baravari miqdori doirasida to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasi, 
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, bundan vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari (shu jumladan oilaning bemor 
a’zosini parvarishlash nafaqasi) mustasno, shuningdek fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamg‘armalaridan 
jismoniy shaxslarga beriladigan yordam tusidagi to‘lovlar;
19) olingan alimentlar; 
20) fuqarolarning sug‘urta tovoni sifatida oladigan summalari;
21) qonun hujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan 
miqdorlarda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 
to‘lanadigan stipendiyalar;
22) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qonun 
hujjatlariga muvofiq har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari; 
23) davlat pensiyalari; 
24) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha 
foiz daromadlari, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari; 
25) fuqarolarning soliq solinadigan va O‘zbekiston Respublikasida 
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan 
yuridik shaxslarga hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlari to‘lovi uchun yo‘naltiriladigan ish haqi va boshqa 
daromadlarining summalari;
26) yuridik shaxslar muassislarining (ishtirokchilarining) ixtiyoriy 
tugatilayotgan tadbirkorlik subyektiga — yuridik shaxsga uning 
majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladigan daromadlari 
summalari. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan 
muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va 
faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi va soliq 
summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda 
undiriladi; 
27) quyidagi jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va 
boshqa daromadlari summalari:
- yosh oila a’zolari tomonidan yakka tartibda uy-joyni qurish, 
rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun yoki ko‘p kvartirali uydagi 


246
kvartirani rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun olingan ipoteka 
kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun 
yo‘naltirilganda;
- qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-
joy qurishni ushbu maqsadlar uchun kreditlar berish qonun hujjatlariga 
muvofiq zimmasiga yuklatilgan banklarning kreditlari hisobidan amalga 
oshirayotgan quruvchi shaxslar, shuningdek ularning mazkur kreditlar 
bo‘yicha birgalikdagi qarz oluvchi bo‘lgan oila a’zolari tomonidan 
olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni 
qoplash uchun yo‘naltirilganda. 
Yuqorida ko‘rsatilgan mol-mulk olingan (mol-mulkka bo‘lgan 
huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) sanadan e’tiboran besh yil ichida 
sotilsa, mazkur bandda nazarda tutilgan daromadlarga belgilangan 
tartibda soliq solinadi.
28) fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa 
daromadlarining:
- O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun 
(o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining 
o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy 
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda 
yo‘naltiriladigan summalari; 
29) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomasi 
bo‘yicha) olingan ulushlar, paylar va aktsiyalar tarzidagi daromadlar, 
agar mazkur ulushlar, paylar va aktsiyalarni berish yaqin qarindoshlar 
o‘rtasida amalga oshirilsa; 
30) paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb 
qilinadigan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan 
daromadlari; 
31) aksiyadorlik jamiyatlari chet ellik xodimlarining boshqaruv 
xodimi sifatida o‘z faoliyatidan olgan daromadlari. 
Soliq solishdan quyidagi jismoniy shaxslar to‘liq ozod qilinadi: 
1) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va 
xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning 
o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa, — O‘zbekiston Respublikasidagi 
manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq 
bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha; 


247
2) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik 
muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o‘zlari 
bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, 
— O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik 
va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari 
barcha daromadlari bo‘yicha; 
3) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalariga, konsullik 
muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, 
agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston 
Respublikasida doimiy yashamasa, — o‘z xizmati yuzasidan oladigan 
barcha daromadlari bo‘yicha; 
4) xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik 
muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy 
yashamasa, — o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari 
bo‘yicha; 
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarning mansabdor shaxslari — agar 
ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, ularning ushbu 
tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha; 
6) O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda 
vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy 
xizmatchilari, ichki ishlar organlari hamda bojxona organlarining oddiy 
xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, shuningdek 
o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar — 
xizmatni o‘tash (xizmat vazifalarini bajarish) munosabati bilan olgan pul 
ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar summalari bo‘yicha; 
7) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, 
iqtisodiy, ma’muriy va harbiy sudlar sudyalari, shuningdek prokuratura 
organlarining mansab darajalariga ega bo‘lgan xodimlari — ularning 
xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari 
bo‘yicha;
8) konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi 
litsenziyasi bo‘lgan shaxslar — ushbu faoliyatdan olingan daromadlari 
bo‘yicha; 
9) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan 
shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat 
shartnomasiga ko‘ra bajargan ishlari uchun olgan daromadlari bo‘yicha. 


248
Quyidagi jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad 
olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari 
miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod qilinadi: 
1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat 
Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi 
Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Mazkur imtiyoz tegishincha 
«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, 
Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden 
daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi 
asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun 
hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur 
imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi 
yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli 
organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga 
(qatnashchilarga) nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan 
huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh 
nogironlari. Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; 
4) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy 
tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar 
organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida 
yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida 
yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy 
xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari 
va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz «Halok bo‘lgan askarning beva 
xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki ishlar organlari halok bo‘lgan 
xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qo‘yilgan yoxud 
pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu 
muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya 
guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner 
bo‘lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat 
xavfsizlik qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati 
yoxud Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari tomonidan berilgan 
harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organi xodimining halok 
bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, 
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish 


249
yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning 
boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoki frontda bo‘lish bilan 
bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yoxud 
ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) 
imtiyoz faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
5) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz 
onalar. Imtiyoz har bir bola uchun Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini 
yozish (FHDYo) organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma 
asosida beriladi; 
6) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor va 
boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva 
erkaklar. Imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi to‘g‘risidagi 
guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, yangi 
nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) 
bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olinmasligi 
haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
7) bolaligidan nogiron bo‘lgan, doimiy parvarishni talab qiladigan 
farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onadan biri. Imtiyoz 
pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy 
parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi, birgalikda 
yashashga taalluqli qismida — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organining ma’lumotnomasi asosida beriladi. 
Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar tegishli hujjatlar taqdim 
etilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga 
kelgan taqdirda, imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan 
e’tiboran qo‘llaniladi. 
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda 
tutilgan bir nechta asos bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquqqa ega 
bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta imtiyoz beriladi. 
Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozni qo‘llash jismoniy shaxsning 
asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi bo‘lmagan 
taqdirda — yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan 
jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab 
chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Imtiyozga bo‘lgan huquq 
yo‘qotilgan taqdirda, jismoniy shaxs imtiyoz yo‘qotilgan paytdan 
e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan 
yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.


250
Yuqorida sanab o‘tilgan imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va 
dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni 
ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga ham tatbiq etiladi. Agar 
foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyozni 
qo‘llash asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi, agar foizlar va 
dividendlar asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyoz jami 
yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida jismoniy 
shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan 
qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan 
olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hudu-dida 
chet ellik jismoniy shaxslarga 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari hisobga olingan holda, 
Soliq kodeksga muvofiq soliq solinadi. 
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni undirish o‘zarolik printsipi bo‘yicha tugatilishi yoki 
cheklanishi mumkin. 
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida bunday 
bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga 
oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy 
shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha 
xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi 
izohlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi. 
Chet ellik jismoniy shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentining daromadlariga ushbu bo‘limda belgilangan tartibda 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi. 
Ko‘chmas mulk, yuridik shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi 
rezidentlarining ustav kapitalidagi aktsiyalari va ulushlari (paylari) bir 
chet ellik jismoniy shaxs tomonidan boshqa jismoniy shaxsga — 
O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga yoki norezidentiga, yuridik 
shaxsga — O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga realizatsiya qilingan 
taqdirda, ushbu daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ini ushlab qolish majburiyati, agar ushbu moddaning 
oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq agenti 
deb e’tirof etiluvchi daromadni to‘lash manbaiga (mol-mulkni sotib 
oluvchi zimmasiga) yuklatiladi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin