Qat’iy belgilangan soliq
obyekti, stavkalari va so-
liqni hisoblash tartibi
263
4.4.1-jadval
Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari
buyicha olinadigan qatiy belgilangan soliq STAVKALARI
58
Fizik ko‘rsatkich birligiga har oyda
qat’iy belgilangan soliq stavkasi
(birlik uchun eng kam ish haqiga
karrali miqdorlarda)
N
Faoliyat turi
To‘lov-
chilar
Mazkur
faoliyat turini
tavsiflovchi fizik
ko‘rsatkichlar
Tosh-
kent
sh.
Nukus sh.,
viloyat
bo‘ysunu-
vidagi
shaharlar
boshqa
shahar-
lar
boshqa
aholi
punkt-
lari
1
Avtotransport
vositalarini vaqtincha
saqlash, dehqon (oziq-
ovqat) bozorlarining
avtoto‘xtash joylarida
avtotransport
vositalarini vaqtincha
saqlashdan tashqari
yuridik
shaxslar
Egallagan
maydon (1
kv.metr)
0,1
0,06
0,05
0,04
2
Bolalar o‘yin
avtomatlari
yuridik
va
jismoniy
shaxslar
Jihozlangan
o‘rinlar soni
(birlikda)
3,0
2,0
1,5
1,0
Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yil boshida - 2018 yil 1 yanvarda
belgilangan eng kam ish haqi (172 240 so‘m) miqdoridan kelib chiqib
belgilanadi va eng kam ish haqi miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta
ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga
olinmagan fizik ko‘rsatkichlar aniqlangan taqdirda bunday holatlarga
soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida qaraladi.
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
- yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar
tomonidan — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n
kundan kechiktirmay;
- faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan — hisobot
yilining 10 yanvarigacha taqdim etiladi.
Soliq solish obyekti o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik
kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan
kechiktirmay taqdim etishlari shart.
58
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-son qaroridan olindi.
264
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lash:
- yuridik shaxslar tomonidan — har oyda hisobot oyidan keyingi
oyning 10-kunidan kechiktirmay;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — Soliq kodeks 375-
moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga
oshiriladi.
Soliq kodeksning 370-moddasida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
doirasida qat’iy belgilangan soliq to‘lash bilan bir qatorda quyidagilarni
to‘laydilar:
1) bojxona to‘lovlari;
2) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — suv resurslaridan
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
4) aksiz solig‘i — aksiz to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
6) davlat boji;
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib
kirganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan muddatga
to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish
to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tganlik
to‘g‘risidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan holda
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor
soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga har
bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish
kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda topshiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi
yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik
subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ
kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati
vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda
axborot taqdim etadi.
Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga
oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati
265
vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida taqdim qilingan va davlat soliq
xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor
o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun qat’iy belgilangan
soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida
daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining
hisobini yuritishlari shart.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari
quyidagilardir:
- chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi
tadbirkorning daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish
daftari;
- Tovar cheklari daftari.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining
shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari
yakka tartibdagi tadbirkorni soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi
asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari
oxirgi yozuv kiritilgan paytdan e’tiboran besh yil mobaynida yakka
tartibdagi tadbirkorda saqlanadi va ular raqamlangan, ip o‘tkazib
bog‘langan hamda tegishli davlat soliq xizmati organining muhri bilan
tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar soliq
bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
- savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
tomonidan, bundan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib
kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, — yilning har bir
choragi yakunlari bo‘yicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-
kunidan kechiktirmay;
- tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kiradigan
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har oyning yakunlari
bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay
taqdim etiladi.
Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka
tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni ushbu moddada nazarda
266
tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, mazkur bobda
belgilangan tartibga muvofiq to‘laydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat
bo‘yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi, I va II guruh nogironlari
bo‘lgan xodimlar bo‘yicha esa eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida
qat’iy belgilangan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir nechta turini amalga
oshirgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun
qat’iy belgilangan soliq faoliyatning tegishli turlari uchun o‘rnatilgan
qat’iy belgilangan soliqning eng yuqori stavkasining 30 foizi miqdorida
to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq solish mazkur faoliyat turini
tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga
oshiriladigan faoliyat turi bilan shug‘ullangan taqdirda, yakka tartibdagi
tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliq bitta fizik
ko‘rsatkich uchun oyiga o‘rnatilgan qat’iy belgilangan soliq
stavkasining 30 foizi miqdorida to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy
belgilangan soliq qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor
tomonidan to‘lash uchun belgilangan muddatlarda, mehnat shartnomasi
tuzilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tish joyi bo‘yicha
amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tadbirkorning
har bir xodimi uchun qat’iy belgilangan soliqni o‘zi ro‘yxatdan
o‘tkazilgan joy va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joy
bo‘yicha belgilangan stavkalar o‘rtasidagi yuqori stavkaning 30 foizi
miqdorida o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyga to‘laydi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi
tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish
kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga
oshirmaydigan davr uchun har bir yollangan xodimga qat’iy belgilangan
soliqni hisoblashni to‘xtatib turishga asos bo‘ladi.
Agar o‘z faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkor davlat
soliq xizmati organiga yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi
uchun hisobga olish kartochkalarini belgilangan muddatlarda taqdim
etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha qat’iy
belgilangan soliqni hisoblash to‘xtatilmaydi.
267
Yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning kasb-
hunar kolleji bitiruvchisi bo‘lgan xodimi uchun qat’iy belgilangan
soliqni to‘lashdan ushbu xodim kollejni tamomlaganidan e’tiboran o‘n
ikki oy mobaynida ozod etiladi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan soliqni
to‘lashdan qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ozod etilsa, mazkur
imtiyoz yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun qat’iy
belgilangan soliq to‘lashga ham tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: |